Ikki dunyo orasida
Samiya ko‘zini ochganda quyosh nurlari derazadan yuziga tushib turardi. Yonida Jungkook yotar uning qo‘li Samiyaning belini quchib olgan yuragi esa sokin va ishonchli urardi. Bir lahza uchun Samiya hayotida hech qanday og‘riq yo‘qdek tuyuldi. Faqat iliqlik muhabbat va sokinlik…
Ammo yurakda tug‘ilgan tuyg‘ular har doim ham tinchlik bilan tugamaydi.
Jungkook ko‘zini ochdi. Uning nigohlari hali ham yotoqning narigi tomonida yotgan Samiyaga qadalgan edi.
Jungkook (pichirlab): Yaxshi uxladingmi?
Samiya (kulimsirab): Ha… hech qachon bunday sokin uxlamagandim.
Ular bir necha daqiqa jim yotishdi. Ammo bu jimlikni Jungkookning telefon jiringlashi buzdi. U shoshib turdi va telefonni oldi. Ko‘zlarida birdan xavotir paydo bo‘ldi.
X: U qaytmoqda… Bu safar yolg‘iz emas.
Jungkookning kafti mushtga aylangandi. Telefonni qo‘ydi. Nigohida qayta o‘sha sovuqlik, o‘sha himoya qilish zarurati qaytdi.
Jungkook (jiddiy): Taejun yana reja tuzyabdi. Bu safar kimdir o'lishi aniq
Samiya jim qoldi. Endi u bilardi: bu faqat sevgiga qurilgan kecha emasdi. Bu ayni paytda kurash boshlanishi edi
Villa atrofida xavfsizlik kuchaytirildi. Jungkookning tan soqchilari har yerda ko‘zga tashlanardi. Ammo Samiya o‘zini qo‘lga oldi. U zaif bo‘lishni istamasdi. U bu sevgi uchun kurashishga tayyor edi.
O‘sha paytda…Park Jimin villaga keldi. U do‘stining ahvolini bilib, darhol yordam taklif qildi. Ammo uning nigohi Samiyaga tushganda yuragida g‘alati tuyg‘u paydo bo‘ldi. Bu go‘zal va kuchli qiz… u faqat Jungkookni sevishini bilsada, yuragining chekkasida bir istak bor edi agar vaqt boshqa bo‘lganida, ehtimol hammasi boshqacha bo‘larmidi?
Taejun ham bo‘sh yurgan emasdi. U o‘zi bilan boshqa bir guruh odamlarni olib kelgandi. U faqat Samiyaga emas balki Jungkookga zarar yetkazmoqchi edi.
Ammo bu safar Samiya faqat himoyalanuvchi emasdi.U Jungkook oldiga bordi.
Samiya (qat’iyat bilan): Men qochmayman. Meni sevganingni aytding esingdami? Unda menga ishon. Men kuchsiz emasman.
Jungkook uning ko‘zlariga qaradi. Bu ko‘zlarda qo‘rquv yo‘q edi. Faqat jasorat va muhabbat bor edi.
Jungkook: Unda sen bilan birga jang qilaman.
Bu tun… bu tun endi nafaqat muhabbat, balki kurash tuni edi. Yuraklar birlashgan, hozir ular bir jamoa edi. Nafaqat sevishgan, balki bir-birini himoya qilishga tayyor qalblar.
Va yuraklar shivirlayotgandi: "Senga yetguncha, hech narsa meni to‘xtata olmaydi."
Villa ichida hamma hushyor. Derazalarga qora pardalar tortilgan xavfsizlik tizimlari faollashtirilgan. Tashqarida yomg‘ir sepalab yog‘moqda go‘yoki osmonda ham bir g‘am bor.
Samiya xona ichida yurardi. Yuragi betinch ammo nigohlarida dadillik bor edi. U endi boshqa Samiya emas edi u sevgisi, yuragi va kelajagi uchun kurashishga tayyor edi.
Jungkook esa qo‘lida qurol, boshqa qo‘lida telefon oxirgi tayyorgarliklarni ko‘rardi. Lekin uning nigohi bir zum Samiyaga tushganda yuragida titroq paydo bo‘ldi. U bu qizni yo‘qotishdan qo‘rqardi…
Jungkook: Agar biror narsa bo‘lsa… qoch. Bu safar rostdan ham xavf katta.
Samiya: Yana aytaman Jungkook men qochmayman. Biz birgamiz, esingdami?
Jungkook uning peshonasidan o‘pdi. Bu o‘pich so‘zsiz b "Men seni himoya qilaman." degan vada edi.
Eshik sharaqlab ochildi. Park Jimin kirib keldi.
Jimin: Ular harakatni boshlashdi. Ular darvoza oldida.Jungkook va Jimin ko‘z urishtirishdi.
Taejun qora jeepdan tushdi. Yomg‘irda u yanada dahshatli ko‘rinar edi. Yonida o‘nlab yollanma jangchilar. U qasddan keldi faqat yengish uchun emas yo‘q qilish uchun.
Taejun: (pichirlab) Bu tun oxiri bo‘ladi…
Jungkook qurolini tekshirdi. Jimin yonida. Samiya esa deraza yonida qo‘lida kichik qurol ammo yuragida katta jasorat bilan turardi.
To‘qnashuv boshlanishi arafasida…
Tashqarida momaqaldiroq gumburladi. Go‘yo osmon ham bu kurashga guvoh bo‘lishga tayyor edi. Har bir lahza – hayot va o‘lim orasidagi nozik chegaradek edi.
Jungkook qattiq nafas oldi. U o‘zini qo‘lga olishga urinardi ammo yuragi ich-ichidan Samiyaga intilardi.
Jimin: Rejaga ko‘ra ularning yo‘li ikki tomondan to‘siladi. Ammo Taejun shunchaki dushman emas. U aqlli… va qasosli.
Jungkook: Aynan shuning uchun men tayyorman.
Samiya ularning yoniga bordi. Uning nigohida titroq yo‘q edi lekin yuragida cheksiz muhabbat va qo‘rquv aralashgan jasorat bor edi.
Samiya: Agar bu tun oxiri bo‘lsa… u holda men sen bilan birga yakunlayman.
Jungkook bir lahza ko‘zlarini yumdi. Bu so‘zlar yuragiga o‘qdek tegdi. U bunga loyiqmidi? Bu sevgi, bu jasoratga?..
Jungkook: Yo‘q bu tun — boshlanishi. Agar biz omon qolsak yangi hayot boshlanadi. Men senga va’damni unutmaganman.
Darvoza portlab ochildi. Yorug‘likda Taejunning odamlari qorong‘ulik orasidan ko‘rindi. Otishma boshlandi.
Villa ichi qaltirardi. O‘qlar derazalarni teshib o‘ta boshladi. Jimin darhol joyini egalladi, Jungkook esa Samiyani orqaga tortdi.
Jungkook: Seyun va boshqa odamlarni xavfsiz xonaga olib boringlar!
Samiya: (qarshilik bilan) Men yashirinmayman, men ham jang qilaman!
Jimin: (qichqirib) Ehtiyot bo‘ling ular orqa tomondan ham kirishga urinmoqda!
Jungkook darhol vaziyatni baholadi. Ko‘zlari bilan xona ichidagi har bir odamni skanerladi. U har bir qarorga javobgar edi.
Jungkook: Samiya bu senga ishonmayapman degani emas. Men seni yo‘qotishdan qo‘rqaman, tushun!
Samiya: Men seni tushunaman… va men ham seni yo‘qotishni istamayman. Shuning uchun men yoningdaman.
Ammo tashqaridan eshitilgan yana bir portlash xona ichidagi quloqni jaranglatdi. Jungkook har doim tayyor bo‘lishga harakat qilar lekin hammasi o‘zgarishi mumkin edi. Taejunning odamlaridan biri qorong‘ilikdan chiqib, qurolni ko‘tarib ichkariga kirdi. Uning maqsadi aniq edi Jungkookni yo‘q qilish. U bu safar o‘zi uchun hal qiluvchi nuqtani belgilamoqchi edi.
Taejun: (so‘kinib) Sening o‘limingiz Jungkook barcha muammolarni hal qiladi.
Taejun ko‘zlarini Jungkookning ko‘zlariga tikdi va bir necha soniya kutgandan so‘ng qurolini Jungkookning tomog‘iga qarata nishonga oldi. Jungkook bir qadam orqaga chekinmoqchi bo‘ldi lekin har bir daqiqada o‘q uning yo‘lidagi eng katta xavfga aylandi.
O'q ovozi eshitildi. "bang". Jungkook og‘ir nafas olgancha so‘nggi lahzalarini his qilishga urindi. Ammo bir lahzada Samiya to‘satdan uning oldiga chiqib,o‘qning yo‘lini to‘sganini his etdi.
Jungkook: Yo'q Samiya! Nima qilding.
Samiya shu so'zlarni aytib hushini yo'qotdi. Jungkook esa qotib qolgandi. Yonida esa Jimin turardi
Taejun: Meni hali ham past baholayapsanmi Jungkook? Faqatgina bu safar men yutaman.
Jungkook: Sen meni emas o‘zingni yo‘q qilding Taejun.
Taejun: Samiya seni yumshatibdi. Eskidan qolgan Jeon Jungkook bo‘lganingda men allaqachon o‘lgan bo‘lardim.
Jungkook: Eskisini ko‘rmoqchimisan? Mayli, oxirgi marta bo‘lsa ham…
Taejun o‘q uzadi ammo Jungkook chapga tashlandi, o‘q devorni teshib o‘tadi. Keyin o‘zi ham qurolini ko‘taradi lekin o‘q uzmaydi – yurib boradi.
Jungkook: Sen meni yillar davomida yirtqichga aylantirding. Endi o‘sha yirtqichni o‘zing tanish vaqti keldi.
Taejun yana o‘q uzadi bu safar Jungkook sekin qurolni ko‘tarib aniq nishonga oladi.
Jungkook: Bu seni kutgan o‘lim emas. Bu mening javobim.
Taejun qattiq zarba bilan orqaga qulab tushadi. Uning ko‘zlari ochiq ammo tanasi jimjit.
Jungkook qurolni tushiradi. Jimin esa orqadan yugurib keladi.
Jungkook: U tirik. Qon ketayapti, ammo tirik. Tez yordam chaqir!
U Samiyani bag‘riga oladi, ko‘zlarida cho‘kkan vahima va xavotir bilan.
Jungkook: Iltimos... Samiya ko'zingni och. Seni yo'qotishga kuchim yetmaydi
Shifoxona. Tungi soat 03:17. Operatsiya xonasi eshigi oldida sovuq va jimlik.
Jungkook stulda boshini qo‘llariga suyanib o‘tirardi. Jimin esa yelkasiga qo‘l qo‘ygancha sukutda. Ular orasidagi sukunat mingta so‘zdan og‘ir.
Jimin: Hali ham qon yo‘qotayapti… ammo yuragi urayapti Jungkook.
Jungkook:
Men uni himoya qilaman degandim... uni bu urushga aralashtirmasligim kerak edi.
Jimin:Samiya seni o‘zgartirdi. Sen o‘zgarishni xohlamagan bo‘lsang ham.
Jungkook:
Agar uni yo‘qotsam... men yana o‘sha yovuzga aylanishim mumkin, Jimin. Yana ham battarroq.
Operatsiya xonasi eshigi ochiladi.
Doktor chiqadi, ko‘zoynagini yechadi.
Doktor:
Omadi bor ekan. O‘q yana bir santimetir ichga kirganda uni saqlab qola olmasdik. Lekin unday bo'lmadi. U hozir komada lekin muhimi u kurashyapti.
Jungkook chuqur nafas oldi. Ko‘zlarida ko‘z yoshi bor edi. Lekin u o‘sha yoshni yutdi.
Jungkook (ichkida):
Samiya... sen kurashayapsan. Endi men ham sen uchun yana kurashaman. Bu safar hammaga qarshi. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar.
5-qism tugadi. Fikrlaringizni kutaman. Hech bo'lmaganda yoqdi yoki yoqmadi deb yozb keting. Keyingi qism qanday bo'lsin.