October 29, 2023

Ishtahani ochadigan serial.

"Медведь" 2022 г.

Serial syujetiga ko‘ra, Karmen ismli oshpaz, akasi vafotidan keyin unga meros qolgan Chikagodagi qahvaxonani boshqarishga o‘tadi. AQShning eng zo‘r restoranlaridan birida ishlagan Karmen endilikda oddiy qahvaxonani boshqarishdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni yengishga va u yerda oldindan ishlab kelayotgan oshpaz, ishchilari ishonchiga kirib til topishishga to‘g‘ri keladi.

Serial restoran, oshpazlar va mazali ovqatlar haqida bo‘lsa-da, o‘zining syujeti bilan bizga ko‘pchilikda yuz beradigan ijtimoiy muammolarni ham olib chiqqan. Bu bilan uning boshqa seriallarda ustun jihati esa, ushbu muammolarni serial voqealari bilan realistik va ko‘pirtirmasdan ko‘rsatib berishidadir. Hozirga chiqib turgan aksariyat seriallarda shu narsa yetishmaydi. Ular ham katta ijtimoiy muammolarni olib chiqqanda, bu muammolarni to‘g‘ri tomoshabinni burnini tagigacha olib kelishadi. "Медведь" esa bu masalada serialda mayda detallar bilan bu muammolarni o‘z ichiga olib, tomoshabinni o‘zi tushunib yetishiga imkon beradi.

(Кадр из сериала ""Медведь" 2022 г.)

Albatta, serialni ko‘rish yengil bo‘ldi deya olmayman. Chunki serialni asosan tunda ko‘rganligim tufayli ko‘p marotaba muzlatkich tomon borib kelishga to‘g‘ri keldi. Sababi serialdagi mazali ovqatlarni va ularni qanday ishtaha bilan yeyishlarini ko‘rib, odam o‘zini ushlab turishi qiyin.

Texnik tarafdan ham juda mahorat bilan suratga olingan. Birinchi epizodni o‘zidanoq, serial ijodkorlari bizni klostrofobik qahvaxona oshxonasiga tashlashadi. Oshpazlar tezlik bilan va asabiy ishlashi, bizni ham asablarimizni tarang qilib, ekrandan ko‘zni uzmay tomosha qilishga majbur qiladi. Serialning deyarli barcha kadrida yashil va ko‘k ranglarni uchratish mumkin. Butun serial davomida bizni kuzatib kelayotgan "Refused" guruhining "New Noise" qo‘shig‘i esa, xuddi sekin ortga harakatlanayotgan bombaga o‘xshaydi va tomoshabinga adrenalin berib turadi.

Birinchi mavsum bizga Jeremy Allen White’ning mahoratli ijrosi orqali, bosh qahramon va uni muammolari bilan tanishtirib, uni ochib bersa, serial ikkinchi mavsumi qolgan ikkinchi darajali personajlarni ham yaxshi yoritgan. Mayda detallarga kuchli e’tibor, serialdagi mashhur aktyor va aktrisalarning kameolari ham esda qolarli bo‘lib chiqishiga imkon beradi.

(Кадр из сериала ""Медведь" 2022 г.)

Shaxsan menda serial dunyodagi yuqori nufuzli restoranlarga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartira oldin. Chunki yuqori sifatda xizmat ko‘rsatish va mijoz ko‘ngliga yo‘l topib, restoranga tashrif buyurgan kunini uning hayotidagi yorqin xotiralardan biriga aylantrish, ancha mehnat talab qiladi.

Serialdan o‘zimga ko‘p saboq oldim. Men ham IT’da loyiha menejeri bo‘lib ishlaganimga serial menga juda foydali bo‘ldi deya olaman. Jamoa bilan ishlash, uni boshqarish va ishni sifatli qilish serialning yana bir asosiy mavzularidan biri. Men o‘zim uchun olgan asosiy saboqlardan biri bu ishlash mobaynida xayollarni tartibga keltirib olish bu juda muhim vazifadir. Miyada xaos yuz berarkan, qilayotgan ishimizdan boshqacha natija kutish ham g‘alati.

E'tiboringiz uchun rahmat!

Telegram kanal Katta Og'a 🎬