May 4, 2025

Magic Sound

Kim Asumi: Har bir tovush ortida bir his, har bir ohang ortida bir hikoya yashiringan.

---

Maktabimizdagi musiqa xonasi boshqa sinflardan farq qilardi. Bu yer jimjitlik va ohanglar yashaydigan dunyo edi. Men Asumi har kuni darsdan keyin u yerga borardim. Skribka menga hech kim bera olmaydigan tasalli berardi.

Men yolg‘iz edim. Gapirishni yoqtirmasdim. Chunki gapirsam ham hech kim meni tushunmas edi.

Asumi

U ham shunaqa edi. U guruhimizda gitara chalardi. U doim burchakda o‘tirdi. Hatto hech kimga qo'shilmasdi. Uni ko'pchilik qizlar yoqtirardi. Lekin u etibor bermasdi. U faqat gitara chalardi. O'sha paytda ham uni yoqtirarmidim? Buni bilmayman

Biz bir guruhda bo'lganimiz uchun Har kuni birgalikda mashq qilardik. Lekin biror marta ham so‘z gaplashmaganmiz.

Bir kuni guruh rahbarimiz barchamizdan so‘radi:

Rahbar: Nega musiqa chalasizlar? Nega buni xohlaysizlar.

Ko‘pchilik bir xil javob berdi:

1-o'quvchi:Chunki menga yoqadi.
2-o'quvchi:Bu menga dam beradi.
3-o'quvchi: Bu mening orzuyim.

Menda esa so‘z topilmadim, boshimni quyi soldim.

Ustoz: Asumi nega jimsan, sen-chi nega skribka chalasan?

Men sekin javob berdim:

Asumi: Gapirsam hech kim tushunmaydi baribir… lekin skribka huddi meni tushungndek tasalli beradi.

Rahbarimiz bir lahzaga jim qoldi. So‘ng ko‘zlarimga qaradi ammo hech narsa demadi.

O'sha kun mashg‘ulot oxirida hammamiz musiqa asboblarimizni yig‘ayotgan edik. Skribka qutisiga simlarni joylayotganimda kimdir yonimda to‘xtadi. Ko‘tarilgan boshim to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ko‘zlariga urildi. Bu o'sha gitara chaladiga yigit Jungkook edi.

Jungkook

Jungkook: skirbka chalganingni eshitdim. So‘zlarsiz ham buni his qildim.

Men hayratda qoldim. Chunki u avval hech qachon menga murojaat qilmagan hatto ko‘z urishtirmagan ham edi.

Asumi: skribka... meni tinchlantiradi

U boshini qimirlatdi so‘ng qo‘lidagi gitara qutisini ko‘tarib menga yaqinroq keldi.

Jungkook: Bilasanmi men ham aynan shu sababli gitara chalaman. Ovozlar orqali o‘zimni ifoda qilaman. Chunki gapirsam... odamlar eshitadi, lekin tushunmaydi.

U so‘zlarini tugatgach sukunat paydo bo'ldi. Yillar davomida sinfda yonma-yon o‘tirib, hech gaplashmagan ikki odam endi so‘zsiz ham bir-birini tushuna boshlayotgandek edi.

O'sha kundan so'ng har kuni darsdan keyin musiqa xonasida qolardik. Avvaliga har kim o‘z cholg‘usida mashq qilardi. Keyinchalik esa birga chalishni boshladik. Gitara va skripka bir-birini to‘ldirardi. Go‘yo ikkalamiz ham bir butun asarning ikki qanotidek edik.

U hali ham ko‘p gapirmasdi. Men ham. Ammo endi bu sukunat boshqa edi noqulaylikdan emas edi.

Bir kuni yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Musiqa xonasining derazasidan tashqariga qarab o‘tirganimda u yonimga keldi. Ammo bugun uning nigohi boshqacha edi.

Jungkook: Asumi... sen uchun bir kuy chalmoqchiman.

U gitarasini olib asta ohangni boshladi. Bu ohang yuragimning eng chuqur joylariga tegdi. U og‘riq va umid, yolg‘izlik va mehrni birga ifodalayotgandek edi.

Men unga qarab skribka chalishni boshladim. Biz bir asar yaratdik. Hech kim uchun emas faqat o‘zimiz uchun.

Jungkook: Asumi… men seni tushunaman. Sen gapirmasang ham men seni eshitaman.

Bu so‘zlar yuragimdagi eng yopiq eshiklarni ochdi. Endi yolg‘iz emasdim. Endi mening ohangimni eshitadigan kishi bor edi.

Jungkook

Biz shu tarzda asta-sekin bir-birimizga bog'lanib bordik. Har kuni musiqa xonasida birga qolish, ohanglar orqali yuraklarini ifoda etish bizni yaqinlashtirardi. Gaplar kerak emasdi bizning har bir kuyimiz ichki his-tuyg‘ularimizning tarjimoni edi.

Bir kuni musiqa ustozimiz bizni yoniga chaqirdi.

Ustoz: Siz ikkalangiz alohida iste’dod egasisiz. Ammo birga… sizlar musiqaning sehrini yaratyapsizlar. Konservatoriya tomonidan tashkil etilayotgan yoshlar konsertida ishtirok etsangiz yaxshi bo‘lardi. Bu imkoniyat har doim berilmaydi.

Biz rozi bo'ldik. Bu nafaqat musiqiy sahna, balki yuraklaridagi tuyg‘ularni dunyoga ko‘rsatish imkoniyati edi.

Shu kundan boshlab biz o'zimiz uchun maxsus bir asar yaratishga kirishdik. Unga "Magic Sound" ya’ni "Sehrli Ohang" deb nom berdik. Bu kuy bizning tanishuvni yolg‘izlikdagi sukunatni, so‘zsiz tushunishni va ohanglar orqali yaralgan sevgini ifoda etardi.

Konsert kuni zal odamlar bilan to‘la edi. Biz sahnaga chiqdik. Ustozalarimiz, sinfdoshlarimiz, hatto ilgari bizni umuman payqamaganlar ham hayajon bilan qarashardi. Men skribka simlariga teginib ohangni boshladim. Menung ortidan Jungkookning gitarasi hamohang bo‘lib kuyladi.

Asumi

Kuy tugaganda zalda bir lahzalik sukunat paydo bo‘ldi. So‘ng olqishlar yangradi.

Biz kontsertda birinchi o‘rinni oldik. Ammo undan ham muhimi biz bir-birimizni topgandik.

Jungkook konsertdan so‘ng yonimga kelib qo‘limni tutdi.

Jungkook: Asumi… bu faqat boshlanishi. Qolgan kuylarni ham sen bilan birga yaratmoqchiman. Chunki sening yuragingdagi ohang meni to‘liq qiladi.

Men mayin jilmaydim. Endi men yolg‘iz emasdim. Endi men faqat musiqada emas sevgida ham sherik topgandim.

Konsertdan keyingi haftalar biz uchun eng baxtli kunlar bo‘ldi. Biz endi nafaqat musiqa orqali balki hayot orqali ham birga edik.

Lekin Men so‘nggi paytlarda tez-tez charchoqdan shikoyat qiladigan bo‘ldim. Mening rangim oqarib, ko‘zlarimdagi nur pasaya boshlaganini Jungkook birinchi bo‘lib payqadi.

Jungkook: Asumi hammasi joyidami?

Asumi: Ehtimol shunchaki charchoqdir... Hozirgi konsert tayyorgarliklari sal ko‘p kuchimni olyapti.

Ammo bu oddiy charchoq emas edi. Va men kunlarning birida oq xonali shifoxona palatasida qo‘limda tibbiy hujjatni tutgancha jim o‘tirardim.

Shifokor chiqdi. U menga qo'yilgan tashhis qog'ozlarini qo'limga tutqazdi.

Asumi: Men... qon kasalligiga chalinganman. Bu ancha og‘ir bosqichda ekan.

Jungkook bir necha daqiqa hech nima deyolmadi. Yuragi xuddi kimdir uni tortib olib ketayotgandek bo‘ldi.

Jungkook: Men sendan ketmayman Asumi

Shundan so‘ng musiqa endi biz uchun davoga aylandi. Jungkook har kuni mening yonimda bo‘ldi, har kuni men uchun kuylar chaldi. Shifoxonadagi bemorlar ham bizning duetimizdan ilhomlanar, umid topardi.

Men bir kuni unga qarab dedim.

Asumi: Jungkook agar men bir kuni ohanglar orasida yo‘qolsam ham sen chalishda davom et... Chunki har bir notangda men yashayman.

Jungkook: Yo‘q biz birga tuzalish uchun chalishda davom etamiz. Men seni yo‘qotish uchun emas sen bilan yashash uchun sevaman.

Yillar o‘tdi. Hozir ham men kasalxona palatasida yotibman. Bu hikoyani yozayotganimda yonimda gitara ovozi yangrayapti. U hali ham har kuni keladi. Menga o‘sha kuylarni chalayapti. Har safar yangi ohang har safar yangi hislar bilan.

Men esa kundaligimga bu hikoyani yozayapman. Balki bu so‘zlar hech qachon o‘qilmas. Ammo men yozaman chunki bu bizning hikoyamiz. Gitara va skripkaning so‘zsiz muhabbati edi.

Jungkook va Asumi

Bu mening Jungkook uchun so'ngi maktubim.

Maktub: Men faqat musiqada yashadim Jungkook. Chunki u seni menga olib keldi. Seni so‘zsiz sevganimni faqat kuylarim aytgan bo‘lishi mumkin. Har safar gitara chalganingda meni esla xo‘pmi? Chunki sen mening eng chiroyli kuyim eding.

Ba’zida sevgi tilsiz, so‘zsiz, lekin yurakdan chiqadi.

Ba’zida xotira musiqaday, to‘xtamay jaranglaydi.

Men Asumi edim. Va Jungkook mening "Magic Soundim" edi.

<<The End>>