October 21

Buxoro Davlat Universiteti Agronomiya va Biotexnologiya fakulteti Biologiya yo'nalishi 10-1 BIO-22 (qishki)guruhi magistranti Ergasheva Fotimaxonim Asrorovnaning 21-oktabr O'zbek tiliga davlat maqomi berilgan kuniga bag'ishlangan tadbiri bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 21-oktabr kuni Buxoro Davlat Universiteti Agronomiya va Biotexnologiya fakulteti Biologiya yo'nalishi bosqich magistranti Ergasheva Fotimaxonim pedagogik amaliyot jarayonida 5 tashabbus yoshlarning adabiyot va teatr san'atining sohalarini rivojlanish sohasi bo'yicha 21-oktabr ,,Til bayrami " kunida soat 12:00 da faollar zalida tadbir otkazdi.Bu tadbirda 2-1EKO-24 barcha  talabalari faol qatnashdi.Tadbirda talabalar til haqidagi she'rlar bilan boshlab oldilar va Usmon Nosir haqidagi sahna ko'rinishini ijro etdilar.Tadbir qiziqarli bo'lishi uchun raqslar ham namoyish etildi.Keyinchalik ,,Milliy tilni yo'qotmoq millatning ruhini yo'qotmoq"haqidagi ikkinchi sahna korinishini ijro etdilar.Tadbirda Jabborov B.I va tyutor Jumayeva so'zga chiqdilar.Tadbirda turli raqslar va yigitlar ishtirokida sahnalar namoyish etildi.Tadbir so'ngida Jabborov B.I fikr mulohazlarini bayon etdilar.Davlat rahbari tomonidan 2019 yil 21 oktyabrda qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, ushbu tarixiy sana bayram kuni deb belgilangan. Bu bejiz emas.1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan. Ulug' mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning o'zbekxalqi ma'naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo'lgan. Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga bo'lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.

Xulosa qilib aytganda, ona tili millatning ruhi, borligimiz va birligimiz, davlat timsoli ekanini e’tiborga olgan holda, uni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning insoniy burchi hisoblanadi. Binobarin, o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida oldimizda katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi. Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga qaratilgan yangidan-yangi tashabbuslar ilgari surilayotgani juda muhim.