Ikki dunyo orasida
Muallifdan: Tra due mondi, il mio cuore è solo tuo - ikki dunyo orasida yuragim faqat seniki❤️
Samiya derazadan kirayotgan quyosh nuriga qarab uyg‘ondi. Bu uy notanish bo‘lsa-da, xavfsizlik bag‘rini his qilayotgandi. Ammo yuragida hali ham bir bo‘lak og‘riq bor edi: Taejunning aytgan so‘zlari, uning qattiq nigohlari.
Pastga tushganida Jungkook oshxonada edi. Qiziq bu yirik mafiya rahbari endi unga nonushta tayyorlayotganmidi?
Jungkook (kulimsirab): Tonging hayrli. Nonushta tayyor. Qorinding ochdir a?
Samiya (hayron): Bu… siz tayyorladingizmi?
Jungkook: Ha. Ishonmasang, tatib ko‘r. Zahar solmadim.
Uning hazil ohangidagi gapi Samiyani kuldirib yubordi. Bu birinchi marta edi Samiya bu uyda kulgandi.
Nonushta davomida ular sukunat ichida ovqatlanishdi. Biroq sukunat noqulay emasdi. Tinch yurakni erkalovchi sukunat edi.
Kun o‘rtalarida Samiya kutubxonaga kirib kitoblar bilan mashg‘ul bo‘ldi. Jungkook esa ofis xonasida ish bilan band edi. Biroq ikkisining ham xayoli bir-birida edi. Ayniqsa Jungkook... Har bir daqiqada Samiyani eslayotgandi.
To‘satdan eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Xizmatkor yugurib bordi va tezda qaytib keldi.
Xizmatkor (hayajon bilan): Janob... tashqarida bir odam bor. U aytishicha Samiyani ko‘rmoqchi ekan. Juda tahdidli ko‘rinadi.
Jungkook darrov o‘rnidan turdi. Yuragi gursillab urar, ko‘zlari jiddiylashgan edi.
Jungkookning ko‘zlari o‘tkirlashdi. So‘zsiz eshik tomon yo‘l oldi
Villa darvozasi oldida Taejun turardi. Uning kiyimi changga belangan ko‘zlarida esa kechagi og‘riq va g‘azab qorishib yotardi.
Taejun (qichqirib): Samiya! Menga bir daqiqa! Faqat bir daqiqa kerak! Men senga zarar bermayman!
Jungkook darvoza oldiga yetib borganida uning yonida ikki tan soqchi ham paydo bo‘ldi.
Jungkook (qat’iy): Bu yerga nega kelding? Yo'qol
Taejun: U mening sevgim. Men uni shunchaki berib qo‘yolmayman!
Jungkook: U tanlovini qildi. Endi u seni ko‘rishni ham istamaydi.
Taejun (baqirib): U faqat vaqtincha o‘zini himoya qilyapti! Ammo men uni o‘zimniki qilaman!
Bu paytda yuqoridan ikkinchi qavat derazasidan Samiya ularni ko‘rib turardi. U hech qanday his-hayajon ko‘rsatmasdan derazani yopa boshladi.
Samiya (ichida): Bu endi mening jangim emas.
Darvoza yopildi. Taejun chekinishga majbur bo‘ldi ammo yuragida so‘nggi nuqtani qo‘ymadi. U yana qaytishga yana urinishga ahd qildi.
Jungkook esa yana ichkariga qaytib chuqur nafas oldi. Samiyani himoya qilish endi uning vazifasi edi. Faqatgina himoya emas... ehtimol ko‘proq narsa.
Samiya deraza oldida turar yulduzlarga boqardi. Uning yoniga sekin Jungkook keldi. Ikkalasi jim lekin yuraklaridagi sukut so‘zlardi.
Jungkook (sekin): Bu uyga ko‘nikib qoldingmi?
Samiya: Men faqat tinchlik istayman. Shu yerda bo‘lishim tinchlikni topishimga yordam berayaptimi — bilmayman. Lekin... bu yerda o‘zimni xavfsiz his qilyapman.
Jungkook: Agar seni yana ranjitmoqchi bo‘lishsa, men bunga yo‘l qo‘ymayman.
Ular jim turishdi. Osmon yulduzlar bilan to‘la edi. Va yuraklar... ohangsiz lekin bir xil urayotgandi.
So‘ng Jungkook asta uning yuziga qaradi. Uning nigohlari jiddiy, chuqur va hislarga to‘la edi.
Jungkook (ohangida titroq bilan): Men seni sevaman, Samiya.
Bu so‘zlar havoni yordi. Samiya ko‘zlarini katta ochdi, yuragi beixtiyor urib ketdi. U bu so‘zlarni eshitishni kutmagandi. Ayniqsa bunday odamdan — mafiya rahbaridan sovuqqon, hech kimga yuragini bermaydigan Jeon Jungkookdan.
Jungkook (yana davom etdi, ohangida hayratli sokinlik bilan): Ha, men buni tan olishni xohlamadim. Seni himoya qilishni xohlayman hatto o‘zimdan ham . Ammo endi... seni yonimda ko‘rmasam, yuragim og‘riydi. Sening ovozing, kulging, hatto jimliging ham menga kerak. Bu hisni boshqa nomlab bo‘lmaydi. Bu – sevgi Samiya.
Samiya og‘zini ochmoqchi bo‘ldi, ammo ko‘zlari yoshlanib ketdi. Lablariga esa faqat bir yumshoq tabassum joylashdi.
Samiya: Men... buni eshitishni juda-juda xohlagandim...
Jungkook uni ohista bag‘riga tortdi. Ularning lablari yana bir-biriga tegdi bu safar ehtirosli, ochiq, cheksiz istak bilan. Bu o‘pich o‘tdek edi yurakdagi qorlarni erituvchi, ko‘zlardagi noaniqlikni yo‘qotuvchi issiqlik.
Jungkook: Endi sen faqat menga tegishlisan. Bu tun — faqat bizniki.
Jungkook Samiyani o‘z xonasiga olib bordi. Har bir qadami, har bir qarashi Samiyani titratardi. U o‘zini butunlay topshirayotgandi yuragi, tanasi, qalbi bilan.
Ular to‘shakka yaqinlashdi.
Samiya islom dinidan edi zino qilolmasdi lekin Jungkookni sevib unga ishonib qolgandi.
Jungkook asta uning ko‘ylagini yechdi. Har bir harakati na shoshilinch na sovuq edi ehtiyotkor, muloyim va ehtirosli.
Samiya lablarini tishladi ko‘zlari shaffof yosh bilan to‘lgan edi bu qo‘rquv emas, bu istak edi. Endi u yolg‘iz emasdi. Endi uni bir erkak kuchli va mehrli erkak sevardi.
Ularning tanalari birlashdi. Har bir nafas har bir silkinish har bir ohang ular orasidagi masofani yo‘q qilardi. Jungkook uning har bir titroqini his qilardi. Samiya esa faqat bitta narsa haqida o‘ylardi bu kecha, bu odam va bu tuyg‘u abadiy bo‘lishini.
Samiya (pichirlab): Menga qarab tur... meni unutma...
Jungkook (lablarini bo‘yniga tekkizib): Men seni yuragim bilan yodlayapman...
To‘shak asta harakatlardan to‘lqinlanib turardi. Nafaslar bir-biriga qorishib ovozlar yurak urishlariga aylangandi. Ular to‘liq bir-biriga singib borishardi.
So‘nggi ohang... chuqur nafaslar... jimlik.
Samiya uning bag‘rida yotardi. Uning sochlari yelkalariga to‘kilib, lablari hali ham Jungkookning lablariga tegib turardi.
Jungkook: Endi sen faqat menikisan...
Samiya ko‘zlarini yumdi. Bu so‘zlar yuragini iliqlik bilan to‘ldirdi. Chunki u ham shunday his qilardi.
Bu tun — muhabbatning guvohi bo‘ldi. Bu yuraklar endi ajralmasdi.