May 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarori yuzasidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri.

Oilaviy nizolarni oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Jamiyat barqarorligi va farovonligini ta’minlashda oilaning o‘rni beqiyosdir. Shu bois, oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, ularni erta bosqichda aniqlash usullari hamda nizolarni keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, mediatsiya jarayonining afzalliklari, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va murosaga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha tushuntirildi.

Seminar yakunida mahalla faollari o‘z hududlarida oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizolarni oldini olish va aholi o‘rtasida o‘zaro totuvlikni mustahkamlash yo‘lida yanada faol ishlashga kelishib oldilar. Shubhasiz, bunday o‘quv-seminarlar jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, oilalarni mustahkamlash hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.