March 16

Oila muqaddas dargoh.

Qorako'l tuman adliya bo‘lim va YXKM xodimlari tomonidan 2026 yil 16 mart kuni Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish oyligi doirasida Qorako'l tuman Mirza'qala mahallasida ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Qorako‘l Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Cho‘lliyev va mahalla a’zolari ishtirok etdilar.

Mahalladagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga ajrim yechim bo‘la olmasligi, farzand tarbiyasidagi ota-onaning mas’uliyati, farzandlarning ta’lim-tarbiyasiga ta’siri to‘g‘risida birma-bir suhbatlar olib borildi hamda ularning sabablari o‘rganildi.

Qorako‘l tuman Adliya bo‘lim.