April 5, 2025

Aldangan yurak

Episode-12

Jungkook avtomobil eshigini ochib ehtiyotkorlik bilan Asuni o‘rindiqqa yotqizdi. Mashina shifoxona tomon uchdi. Har soniya har lahza — unga abadiydek tuyulardi.

Jungkook mashinani boshqarib ketarkan ora orada Asuga qarab gapirib qo'yardi.

Jungkook: Men seni himoya qila olmadim kechir… meni tashlab ketma senga hali aytmagan gaplarim bor.

Shifoxona eshigi oldida Jungkook qattiq tormoz berdi. Tashqariga yugurib chiqqan hamshiralar darhol Asuni ko‘tarib ketishdi. Jungkook esa ularning ketidan qadam bosolmay qoldi. Birinchi marta… u o‘zining ojizligini tan oldi.

Bir necha soat o‘tdi. Operatsiya xonasining chiroqlari nihoyat o‘chdi. Shifokorlar chiqqanida Jungkook o‘rnidan turib oldilariga bordi.

Jungkook: Asu. U qanday?

Shifokor: Omadingiz bor ekan. uni vaqtida yetkazishgan. Uni alohida palataga olamaiz. Lekin hali hushiga kelmadi.

Jungkook uzoq vaqt ko‘zlarini yumgancha, chuqur nafas oldi.

Palatada sokinlik hukm surardi. Asu tinch nafas olayotgandi. Yonida esa Jungkook. U stulda o‘tirgancha,Asuning qo‘lini ushlab turardi. Soatlar daqiqalar o‘tgandi lekin u joyidan qimirlamagan.

Jungkook: Agar uyg‘onsang… seni hech qachon yolg‘iz tashlab ketmayman. Bu gal seni himoya qilaman Asu.

U boshini Asuning qo‘liga qo‘ydi va ko‘zlaridagi og‘riqni endi hech narsa yashira olmasdi.

Bu paytda… Kim Taehyung shifoxonaga kirib keldi. Qoshlarini chimirib, qadamlarini yirik qadamlar bilan jiminning oldiga bordi.

Taehyung: U tirikmi

Jimin: Ha omon qolgan. Jungkook uni o‘z vaqtida olib kelgan.

Taehyung hech narsa demadi. Faqat eshikka tikilib turdi. Ichkarida Asu uxlab yotardi. Uning sevgan qiz va yonida… eng yomon raqibi – Jeon Jungkook edi. Taehyung bu urushda mag'lub bo'lganin bilardi lekin baribir Asuni hali ham sevardi.

Taehyung (o‘zicha): Asu... nega har safar senga kerak bo‘lganida meni emas, Jungkookni tanlaysan? Ne sababdan men emas, uni tanlading?

Shu paytda shifokor Asuning holatini tekshirish uchun ichkariga kirdi. U Jungkookning yelkasiga sekin tegdi.

Shifokor: Hali hushiga kelmagan bo‘lsa-da yuragi barqaror urmoqda. Siz ham ozgina dam oling.

Lekin Jungkook ko‘zini uzmadi. Faqat boshini chayqadi.

Jungkook (o‘zicha): Men uni yolg‘iz qoldira olmayman.

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach Asuning qo‘llari sekin qimirladi. Jungkook darrov sezdi.

Jungkook: Asu? Eshitayapsanmi? Bu menman, Jungkook.

Asu ko‘zlarini arang ochdi. Uning nigohi xira edi lekin yuzida tiniq bir narsa ishonch bor edi.

Asu (past ovozda): …sen...?

Jungkook bosh irg‘ab qo‘lini mahkam ushlab turdi.

Jungkook: Men doim sen bilanman. Bu safar hech kim seni mendan tortib olmaydi…

Tashqarida esa Taehyung jim turardi. Ichkaridagi manzara yuragini tilka-pora qilgan. Uning ko‘zlarida og‘riq ichki qichqiriq bor edi.

Taehyung (ichidan): Men seni ko‘p bora kutdim Asu. Senda faqat og‘riq va xavf bovlganda men bor edim yoningda. U esa seni xafa qilgan, xavfga qo'ydi lekin baribir… sen uni tanlading


Ertalab.

Quyosh nurida palata to‘lib ketgan. Asu derazadan tashqariga qarab yotardi. Tashqarida bir umr orzu qilgan oddiy hayot — osmon,qushlar, erkinlik.

Jungkook unga nonushta olib kirgan edi. Ammo Asu faqat jim qarab turardi.

Jungkook sho‘rva idishini qo‘lida tutib Asu yoniga o‘tirgan edi. Asu derazadan tashqariga qarab bir oz g‘amgin va charchagan ko‘rinardi. Jungkook yengil tabassum bilan sho‘rvani qo‘liga olib uni Asu tomon tutdi.

Jungkook (yumshoq): Ahvoling yaxshi bir oz sho‘rva ich. Bu seni yanada kuchliroq qiladi.

Asu (yumshoq, jilmayib): Yaxshi... faqat hali ham ozgina ichaman.

Jungkook: Bu sho‘rva faqat kichik yordam, lekin senga kuch beradi.

Asu qoshiqni og‘ziga olib, sekin ichishga boshladi. Har bir qoshiqni ichib, u o‘zini biroz qulayroq his qila boshladi. Jungkook uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatib turdi.

Asu (shirin jilmayib): Bu... juda mazali. Buni oldin tatib ko‘rmagan edim.

Jungkook (tabassum bilan): Hamma narsaning o‘z vaqtida bo'lsa kerak. Sho‘rva ham sen uchun aynan shu payt kerak edi.

Asu (kulgili): Demak shuncha vaqtni bexuda o‘tkazdim ha?

Jungkook (kulib): Yomon emas. Yaxshi boshlash uchun ba'zida kichik narsalar kerak.

Asu yana bir qoshiq ichib yengil tabassum bilan unga qaradi.

Asu (yumshoq): Rahmat. Sen menga faqat bugun emas, har doim yordam berishga tayyorsan.

Jungkook (issiq tabassum bilan): Har doim yordam berishga tayyorman, Asu. Chunki sen bunga loyiqsan.

Sho‘rva tugab, ular bir-biriga qarab, o‘zaro qulay suhbatni davom ettirdilar, har bir so‘zda yaqinlik va ishonch ortib borardi.

Jungkook va Asumi

Shifokor palataga kirib Jungkook va Asuni holatini ko'rib jilmayib qo'ydi. Va Asuning holatini tekshirishni boshladi. Bir necha daqiqalik tekshiruvdan so‘ng u nihoyat Jungkookga qaradi.

Shifokor: Ayolingiz hozir yaxshilanib bormoqda lekin to'liq tuzalishi va dam olish uchun yana biroz vaqt kerak. Ertadan uni uyingizda parvarishlashiniz mumkin.

Jungkook uning so‘zlarini eshitib hursand bo'lib kulib yubordi.

Jungkook: Yaxshi demak bir kun kutishimiz kerak. Rahmat, doktor.

Shifokor boshini egib chiqib ketdi. Jungkook Asu tomon qaradi uning yuzida tinchlikni ko‘rdi lekin ko‘zlarida hali ham noaniqlik bor edi.

Asu: Demak bir kun kutishimiz kerakmi?

Jungkook: Ha bir kun. Hali to‘liq tiklanishing kerak shuning uchun yana biroz vaqt kerak.

Asu shunchaki boshini chayqadi, lekin uning ko‘zlarida hech qanday shikoyat yo‘q edi. Aksincha u Jungkookning har bir so‘zi bilan tinchlandi.

Asu: Yaxshi men sabr qilaman.

Jungkook uning qo‘lini ushlab, sekin jilmaydi.

Jungkook: Sabr qilishing kerak Asu. Keyin men seni uyda parvarishlayman

Bu paytda Mira o'zining qorong'u rejalari haqida o'ylab, Jungkookning uyida o‘tirardi. Uning ko‘zlari yuziga sovuq ifoda olib kelgan va u har bir harakati bilan nimadir rejalarini amalga oshirayotgandek edi.

Mira (o'z-o'ziga):
Asu... o‘zingni juda yaxshi tutyabsan, ammo bu o‘yin endi tugadi. Jungkookni o‘zingga jalb qilishni istasang seni yo‘q qilishim kerak. Faqat shunda uning barcha boyliklari va kuchi meni kutib turgan bo‘ladi.

Uning xayollari o'zgarib Asu bilan yuzaga keladigan muammolarni tasavvur qila boshladi. U yana bir bor o‘zining niyatlarini mustahkamladi.

Ertasi kuni.

Jungkook va Asumi allaqachon nonushta qilib bo'lgan hatto uyga qaytish uchun tayyorlanardi. Lekin hamshira kelib Jungkookga gapirdi.

Hamshira: Janob shifoxona qoidalari bo'yicha bir necha hujjatlarga imzo chekishingiz kerak.

Jungkook: Ho'p hozir chiqaman.

Jungkook Asuga bitta qarab qo'ydida keyin hijjatlarga imzo chekish uchun chiqib ketdi.

Asu jimgina derazadan tashqarini kuzatib turardi. Lekin eshik ochildi ichkariga kimdir kirib keldi. Asu uni Jungkook deb o'yladi va o'girilib gapirmoqchi bo'ldi

Asu: Hujjatlarni tezda hal qil..

Asu ko'rgan manzarasidan hayratda qoldi.

Asu: Mira... Bu yerda nima qilyabsiz.

Mira birdaniga maqsadga o'tdi. U Asu Jungkookdan uzoqlashishini xohlardi.

Mira: Asu, men seni yaxshi tushunaman. Biroq o‘ylab ko‘rsam hozirgi holatingda Jungkook bilan o‘zini yaxshi tutishga urinyabsan. Lekin.. sen bunga erisholmaysan.

Asu:Mira men Jungkookni yaxshi bilaman. Lekin bu yerda yaxshi niyatida kelmaganinfiz ham ko'rinib turibdi.

Mira so'zlarini yana keskinlashtirib, yuziga qorong‘u tabassumni joylashtirdi. U Asuni yanada ta'sirchan qilish uchun uning zaif tomonlarini o‘ylab har bir so‘zini tanlab gapirdi.

Mira (sovuq va ishonch bilan):
Asu, sen hali ham juda yoshsan va hayotda nimalarni anglayotganini ham bilmayapsan. Jungkookga kerak bo‘ladigan narsa— bu farzandi va farzandining onasi.

Asu: Sizning so‘zlaringiz hech narsani o‘zgartirmaydi Mira.

Shu payt Jungkook eshikdan kirib keldi, odatdagi sovuqqon va nozik ko‘rinishda ko‘rindi. Ammo Asuni va Mirani birgalikda ko‘rib hayron qoldi. U Miraga qarab, uning yuzidagi toza ifodani sezdi va so‘ng Asuga ko‘z tashladi.

Jungkook: Mira... Sen bu yerda nima qilyapsan

Mira darhol o‘zini tutib, jilmayib boshini pastga egdi. U Asu bilan bog‘liq vaziyatni tezda o‘zgartirishni rejalashtirdi.

Mira: Ah, Jungkook. Bo'lgan voqealarni eshitdim. Men faqatgina Asudan hol ahvol so‘rash uchun keldim. U yaxshi ekanligini ko‘rdim, endi ketsam ham bo'ladi.

Asu Miraning so‘zlariga qattiq jahl bilan qaradi lekin hech narsa demadi.

Jungkook Mira chiqib ketganidan so'ng Asuga qarab turdi. Uning yuzida bir necha xil tuyg'ular aralashib ketgan edi – hayronlik, shubha va ehtimol bir oz g'azab. Asu esa uning ko‘zlariga qarab o'zining ichki tuyg'ularini yashirishga harakat qildi.

Jungkook: Mira nima dedi? Nima bo'ldi?

Asu bir oz jim turdi so'ngra gapirishga qaror qildi.

Asu: U shunchaki hol-ahvolimni so‘radi. Lekin men unga yordam kerak emasligini aytdim.

Asumi

Jungkook Asuni shifoxonadan olib ketadi va uni uyiga ketdi. Ikkisi ham skut saqlab ketardi. Nihoyat Jungkook ovozini ko‘tarib, birinchi bo‘lib gapiradi.

Jungkook: uyga kelganingda o‘zingni qanday his qilishingni bilmayman, lekin seni qo‘llab-quvvatlashim kerak. Shifoxonaga qaytishni xohlamaysanmi?

Asu:Yo‘q... Men... Men hozircha uyda bo‘lishim kerak. Shunchaki tinchlik kerak.

Ular uyga yetib keldi. Mira ulardan oldinroq kelib ularni kutib oldi.

Mira: Asu seni kutib olishimga ruxsat bering. Kel senga yordamlashaman

Mira Asuni qanchalik yomon ko'rmasin lekin Jungkookning yonida o'zini yaxshi ko'rsatardi.

Asu:Rahmat Mira. Lekin hozircha barchasi yaxshi.

Mira, Asuga yordam berishni taklif qilishda davom etadi lekin uning yuzidagi ifoda ko‘proq o‘zining maqsadlari haqida ko‘proq gapirardi. Jungkookning yonida bo‘lishi uning o‘zi uchun muhimroq edi. Shunda Mira hech bo‘lmaganda Asu va Jungkookning o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z manfaatlariga moslashtirishni niyat qilganini sezish mumkin edi.

Mira:Jungkook, Asu bilan birga bo‘lish ingiz kerak lekin bu yerda farzandingiz bor. Farzandingni ham e'tibor berib unga yaxshi tarbiya berishni unutma.

Jungkook farzandi haqida unitib yuborganini esladi.

Jungkook: Mira bu vaziyatda kimning nima qilishini muhokama qilish o‘rniga Asu xohlagan tinchlikni ta’minlashimiz kerak. Farzandimga kelsak, uni shundoq ham o'zim tarbiyalayman

Asu Jungkookning bu gapini eshitib ichida bir og'irlik sezdi. Jungkookning bu so'zlari unga bir oz tasavvur qilganidek lekin ayni paytda uning o'zini ikkinchi darajali shaxs sifatida his qilishiga sabab bo'ldi. Mira esa bu holatdan unumli foydalanishga qaror qildi, uning yuzida sirli tabassum paydo bo'ldi.

Mira: Jungkook men ham tinchlikni ta’minlashni istayman

Jungkook Asuning yuziga qarab jilmaydi lekin ichida qandaydir noaniqlik borligini sezdi.

Jungkook: Asu bu o‘yin emas. Biz birgalikda buni hal qilamiz. Har kim o‘zining o‘rnini bilishi kerak.

Mira esa ularnu kuzatib, ichida o‘zining bir qancha rejalarini tuzib bu vaziyatdan qanday foydalanish mumkinligi haqida reja tuza boshlagandi

Mira

...

Kanal:Bangtan Tales
Muallif:Kim Asumi