April 7, 2025

Aldangan yurak

13-epizod

Mira xonasida devorga suyangan holda o‘z ichida g‘azab va yovuzlikni his qilardi. Unga qarshi turish uchun vaqt va imkoniyat bor edi lekin bu imkoniyatni qanday ishlatishni bilmasdi. Endi Asu va Jungkookning orasidagi ehtirosli muhabbatni, o‘ziga xos raqobatni hisobga olib Mira rejalari ustida bosh qotirardi.

Unga qarshi turish va o‘zining o‘rnini saqlash uchun Asu bilan bir necha yomon o‘yinlar o‘ynash kerak edi. Biroq o‘yin faqatgina sadoqatni emas, balki kuchni ham talab qilardi. Mira har doim o‘zini himoya qilish va o‘zini Jungkookning jonajoniga aylantirishga harakat qilgan. Endi esa bu Asuni Jungkookning yuragidan sug‘urib olish kerak edi.

Mira (ichida): Sen o'zingni kim deb o'ylaysan Asu? Nima faqat yillar davomida Jungkookni sevganim uchun uni qiliqlariga chidab yashadi. Sen esa 2 kin oldin kelib uni o'zgartira olaman deb o'ylaysanmi?

Shu payt biror narsaning ovozi Mira diqqatini tortdi. U orqasiga qarab qizining yig‘layotganini eshitdi. Mira tezda o‘zining jonsiz yig‘layotgan qizini ko‘rdi. U o‘zining ichki kurashini bir chetga surib qizini quchoqlab oldi.

Mira (uni tinchlantirishga harakat qilib): Nima bo‘ldi qizim? Nega yig‘laysan? Bo'ldi tinchlan, men shu yerdaman.

Qizi yig‘layotgan bo‘lsa-da Mira uning yuzini yumshoqcha silab yengil nafas olishiga yordam berishga harakat qildi. U ichida o‘zi uchun o‘zgartirishlar qila boshlagan va uni yangilashga qaror qilgan edi. Har bir harakati o‘zi uchun yangi bir boshlanishga aylanishi kerak edi.

Mira (ichida, qattiq qaror bilan): Dadangni qaytarib olamiz qizim. Uni sendan hech kim ayira olmaydi.

Mira qizini tinchlantirishni davom ettirarkan o‘zining ichki kurashini unutib yangi qarorlar uchun kuch yig‘ishga davom etdi.

Mira va uning qizi Ariana

Bu paytda Jungkook va Asumi.

Xonaning jimjitligi ichida faqat yurak urishlari yengil nafaslar va his-tuyg‘ularga boy chuqur sukunat hukm surardi. Yorug‘ chiroq o‘chirilgan faqat derazadan tushayotgan oy nuri ikki tana ustiga tushib. ularni sokin lekin ehtirosli kechaga guvoh qilardi.

Asu Jungkookning quchog‘ida yotar uning har bir nafasini haroratini his qilar edi. Ular bir-biriga nafaqat tana bilan balki yuraklari bilan yaqin bo‘lgan xuddi kechagina dushman bo‘lgan yuraklar bugun bir-birining zarbiga mos ravishda urayotgandek edi.

Jungkook Asuning yuziga tikilib lablariga sekin yaqinlashdi:

Jungkook (pichirlab):Men avval sendan nafratlandim Asu… ammo endi sening har bir nafasinga qaram bo‘lib qoldim.

Asu unga yengil jilmayib qaradi ammo ko‘zlarida ehtirosdan ko‘ra ko‘proq yurakdagi charchoq va ishonchsizlik porlardi. Shunday bo‘lsa-da u bu tun faqat ular uchun ekanini bilardi. Shu tun ular har qanday adovat har qanday dushmanlik hatto oradagi og‘riqlarni ham unutmoqchi edilar.

Jungkook uning qo‘lidan ushlab asta o‘ziga tortdi. Qorong‘ulikda ular tanalari bilan gaplashar og‘riqlarini harorat bilan yuvishar yuraklarining yaralarini lablar bilan bog‘lashar edi.

Ular bu tunning ertasi nima olib kelishini bilmasdi. Balki yana bir raqib balki yana bir yolg‘on, balki xiyonat… Ammo hozir bu daqiqalarda ular faqat bir-birlarinikidir.

Asu (ichida): Agar bu yolg‘on bo‘lsa ham, men bu tunni eslab yashayman…

Asu jarohatlanganligi tufayli ular aloqa qilmadi lekin ularning tuni isiz ham ehtirosga to'lgandi.

Ertalab nonushta Jungkook, Asu va Mira uchun sukunatda o‘tyapti. Stol ustida bug‘ chiqarayotgan kofe va tostlar ham bu og‘ir havoni yengillashtira olmayapti. Jungkook gazetasini ochib unga tikilgancha ovqatini yeb o‘tirar Asu esa uning yonida o‘zini begona his qilardi. Mira esa odatdagidek tiyila olmaydigan g‘alabasiga ichida quvonib o‘tirardi.

Kichkina Ariana kursisida o‘tirgancha ojizgina "da-da" deb tildi qimirlatdi. Qo‘llarini Jungkook tomonga cho‘zib yengil inqilladi.

Jungkook unga faqat bir qarab qo‘ydi. Hech qanday hissiz. Yana gazetasiga tikildi.

Mira esa bu lahzani uzoq kutgandek jilmaydi.

Mira: Ariana dadasini sog‘inibdimi?

Ariana (Jungkookning qizi 1 yosh)

Mira mayin ohangda lekin ich-ichida Asuni yondirish maqsadida.

Mira: Qani dadasi qizingizni bir oz bag‘ringizga bosing kelganimizdan beri yuziga ham qaramayapsiz-ku.

Jungkook bir lahza gazetasini yopdi. Asu jim qarab turardi. U qizaloqqa bir qaradi so‘ng labini tishlab qo‘llarini cho‘zdi va qizni qo‘liga oldi.

Ariana kulib yubordi. Uning chaqaloqcha quvnoq tovushi xonani to‘ldirdi. Jungkook bir zumga yumshab ketdi u qizaloqni yengil tebratarkan ko‘zida allaqanday iliqlik paydo bo‘ldi.

Asu bu manzarani tomosha qilarkan yuragi g‘ash tortdi. Hayrat... va ich-ichidan kelayotgan hasad uni qiynar edi. U chuqur nafas oldi ko‘zlari biroz ho‘llandi.

Asu (ichida): Qani edi shu chaqaloqning onasi men bo‘lsam... Qani edi bu nigohlar menga qaralsa...

Shu payt Jungkook birdan Asuga qaradi. Uning ko‘zida endi befarqlik emas bir nimadir o‘zgargandi.

Jungkook: Sen nega jimsan? Yaxshimisan?

Asu bir lahza nima deyishni bilmay qoldi. Yuragi haddan ortiq siqilgan ko‘zlaridagi yosh esa kuch bilan ushlab turgan edi.

Asu (tovushsiz): Yaxshiman. Men faqat... bu yerda ortiqcha odamga o‘xshayabman.

Jungkook qizaloqni qo‘lida yengil tebratgancha unga tikildi. Bir tomoni Asuning yuragini tinchlantirishni istar ikkinchi tomoni esa hanuz ichida to‘lqinlanayotgan his-tuyg‘ular bilan olishardi.

Jungkook: Ortqicha? Sen ortiqcha emassan Asu. Sen joying shu yerda meni yonimda.

U gapini tugatmay qizaloqni kursisiga qayta joylashtirdi. So‘ng asta o‘rnidan turib Asu tomon bir qadam tashladi. Mira esa bu vaziyatni yomon alomat deb his qildi.

Mira (ichida): Yo‘q, bu qiz yana yuragiga yo‘l topyapti...

Jungkook: Asu, men kechagi kechani unutmayman. Nafaqat hislar, balki sening ko‘zlardagi og‘riqni ham. Men buni ko‘rdim, his qildim.

Asu uni tinglar ekan yuragi tez ura boshladi. U bu so‘zlarni kutmagan edi. Shu payt Mira baland ohangda so‘z boshlab diqqatni boshqa tomonga burdi.

Mira: Jungkook men va Ariana parkga chiqmoqchimiz. Sen ham biz bilan borasanmi?

Uning ovozida qasddan barqarorlik va o‘zini ishongan qilib ko‘rsatish intilishi bor edi.

Jungkook (sovuq ohangda): Yo'q men bormayman. O'zlaringiz tez borib kelinglar.

Mira yaxshi deganday ishora qilib qizini olib chiqarkan bir lahzaga Asuga ko‘z tashladi.

Asu esa ich-ichidan qizib ketgan edi.

Asu (ichida): Men sendan qo‘rqmayman Mira. Sening na sevging, na qizing menga to‘siq bo‘la oladi.

Jungkook Asunga yaqinlashdi. Qo‘llarini ushlab:

Jungkook: Agar xohlasang men sen bilan hamma narsani boshidan boshlayman. Faqat menga ishon... Asu.

Bu so‘zlar Asuning qalbiga iliqlik olib kirdi. Lekin bu iliqlik ichida og‘riq ham bor edi. U shubhalar qo‘rquvlar va raqobat ichida sevib qolgandi. Ammo hozir… hozir u ham qaror berishi kerak edi.

Asu (ichida): Men sening yoningda qolsam bu urushning bir bo‘lagi bo‘laman... Lekin sensiz yashay olmayman Jungkook.

Jungkook va Asumi

Mira va Ariana parkda sayr qilishayotgan edi. Ariana yosh bo'lsa ham juda xursand edi, ko'plab o'yinchoqlarni ko'rib ularni tez-tez o'zgartirib baxtli bir tarzda kulardi. Mira esa uning ortidan sekin yurib ba'zan qarashlarini unga qaratardi. Yoshlikning bir parchasini ko'rish unga bir dam bo'lsa-da xotirjamlik berardi. Lekin ichida g'alayonlar bor edi hali ham biror narsa to'liq bo'lmayotgandek his qilardi.

Mira(pov):Ariana baxtli bo'lsa men ham baxtli bo'lamanmi? Yoki men uni faqat o'zim baxtli bo'lish uchun uni boqishim kerakmi?

Bir payt Ariana yo'lning chetiga yugurib ketdi. Mira uni tezda quvib yetib uni qaytardi. Ammo bir qadam orqada Ariana bir kishi bilan to'qnashib ketdi.

Bu Taehyung edi. Taehyung ularni tanimasdi, lekin tasodifan Arianani urib yubordi. U darhol uzr so‘rab, kichkina qizni qo‘llaridan ushlab o‘rnidan turib, unga qaradi.

Taehyung: Uzr kichkintoy. Senga hech nima bo‘lmadi to‘g‘rimi?

Ariana birinchi marta Taehyungni ko‘rganida faqat uning katta va yumshoq qo‘llarini his qildi lekin hech narsa anglamasdi. U hali yosh edi, faqat baxtli tarzda kulib turardi.

Ariana to‘qnashuvdan so‘ng baxtli kulishni davom ettirgan bo‘lsa-da, Mira ichida o‘zi bilan kurashayotgan bir holatni sezdi. U Taehyungning yuziga qarab ichidagi g‘azabni tiya olmadi.

Mira (baland ovozda): Ehtiyot bo‘lish kerakligini bilasanmi? Nimadir bo'lgandachi?

Taehyung darhol unga qaradi ammo Mira uni tinglamasdan davom etdi. Uning yodida faqatgina Ariana va Taehyungning beparvo xatti-harakatlari bor edi. Buni xohlamagan holda uni so‘kib o‘zining g‘azabini tashlab yubordi.

Mira:(Jahl bilan) Ko'zlaringni kattaroq och. Yoki ular ham ko'rmaydimi?

Taehyung bu holatda qanday javob berishini bilmasdi. U hech qachon kimningdir g‘azabini bu darajada ko‘rmagan edi.

Taehyung (sekin): Bu mening xatoyim, lekin...uzur so'yadim.

Mira endi uning so‘zlarini e'tiborsiz qoldirib g‘azabidan qo‘zg‘algan holda Ariana tomon yurgan edi. Uning ichidagi noaniqlik va g‘azab hali ham kuchli edi. Va Arianani yetaklagancha tez tez yo'lida davom etdi. Taehyung esa bu vaziyatdan hayratda qoldi.

Jungkookning villasi

Mira Arianani to'g'ri uyga olib keldi. Va uni xizmatkor kutib oldi.

X: Yaxshi keldingizmi xonim. Nimadir istaysizmi.

Mira bo'lsa befarqlik va mensimaslik bilan javob berdi.

Mira: yo'q hech narsa kerak emas. Sen faqat Arianaga qarab tur. Men dam olmoqchiman.

Xizmatkor ho' p deb bosh silkidi va Mira Arianani xizmatchiga berib xonasiga chiqib ketdi.

Mira shirin uyquga ketdi. Arianani xizmatkor oshxonaga olib bordi. Biroz birga o'ynadi keyin kechgi ovqat tayyorlashga kirishdi. Ariana bir joyda o'tirib zerikdi va oshxonadan sekin chiqib ketdi. Hatto xizmatchi ham payqamay qoldi.

Bu payta Asu bog' tarafan qaytib uyga kirayotgandi va Ariana uni ko'rib tezda oldiga chopdi. Ariana Asuga huddi men bilan o'yna deganday qarab turadi.

Asu: Ariana sayrdan qachon keldingmi? . Zerikdingmi?

Asu Arianani qo'liga ko'targancha mehmonxonaga olib bordi va u yerga bir qancha o'yinchoqlarni yoydi.

Asu va Ariana maroq bilan birga o'ynar, birga kulardi ham. Ularning kulgusi butun uyga eshitilardi.

Asu (ichida): Meni senga nisbatan adovatim yo'q Ariana. Sen hali go' dakasan nimani ham tushunarding. Lekin onang... U mendan hayotim bo'lgan otangni tortib olmoqchi lekin bunga yo'l qo'ymayman.

Asu shunday deb o'ylab o'tirar ekan eshikdan Jungkook kirib keldi. Va Asu bn Arianani birga o'ynayotganini ko'rib yuziga tabassum yugirdi.

Jungkook: Senga onalik yarasharkan Asuyim.

Asu Jungkookni kelganini bilmagandi va uning so'zlari Asuni biroz hursand qildi.

Asu:( ho'rsinib) Men ham ona bo'larmikinman.

Jungkook: Asu bunday dema. Sabr qilsak albatta hamma narsa bo'ladi.

Jungkook Asuning peshonasidan o'pib uni yupatdi.

Jungkook: kechki ovqat tayyormi men juda charchadim.

Asu: Ha hozir hizmatchilarga aytaman dasturxon yozadi.

Asu shunday dega oshxonaga yo'l oldi. Jungkook esa Arianaga bir qarab divanga boshini orqacha qo'yib o'tirdi. Ariana esa Jungkookning oldiga borib ustida yotib oldi.

Jungkook:(Jilmayib) Sen ham charchadingmi? Kel unda birga uxymiz

Jungkook Arianani quchib uxlab qoldi.

Asu xizmatchilarga dastuxon yoyishini aytib qaytib keldi va Jungkook bilan Arianani birga uxlayotganini ko'rib xursand bo'ldi.

Asu(pichirlab): Jungkook senga ham ota bo'lish yarasharkan.

Asuni quvonchini Mirani ovozi bir zumda yo'qotdi.

Mira: Demak Jungkook oxiri qizini tanlabdida. Endi bu uyga begonalar ketsa ham bo'ladi.

Asu uning so'zlaridan g'azablanib endi gapirdi.

Asu (pichirlagancha): Barchasi o‘z o‘rnini topadi Mira. Har bir kishi va har bir narsa o‘z joyini topadi.

Asu gapirib bo'lib to'g'ri xonasiga ketdi hatto mirani gapini ham eshitmadi. Mira esa jilmaygancha ortidan qarab qoldi

Asu xonasiga kirib bir necha daqiqa o‘zini tinchlantirishga harakat qildi. Ammo Miraning so‘zlari uni tinchlantirmadi aksincha, xuddi qalbida bir og‘riqni uyg‘otdi. U yuzini qo‘llariga berib o‘zi bilan muloqot qilishga harakat qildi.

Asu: Nega shunday bo‘lyapti? Nega har doim ba'zi odamlar, ayniqsa Mira kabi odamlar, boshqalariga zarar yetkazishni xohlaydi?

Shu vaqt eshik taqilladi va xizmatchi uni kechgi ovqatga chaqirdi. Asu pastga Miraga qarab qadam tashladi. Mira o‘zini tashlab orqaga qarab jilmaydi.

Jungkook esa allaqachon uyg'ongandi va Arianani divanga yotqizib Asuni tushishini kutardi.

Jungkook: Asu yaxshimisan. Nima bo'ldi yig'ladingmi?

Asu:(Miraga qarab) Hammasi joyida. Shunchaki biroz yaralarim og'irgandi.

Kechki ovqat stolida Asu va Mira o‘rtasida keskin ruhiy ziddiyat yuzaga keldi. Asu o‘zini to‘liq boshqarishga harakat qilsada Mira uning ichki holatini yaxshi sezdi. Kechki ovqat davomida Mira bir necha bor Asuga qarab uning noqulayligini ko‘rib turdi, ammo uni o‘zgartirishga qaror qildi. U shunday dedi:

Mira (yengil jilmayib): Asu, har doim xafa bo‘lish kerak emas. Ba’zi odamlar uchun bu jiddiy emas, lekin sening uchun og‘riq bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lsa ham, ba’zi narsalarni unutish kerak.

Asu Mira uning holatini ko‘rib turganini sezib unga qarab jilmaydi ammo ichki og‘riqni his qilardi. Asu o‘zi bilan bo‘lishga harakat qilib, birdaniga aynan mana shu g‘amni unutish kerakligini anglab etdi.

Asu (qattiq ovozda): Mira, hammasi yaxshi bo‘ladi. Har kimning o‘z yo‘li bor. Men ham o‘zimni yo'limni topaman sen esa o‘z yo‘lingni top.

Mira uni tinglab, og‘zini ochmoqchi bo‘ldi lekin Asu davom etdi:

Asu: Mira ba’zi odamlar boshqalarning orqasidan gapirishni yaxshi ko‘rishadi. Bu menga ko‘p vaqtni o‘tkazishga olib keladi lekin men buningdan chiqib ketishga harakat qilaman.

Mira uning gaplaridan og‘riqli jilmayishni uzdi lekin ayni paytda uning so‘zlarini sezib, ichida o‘zining sabrini sinovdan o‘tkazdi. U o‘zining g‘alaba qilishga intilish hissini his qildi.

Mira (xushmuomalalik bilan): Men seni tushunaman,Asu. Faqat o‘zingni hurmat qilishingni unutma.

Bu so‘zlar Asuga bir oz tinchlik va o‘ylashga imkon berdi lekin uning qalbida hali ham og‘riqlar bor edi. Asu o‘zini to‘liq tuta oldi, ammo Mira bilan bo‘lgan bu kichik keskinlik endi undan ko‘proq tushuncha va tinchlik talab qilardi.

Jungkook ovqatga o‘tirarkan Asu va Miraning yuzlarida o‘tkazilgan bu suhbatni sezdi ammo u Asuga yaqinlashdi va unga yordam bera boshladi.

Jungkook (yumshoq): Asu, hech kim senga zarar bermasligi kerak. Agar nima bo‘lsa, men seni himoya qilaman.

Mira esa bu holatni ko'rib yanada g'azab otiga mindi.

Asu unga qarab jilmaydi, ammo u hamon ichki og‘riqlarini yashirgan holda o‘zini tiklashga harakat qilardi.

Mira

Kanal: Bangtan Tales
Muallif: Kim Asumi