April 17, 2025

Ikki dunyo orasida

Final.

Palatada g‘amgin sukunat hukmron edi. Tibbiy asboblarning muntazam signal tovushlarigina yurakni junbushga keltirar, bu yerda hayot va o‘lim o‘rtasida chayqalib turgan jonga dalda bo‘lib turardi. Samiya tinch yotardi lablari oqarib ketgan, yuzi esa o‘zgacha sokinlik va zaiflikni aks ettirardi. Ammo yuragi urardi. U hali kurashardi.

Jungkook xonaning bir chetidan unga qarab turardi. Oyoqlari qotib qolgan yuragi esa har bir signal tovushida beixtiyor siqilib borardi.

U yurib bordi... sekin og‘ir qadamlarda. Qo‘lini Samiyaning titroq qo‘liga qo‘ydi. Yuraklar bir-birini eshitganday jim turishdi.

Jungkook: Men seni yo‘qotolmayman Samiya ketma

So‘ng ko‘zlarini yumdi va nafas oldi. Ichida, yuragida otilayotgan qasamyod gap bo‘lib tiliga ko‘chdi:

Jungkook (ichida):
Samiya… men sening sevgining oldida yengildim. Ammo endi men bu dunyoga sen uchun kurashishga qaytdim. Otamning qonunlariga emas yuragimning hukmiga bo‘ysunaman. Agar bu yo‘lga chiqsam dushman ko‘payadi. Ammo sen bor joyda men kuchliman. Men endi sukunat emas sado bo‘laman. Yuraging yana urishini kutaman har bir urishda sening ismingni eshitgim keladi. Bu kurash endi yolg‘iz emas men va sen uchun bo‘ladi. Hatto hammaga qarshi bo‘lsa ham...

Vaqt o‘tdi. Kunlar, haftalar o'tdi. Palataga bahor nafasi kirib keldi. Dala gulidan yasalgan guldasta deraza yonida turardi. Sochlar yelkaga to‘kilib tushgan, ko‘zlari asta ochilayotgan bir tanish qiz uyg‘ondi.

Samiya sekin boshini burdi. Unga birinchi bo‘lib ko‘rigan narsa qo‘lini mahkam ushlab turgan Jungkookning qo‘li bo‘ldi.

Samiya: Jungkook...

Jungkook ko‘z yoshlarini yashirmadi. Kuldi Xuddi o‘sha chaqmoq kulgusi bilan, ammo bu safar yuragi bilan.

Jungkook: Men shu yerda edim Samiya. Har daqiqa. Har soniya. Endi hech qachon seni yolg‘iz qoldirmayman.

FLESHBACK

Samiya jon holatda yotganidan beri bir necha kun o‘tgandi. Palatada har kuni o‘sha signal tovushi o‘sha sukunat. Jungkook esa uxlashni, ovqatlanishni, hatto o‘zini ham unutgandi. Faqat bitta narsa ongida:

Jungkook: Buni unga qilgan odam tirik yurmasligi kerak.

Taejun Samiya bilan bog‘liq barcha og‘riq izlarining markazi edi. Avval tahdid qilgan, so‘ngra uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan, Jungkookning yuragidagi yagonasini yo‘q qilishga urinib ko‘rgan.

Tungi Seul, soat 2:14

Yomg‘ir ostida Jungkook qora mashinadan tushdi. Qorong‘ilikni yorib borar ekan unga hamroh faqat yuragidagi og‘riq bor edi. Yonida Jimin ham bor edi ammo so‘nggi chiziqni Jungkook o‘zi bosib o‘tishi kerak edi.

Jimin (ohista): — Faqat ehtiyot bo‘l. Qasos — ikki tomonlama qurol.

Jungkook (ko‘zlari sovuq, yuragi to‘la yong‘in): Men unga insof tilagandim. U esa Samiya hayotiga suiqasd uyushtirdi. Bu endi jinoyat emas. Bu hukm.

Taejunning yashirin joyi – yerto‘la ko‘rinishidagi bazm uyi

Ichkarida musiqa kulgu mast odamlar orasida Taejun go‘yo dunyoning hukmdoriday yurgan edi. Ammo bu kecha boshqa edi.Qorong‘ilik ichida birdan eshik ochildi. Hammani jimjitlik bosdi.

Jungkook kirib keldi. Sochlari ho‘l ko‘zlari qurollangan. U faqat Taejungagina tikildi. Qolganlar yo‘qdek.

Taejun: Qara Jungkook bu sevgi sening ko‘zingni butunlay ko‘r qilibdi.

Jungkook: Meni emas. Faqat sabrimni yo‘qotdi.

Taejun: Unda nima qilasan? Meni o‘ldirasanmi? Bu sening uslubing emas edi Jeon.

Jungkook: Men o‘zgardim. Yuragimdagi inson hali ham nafas olyapti. Va bu nafas har lahza menga sening hayotingni eslatadi.

Taejun to‘pponchasini chiqarishga ulgurmasidan Jungkook allaqachon uni qurolsizlantirib qo‘ygandi.

U qurollarini ko‘tarib ham qo‘ymadi. Faqat yuragiga quloq soldi. Va nihoyat bitta o‘q aniq va halokatli.To‘liq sukunat.

Jungkook: Bu Samiya uchun.

Jungkook o‘sha tunda ko‘chaga chiqdi. Osmondan yog‘ayotgan yomg‘ir go‘yo yuvardi qasamyodni, qon izini va yuragidagi alamni yuvayotgandek edi. Ammo og‘irlik baribir qolardi. U osmonga qaradi.

Jungkook (ichida): Endi nafaqat sevgi, balki qasos ham yakun topdi. Meni kechir Samiya. Bu qo‘llar sen uchun gunohga botdi ammo yuragim seni faqat himoya qilishni bilar edi.

Oradan 3 oy o‘tdi.

Bahorning iliq havosi ochilib ketayotgan gullar va Seul ko‘chalari yana hayotga to‘la. Jungkookning villasi endi faqat kuch qudrat emas balki baxt ifodasi bo‘lib qolgandi.

Hovlida Samiya oq ko‘ylakda gullarga suv sepayotgandi. Sochlari shamolda o‘ynardi yuzida esa iliq tabassum.

Jungkook: Hali ham gullaring meni rashk qilmoqda bilasanmi?

Samiya: Ular menga ko‘proq vaqt ajratasan deb o‘ylashsa kerak...

U kuldi. Jungkook uning orqasidan borib quchoqladi.

Jungkook : Men har kuni seni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Yana shu kabi tonglarga uyg‘onishni orzu qilaman.

Samiya unga qarab turdi ko‘zlarida esa sokinlik va muhabbat bilan

Samiya: Endi bu bizning hayotimiz. Og‘riqlarsiz. Faqat muhabbat bilan.

Shu payt Jimin ularning yoniga chiqdi qo‘lida kofe va gazeta.

Jimin: Ey sevishganlar, bugun tonggi havoda meni unutmaslikka va’da bergandinglar!

Uchovlon kulishdi. Endi bu yerda dushmanlik, qasos, og‘riq yo‘q edi. Faqat ikkinchi imkon, bir-birini topgan yuraklar va umid bor edi.

Jungkook Jimin tomonga qarab jilmaydi so‘ng Samiyani sekin qo‘yib yuborib do‘stining yoniga bordi.

Jungkook: Sen har kuni bu hovliga tonggi gazeta bilan kelib romantik kayfiyatimizni sindirmasang bo‘lmaydi-a Jimin.

Jimin kofeni ularga uzatar ekan kulimsirab javob berdi:

Jimin: Nima qilay muhabbatlaringni tomosha qilish menga kofedan ham kuch beradi.

Samiya kulib ikkoviga qaradi.

Samiya: Hayotimizga xotirjamlik kirgani yaxshi ammo siz ikkingiz hali ham bir-biringizga o‘xshaysiz...

Jungkook: Shunaqa bo‘lmasa bu villa zerikib qoladi.

Hovlidan sekin-sekin musiqa sadosi eshitildi Samiya yoqtiradigan eski qo‘shiqlardan biri. U sekin musiqa tomon yurdi Jungkook esa uning orqasidan ergashdi.

Jimin esa orqada turib ularning baxtiga qarab jilmaydi.

Jimin (ichida): Ba’zida baxtni topganlarga qarab quvonsang ham, o‘zingda bo‘shliq qoladi...

Shu daqiqalarda esa Samiya va Jungkook sekin raqsga tushishar bir-birining ko‘zlarida yo‘l topishardi.

Samiya: Bilasanmi, ba’zida bu hammasi tushdek tuyuladi...

Jungkook: Agar bu tush bo‘lsa, men uyg‘onishni istamayman.

Ortda qolgan g‘amlar, qasoslar, xiyonatlar — bular endi ular hayotining bir sahifasi edi. Ammo yangi sahifada sevgi ishonch va orzular bor edi.

Biroz vaqtdan keyin Jungkook va Jimin ishga ofisga keldi. Jungkook Jimindan oldinlab ketgandi. Jimin esa to'satdan bir qizga urilib ketdi.

Jimin qizga bir qarab uzur so'radi va yo'lida davom etdi.

Jimin (o‘zicha): Qanday qilib bir ko‘rishda shunchalik ta’sir qilish mumkin? Nega bu qiz menga notanish lekin yuragimga yaqin tuyuladi?

U telefonini qo‘liga oldi ish uchrashuvlari ro‘yxatiga qaradi. Va to‘satdan... Kang Yerin yangi advokat sifatida ular bilan ishlashi kerak bo‘lgan kompaniya vakili sifatida ro‘yxatda turardi.

Jiminning labida sekin jilmayish paydo bo‘ldi.

Jimin (ichki ovoz): Demak bu hali hammasi emas. Men uni yana ko‘raman. Balki... bu yuragim nohaq emasdir.

Bir oydan so'ng

Yoz oqshomi. Quyosh botmoqda. Jungkook sekin Samiyaning qo‘lini ushlab:

Jungkook: Nihoyat hammasi tugadi. Endi biz faqat yashashni boshlaymiz og‘riqsiz yolg‘onlarsiz.

Samiya jilmayib, uning ko‘zlariga boqadi:

Samiya: Sen men uchun kurashganingda yuragim sendan avvalroq taslim bo‘lgan edi.

Ular bir-birlariga yaqinlashib quchog‘ida sokin tunni qarshi olishdi.

Jimin uzoqdan ularni kuzatar ekan yonida Yerin paydo bo‘ladi.
Unga qarab jilmayadi.

Jimin: Men seni ilk ko‘rganimda... yuragim nima uchun tinimsiz urganini endi tushundim.

Yerin:Men ham senga ishonishim uchun vaqt kerak edi. Endi esa sen bilan yangi sahifa ochmoqchiman.

Ular qo‘llarini ushlashadi. Toza osmon, sokinlik va yurakdagi tinchlik.

Muallifdan: Ba’zida yurak tanlaydi. Aql tushunmaydi. Va muhabbat... hech qachon kech kelmaydi.

<<THE ENG>>