October 18

Toshkent xalqaro investitsiya forumi 1 2 3 (Oʻzbekistonga nima beradi) 

1.Kirish

Oʻzbekistonda 2022-yili birinchi, 2023-yilda ikkinchi va 2024-yil uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilganidan xabaringiz bor. Bizga berilgan mavzu ham ayni shu haqda.

Xoʻsh, bu mavzuning dolzarbligi qay darajada? Bu forumni tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad?

2.Asosiy qism

Toʻgʻi chetdan investitsiyalar jalb qilib investitsiya muhitini yanada yaxshilashimiz mumkin. Iqtisodiy oʻsishga erishamiz. Koʻplab rivojlangan mamlakatlar va ularning kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻya olamiz. Yangi tajriba va texnologiyalar hisobiga oʻzimizda raqobat jonlanadi. Mahsulotlarni sifatli yaxshilanadi. Bu esa bozorda raqobatbardosh boʻlishimizni taminlaydi. Hozircha kuzatuvchi sifatida, lekin tez orada qoʻshilishimiz mumkin boʻlgan Jahon savdo tashkiloti qoʻyadigan talablarga ham mos kelamiz.

Mavzudan chetlashmagan holda bitta maʼlumotga toʻxtalmoqchiman. Uchala forumni tashkil qilishga ketgan xarajatlar. Adashmasam qariyb 50 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ sarflangan. ( Ehhe bu pulga nechta avtomobil va uy beradi...😁) 24-26-mart kunlari boʻlib oʻtgan birinchi forumda "shvetskiy stol" ga ketgan nozu neʼmatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi.

Bu oʻz samarasini beradimi yoʻqmi vaqt masalasi. Keling biz siz bilan qisqacha tahlil amalga oshiramiz. Yuqorida aytilganidek bu xalqaro miqyosda tashkil etilgan forum. Koʻzlangan maqsad ham aniq. Mamlakatimizga koʻproq investor chaqirish.

Bizda yuksak darajada qandaydir tadbirlar amalga oshirilishi albatta, media vakillarining nazaridan chetda qolmaydi. Bu oʻsha darrov ketgan sarf xarajatlarini hisob kitob qilishga harakat qilib ijtimoiy tarmoqlarda jar solish bilan bogʻliq. Bu pulga boshqa ish qilsa boʻlmaydimi kabi. Ha toʻgʻri, rostdan bu pulni qishloq xoʻjaligi yoki infratuzilmani rivojlantirish uchun sarflasak boʻlardi, ammo, lekin, biroq:

Birinchidan, bunday xalqaro darajadagi uchrashuvlar har doim ham boʻlavermaydi. Bu biz uchun juda yaxshi shart sharoitlar bo'lishi mumkin. Kelgusida 50 mlrd dollarlik investitsiyani birgina qishloq xoʻjaligini oʻziga kiritadigan sarmoyador topilib qolar balki.

Ikkinchidan, forumlarda umumiy 8 mingga yaqin yirik investor va martabali mehmonlar ishtirok etishgan.Tabiiyki ularni transport va yeb ichish xarajatlari boʻladi. Keyin oʻzbek xalqi oʻzining mehmondoʻstligi bilan ham ajralib turadi.

Uchinchidan, forumdan maqsad iqtisodiyotimizni rivojlantirishda ustuvor boʻlgan tarmoqlarga yangi investitsiyalar olib kirish. Buni ham bir investitsiya loyihasi desa boʻladi. Aytish joizki tashrif mobaynida koʻplab yangi hamkorlik shartnomalari tuzildi.

3.Xulosa

Yuqorida aytib oʻtilgan gaplar boʻyicha nima deyishim mumkin? Qisqacha, bunday forumlar tashkil etilishini men qoʻllab quvvatlayman. Davlat qayerga qancha xarajat qilishni soʻrab oʻtirmaydi. Nimaki boʻlsa mamlakatimiz rivoji uchundir. Lekin qanday va nima uchun sarf qilayotganini yashira olmaydi. Albatta ommaga ochiq maʼlumot taqdim etadi.

Xoʻsh? Oʻzi qancha miqdorda shartnomlar boʻlgan, degan savolga ozgina aniqlik kiritib oʻtaman. Umumiy hisobda 45 mlrd dollarlik shartnomalar imzolangan. Shundan 8 mlrd dollarga yaqin mablagʻ biz yuqorida keltirgan qishloq xoʻjaligi va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha kelishuv, shartnoma va investitsiya loyihalari. Menimcha bu juda yaxshi iqtisodiy oʻsish va investitsiya muhitini yaxshilanishiga, investorlarning qoʻrqmasdan sarmoya kiritish uchun hamkorlik qilayotganlari esa bizning faqat va faqat foydamizga xizmat qiladi deb oʻylayman.