December 14, 2024

 Joriy yilning 11.12. kuni BuxDU Tabiiy fanlar va Agrobiotexnologiya fakulteti Biologiya (fan yo‘nalishlari bo’yicha ) mutaxassisligi magistranti Salimova Gulchiroy13-1 Bio 22guruh talabalariga Genetika va Genomika fanidan ochiq darsi bo'lib o'tdi.

Magistrlarning ilmiy pedagogik amaliyot davri ochiq darslar o'tkazish davom etmoqda.Joriy yilning 11.12. kuni BuxDU Tabiiy fanlar va Agrobiotexnologiya fakulteti Biologiya (fan yo'nalishlari bo'yicha ) mutaxassisligi magistranti Salimova Gulchiroy Anvar qizining 13-1 Bio 22guruh talabalariga Genetika va Genomika fanidan "Miqdoriy belgilarning irsiylanishiga ko'ra genetik tahlillar o'tkazish" mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.Darsga kuzatuvchilar sifatida biologiya kafedrasi o'qituvchisi b.f.d. (PhD) O.T.Jo'rayeva va amaliyotchi magistr Ergasheva Fotimaxonim ishtirok etdilar. Dars qiziqarli savol javoblar, yakka va guruhlarda ishlash, slayd taqdimoti, murakkab masalalar va ularning tahlili kabi samarali metodlarga to'la bo'ldi. Dars so'ngida O.T. Jo'rayeva so'zga chiqib magistrning yutuqlari va kamchiliklarini ta'kidladilar va kerakli tavsiyalarni berdilar. Umuman olganda dars juda mazmunli o'tdi.