June 16

O‘zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta’minlashga alohida e’tibor beradi !

Qorako‘l tuman Adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Xotin-qizlar huquqlari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030 Strategiyasi”da ham 1.3 yo‘nalishi 25-maqsadida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash uchun 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lishi kerak: Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish. Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.

Qorako‘l tuman Adliya bo'limi !