Buxoro Davlat Universiteti “Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya” fakulteti biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) yo’nalishi 10-1 BIO-22(qishki) guruhi magistranti Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevnaning ” O’zbek tilim – ona tilim” mavzusidagi tadbiri bo’ldi.
Joriy yilning 21-oktabr kuni soat 11:30da Buxoro Davlat Universiteti “Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya” fakulteti biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) yo’nalishi 10-1 BIO-22(qishki) guruhi magistranti, amaliyotchi Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevnaning 5 ta muhim tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida ” O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusidagi tadbiri BuxDU ”Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya” fakulteti faollar zalida bo’lib o’tdi. Tadbir ustoz Jumayeva va 1-kurs ekologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda o’tkazildi.
Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.” Ona tili – millatning ruhidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Tarixga nazar solsak, Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqea bo’lib qoldi.
Tadbir davomida ishtirok etgan o‘quvchilar ona tilimizni madh etuvchi maqollar, hikmatli so‘zlar orqali tilning ahamiyatini ifodalab berdilar. Ayniqsa, ona tilimiz haqida o‘zbek va rus tillaridagi she'rlarni zavq bilan aytib, buyuk bobolarimizning o‘zbek tilimizga bergan betakror ta'riflarini yodga oldilar.
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan ona tilimizni e'zozlovchi kuy va qo‘shiqlar, dilrabo raqslar hammani xushnud etdi. Talabalar tilning inson hayotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini o‘zlarining tayyorlagan qiziqarli sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar.
Tadbir so’ngida o‘zbek tili nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qolganligi to‘g‘risida, shuningdek, til – muqaddas ona kabi azizligi, bizning o‘zbek tilimiz hech qaysi tildan kam emasligi to‘g‘risida ustozlarimiz iliq fikrlar bildirdilar.