May 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarori yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri.

Qorako‘l tuman adliya bo‘lim YXKM xodimlari tomonidan tuman 1-sonli umumta'lim maktabida o‘quvchi yoshlariga o‘quv seminar tshkil etildi.

Qorako'l tuman adliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaror mazmuni bilano'quvchilarga xavfsiz huquqiy muhit, energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i tejash choralari, quyosh paneli o‘rnatish va energiya resurslaridan samarali foydalanish haqida ma'lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati, mahallalarda xavfsiz huquqiy muhitni shakllantirishda adliya organlarining o‘rni, nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiya institutining ahamiyati hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy profilaktika masalalari yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.

Qorako‘l tuman Adliya bo‘lim.