June 10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarori yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri.

Qorako‘l tuman Adliya bo‘lim xodimlari tomonidan M va MTBga qarashli 28 DMTT xodimlariga Oilaviy nizolarni oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarori asosida Qorako‘l tumanida Oilaviy nizolarni oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminar o'tkazildi. Seminarda nizolarning sabablari, erta aniqlash usullari hamda ularni hal qilish bo'yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar oilaviy muhitni sog'lomlashtirish hamda aholi o'rtasidagi totuvlikni mustahkamlashga kelishdilar.

Jamiyat barqarorligi va farovonligini ta’minlashda oilaning o‘rni beqiyosdir. Shu bois, oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, ularni erta bosqichda aniqlash usullari hamda nizolarni keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, mediatsiya jarayonining afzalliklari, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va murosaga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha tushuntirildi.