“Huquqiy mahalla” tadbiri amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Adliya vazirligining “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo’yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanish holatini monitoring qilsh chora-tadbirlari to’grisida”gi buyrug’ ijrosini ta’minlash maqsadida, Olot tuman adliya bo'limi tomonidan 2025 yilning 15-may kuni “Bunyodkor” MFYda “Huquqiy mahalla”konsepsiyasi tadbiri amalga oshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.
O‘rganishni talab qiladigan murojaatlar “Adliya-mahalla” platformasiga kiritilishi ta’minlandi. “Bunyodkor” MFYda mazkur tadbirlar davom etmoqda.