Olot tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Olot tuman 2-son IDUM 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 18.10.2024 yilda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Olot tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodim F.Xuddiyev o‘quvchilarga yangi o‘quv yilini boshlanishi, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi tarixi hamda yoshlarni Vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berib o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berishdi.