April 9, 2025

Aldangan yurak

Episode 14

Kechki ovqatning oxiriga yaqinlashganda, atmosfera yanada g‘aroyib bo‘lib ketdi. Mira o‘zining ichki kurashlarini yashirgan holda, stakandagi suvdan ichib, o‘rtadagi g‘azabni tinchlantirishga harakat qildi. U endi buni tushundi — bu faqat boshlanish edi.

Kechgi ovqatdan keyin hamma o'z xonasiga tarqaldi.

Xona tinch va osmon qoraygan, faqat oynalardan kirib kelgan yulduzlarning nozik porlashi ichida Asu va Jungkook bir-biriga qarashar edi. Ular bir necha daqiqalar davomida faqat jim turishdi har bir nafas, har bir yurak urishi o‘ziga xos tarzda sezilardi. Jungkook Asuning yoniga yaqinlashdi uning ko‘zlariga chuqur qarab go‘yo uning ichki dunyosini tushunmoqchi bo‘ldi.

Jungkookning qo‘llari Asuning beliga sekin tushdi uning haroratini, yurak urishini his qilib, bir nafasda yuziga tikildi. Asu ko‘zlari uning nigohiga yopishib qolgan holda to‘liq uning bag‘rida edi. Ularning orasida hech qanday masofa qolmagan edi. Ular bir-birlarini sevganini bir-birlariga qarshi kurashishlarini va nihoyat bir-birlariga to‘liq taslim bo‘lishlarini his qilgan edilar.

Asu (ichida ehtirosli)Jungkook, bu tunni faqat biz uchun, faqat bizni uchun... Bizda orqaga qaytish yo‘q. Hech narsa bizni to‘xtata olmaydi, nafrat, o‘sha eski dushmanliklar... Endi ular yo‘q. Bu tun sen bilan birga bo‘lish, men o‘zimni senga berishga tayyorman.

Uning so‘zlari, kechki osmondagi sokinlikda osongina eriydi, go‘yo o‘zini to‘liq unga taqdim etish uchun hayajon va ehtiros bilan to‘la edi. Har bir so‘zda, har bir nafasda uning ichki dunyosi o‘zgarib borar edi.

Jungkookning ovozi yengil pichirlash bilan lekin aniq va ta’sirli, uning qulog‘iga yetdi.

Jungkook:Men seni shu darajada xohlayman... bu kecha faqat sen uchun.

Asu:Men seni juda xohlayman....

Ularning o‘pishlari yana davom etdi dastlab sekin ehtiyotkor lekin asta-sekin ehtiros o‘sib borgan sayin ularning harakatlari ham yanada ishtiyoqli orzuli bo‘ldi. Har bir harakat, har bir teginish, ularni yanada bir-biriga yaqinlashtirdi. Jungkook uning yuzini ko‘zlaridan ushlab, yana bir bor chuqur va ehtirosli o‘pdi. Uning lablari shunday yumshoq va ehtirosli edi, go‘yo Asu bir lahzani ham unga qarshi turishga qiynalgandek edi.

Asu (ichida) Bizning o‘tmishimiz ular bizni to‘xtata olmaydi. Hozir men faqat sen bilan qolmoqchiman... Endi sen eng muhimi.

Jungkookning ovozi yanada jiddiylashdi lekin uning harakati yumshoq va ehtirosli edi.

Jungkook: Men seni sevaman, Asu. Hamma narsani unutishga tayyorman faqat sen bilan qolmoqchiman.

Ularning tanalari bir-biriga aralashib ketdi nafaslarining tovushlari va yurak urishlari haroratni yanada kuchaytirardi. Ularning oralarida hech qanday masofa yo‘q edi. Har bir teginish,+ har bir qarash bir-birini yanada chuqurroq his qilishni istardi. Asu ularning har bir harakati ichida o‘zini erkin xavfsiz his qilar edi. U bu kechani faqat ular uchun ekanini ular o‘rtasida nafrat yoki dushmanlik bo‘lmaganini his qilardi.

Asu: Jungkook men faqat seni xohlayman... hozir shu daqiqada.

Bu so‘zlar bilan ular yana bir-biriga qarashdi. Jungkook uning qo‘lini ushlab yana bir bor chuqur o‘pdinbu safar lablari nafaqat uning tana balki uning qalbini ham o‘pdi. O‘pishlari yanada ishtiyoqli ochiq va ehtirosli bo‘ldi. Har bir nafas har bir qarash ular orasidagi masofani to‘liq yo‘qotdi.

Jungkook va Asu uchun bu tun ehtirosga boy bo'ldi.

Ertalab

Quyoshning ilk nurlari pardalarning chetidan o‘zini sekin asta ichkariga suqib kira boshladi. Xona ichini iliq nur bag‘riga olgan harorat xuddi kechagi ehtirosning davomi kabi yoqimli edi. Asu asta ko‘zlarini ochdi. Birinchi ko‘rgan narsa — Jungkookning yelkasi va uning tinch nafas olishlari edi. U hali uxlayotgandi. Uning chehrasi sokin ammo o‘sha tanish kuchli xarakterini yashirib turgan holatda edi.

Asu lablariga yengil tabassum yugurdi. U o‘zining boshi Jungkookning ko‘ksida yotganini uning yurak urishlari ostida o‘zini naqadar xavfsiz his qilayotganini his qildi. Kecha ular orasida hech qanday to‘siq qolmagandi.

Jungkook asta ko‘zlarini ochdi. Asuning chehrasini ko‘rganida u bir zum jim qoldi. So‘ng qo‘lini uning yuziga olib bordi barmoqlari bilan sochlarini sekin siladi.

Jungkook:Tonging hayrli bo'lsin sevgilim...

Asu: Hayrli tong Jungkook...

Ular bir necha soniya jim turishdi. Faqat yurak urishlari va tonggi tinchlik... ammo bu sukunat uzoqqa cho‘zilmadi.

Asu: Kecha... bu bizning ilk tuni emas edi ammo ilk bor yuragim tinchlandi. Men senga ishonishni o‘rganayapman Jungkook.

Jungkook Asuning qo‘lini ushlab, unga qarab kulimsiradi.

Shu payt ularning suhbatini eshik taqillashi buzdi. Xizmatkor eshikni ochmasdan gapirdi.

Xizmatkor: Hayrli tong Janob Park Jimin qo'ng'iroq qildi sizni ofisga chaqirishyabdi.

Jungkook Asuga qaradida o'rnidan turdi.

Jungkook: Uzr so'rayman Asu lekin bugun ofisda muhim uchrashuv bor ketishim kerak.

Asu Jungkookning gaplariga ho'p degandek bosh irg'adi. Keyin esa Jungkook yuvinib ofiga ketdi Asu esa yan yotoqda yotib uxlab qoldi.

Jungkook ofisga yetib kelganida, bir necha xodim uni kutib oldi, ammo uning ko‘zlari faqat Park Jiminni izlayotgandek edi.

Jungkook: Jimin, salom. Nima bo‘lyapti? Nega bunday jiddiy ko‘rinasan?

Jimin: Oho nihoyat Jeon Jungkook tashrif buyuribdiku.

Jungkook: Jimin kesatmasdan gapirsangchi nima bo'ldi?

Jimin: Bugun muhim hamkorlar uchrashuv bo'ladi. Albatta sen bu haqida bilmagansan va tayyor emassan shundaymi?

Haqiqatdan ham Jungkookning bu uchrashuvdan xabari yo'q edi va tayyorgarlik ko'rmagndi.

Jungkook: Jimin havotir olma biron nima o'ylab topamiz.

Jungkook va Jimin uchrashuvlar xonasiga kirdi va xonada kutayotgan hamkorlariga salom berishdi. Uchrashuv boshlanishidan oldin Jungkook o‘zini boshqaruvchi sifatida har bir detalni tekshirib chiqishni xohlardi. Xonada namoyish qilinayotgan raqobatchilarning faoliyatini ko‘rib u juda ehtiyotkorlik bilan qadam tashlardi.

Jungkook: Yaxshi, biz o‘zimizning strategiyalarimizni to‘liq kuzatib borishimiz kerak. Har bir qarorimizda ehtiyotkor bo‘lishimiz lozim bu o‘ta muhim.

Jimin unga qarab, jilmaydi va so‘ngra poyabzalini sudrab, uning yonida turdi.

Jimin: (ehtiyotkorlik bilan) Bizning raqobatchilarimizning harakati sezilarli darajada kuchaymoqda. Ammo bizda ham o‘z kuchimiz bor. Bizning hamkorlik kuchaygan sayin, ular qiyinchiliklarga duch keladi.

Ularning hamkorlaridan biri xonaga kirib o'tirganlarga qarab boshini egib salom berdi. Jungkook va Jimin o‘zaro ko‘rishib qisqa vaqtda nima qilishlarini muhokama qilishni boshladilar.

Hamkor 1: (katta ehtiros bilan) Bizga yangi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlar kerak. Agar biz shunday strategiyani ko‘rishga muvaffaq bo‘lsak, raqobatchilarimizdan farq qilishimiz mumkin. Shu bilan birga biznesimizni yanada rivojlantirishimiz zarur.

Jungkook so‘ngra o‘zining yaxshi ko‘rgan uslubida javob berdi.

Jungkook: (pichirlab) Albatta. Agar hamkorlik davom etsa, biz ularni yaqin vaqt ichida orqaga tashlashimiz mumkin. Biroq bizga kuchli va ishonchli strategiya kerak bo‘ladi. Bu hamkorlikning asosiy nuqtasi.

Jimin va Jungkook bir-biriga qarab, o‘zaro ishonch bilan bosh irg‘ashdi. Keyin Jimin ushbu uchrashuvda qanday harakat qilishlarini o‘ylay boshladi.

Jimin: (yengil tabassum bilan) Shunday qilib biz kuchli ishlashni boshlaymiz. Bu uchrashuvning oxiri o‘zgaradi. Biz ularga o‘zimizni kuchli ishonch bilan namoyish qilishimiz kerak.

Uchrashuv davom etdi, va har bir kishi o‘zining fikrini bildirdi, Jungkook esa har bir masalani o‘ylab eng yaxshi qarorni qabul qilishga harakat qildi. Raqobatchilarni orqada qoldirish uchun hamkorlar bilan kuchli va mukammal ishlarni amalga oshirishga tayyor edi.

Jungkook

Uchrashuvdan so‘ng Jungkook va Jimin ofisdan chiqishdi. Jungkookning ko‘zlarida chuqur o‘ylar bor edi. Ularning raqobatchilari har doim yangi strategiyalarni ishlab chiqishgan lekin ularning eng katta kuchi hamkorlikda edi.

Jungkook: (Jiminning yonida) Bizga nafaqat kuchli hamkorlar balki o‘zaro ishonch va tezkor harakat qilish ham kerak. Agar biz buni amalga oshira olsak raqobatchilarni butunlay orqada qoldiramiz.

Jimin: Ha, bizning ishimiz juda tezkor va aniq bo‘lishi kerak. Bizni eng kuchli qilishimiz uchun har bir qadamingizni hisoblab qo‘yishimiz lozim.

Ikkala shaxs ham birgalikda harakat qilishda davom etishdi, bu ularning strategiyasi va ish uslubini yanada takomillashtirdi. Bu biznesni rivojlantirish yangi texnologiyalarni joriy etish va kompaniyaning ta’sirini kengaytirish uchun zarur bo‘ldi.

Shu vaqtning o‘zida Jungkookning fikrlari Asu bilan o‘tgan kechasi haqida qaytadan o‘yladi. O‘sha tun uning ichida shunchalik chuqur iz qoldirdi. Asuning so‘zlari uning yuragiga ta’sir qilgan edi. "Hozir men faqat sen bilan qolmoqchiman", deya uni taslim bo‘lishga chaqirgan Asu haqiqatan ham u uchun faqat bitta odamni anglatardi.

Jungkook o‘ziga kelganida, Jimin unga qarab kulib qo‘ydi.

Jimin: Aytgancha, sen kechagi tunni qanday o‘tkazding?

Jungkook: Kechasi... bu biz uchun yangi bir boshlanish edi.

Jimin uning bu javobidan hayron bo‘lib unga diqqat bilan qaradi.

Jimin: Demak, bu kecha yaxshi iz qoldirgan. To‘g‘rimi?

Jungkook: Ha, lekin bizning ishimizga bu hech qanday ta’sir qilmaydi. Ishni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak.

Ularning gaplari davom etayotgan paytda, xizmatkorlar ofisga kirib, Jungkook va Jiminni yangi majlisga tayyorlashdi. Uchrashuvning navbatdagi bosqichi uchun barcha tayyorgarliklar yakunlandi. Jungkook va Jimin bir-biriga qarab, o‘z ishlarini davom ettirishga tayyor edi.
Ularning uchrashuvi naqt 2 soatda tugadi. Jungkook va Jimin hamkorni kuzatib qo'ydi keyin esa Jungkook uyiga qaydi.

Jungkook uyiga kelganda ko'rgan manzarasidan hayron qoldi.

Jungkook uyiga kelganda, uning yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Eshikni ochar ekan uning ko‘zlari qorong‘ilikka o‘ziga tortdi. Biroq uning bu uyga kelganidan kutgan narsa xavfsizlik va tinchlikdan uzoq juda uzoq edi. O‘zgacha bir narsa sezildi. Bir qadam tashladi va birdan yuragi sekin urishga boshladi.

Uning ko‘zlari uy ichidagi manzaraga tushib ketdi. Mebel, shisha, yoritgichlar... hammasi chaqmoq kabi parchalangan, yerga to‘kilgan edi. Eshikning oldidagi yirik oynaning shisha bo‘laklari go‘yo uning ichki dunyosini aks ettirayotgan kabi, bir-biriga to‘qnashib yotardi. Xonada sanchilgan bir sovuq, o‘lik sokinlik bor edi.

Lekin eng dahshatlisi yerda aynan uning oldida, Mira yotardi. Uning tanasi qon bilan qoplangan edi.Jungkook ko‘zlari bilan buni qabul qila olmadi. Har bir qarashida ko‘p narsalar o‘zgarib ketgandek tuyuldi.

Jungkook: Mira... yo‘q...yo'q bu... nima bo‘ldi?

U uning yoniga kelib qo‘llarini cho‘zdi lekin hech narsa qilishga qodir emasdi. Chunki Mirani joni uzilib qo'lgandi.

Jungkookning hayoliga Asu va Ariana keldi va u yuqori qavatga ko'tarildi. Jungkook butun uyni har bir burchakni bir necha martalab tekshirib chiqdi. Lekin ular hech qayerda yo'q edi. Jungkook shu payt bir zumga o'zini o'lib qolgandek sezdi.

Mira

Flesh back

Jungkook ishda bo‘lganda Lee Kyun o‘zining qasos olish rejasini amalga oshirish uchun harakatga keldi. Uning maqsadi aniq edi Jungkookning zaif tomonlarini sindirish undan qasos olish. Bu borada eng yaxshi imkoniyatni topganida u Jungkookning uyiga hujum qildi.

Lee Kyun (ichki o‘ylarida):
Jungkook sen hech qachon meni yengolmaysan. Bugun sening dunyongni ag‘daraman. Bu yerda biror narsa qoldirmayman.

Uning buyruqlariga binoan, barcha derazalar ochildi va yirik o‘qlar uzildi. Shisha to‘kilgani, yoritgichlar porlab tushgani va mebellar yerga qulagani natijasida, uy o‘qqa tutildi.

Uy ichida Asu, Mira, Ariana va bir necha xizmatkorlar bor edi. Tashqaridagi soqchilar esa allaqachon otib tashlangandi.

Lee Kyun uyga kirgach birinchi bo‘lib Asu, Mira va Ariana’ni ko‘rdi. Ular panada edilar ammo bu uyda xavfsizlik yo‘q edi. Lee Kyun va uning odamlaridan biri darhol harakatga o‘tib o‘z maqsadlariga erishish uchun yana bir qadam tashlashdi.

Lee Kyun:Sizlarning bugungi kuningiz yakunlanadi. Hech kim sizlarni qutqara olmaydi.

O‘sha paytda u odamlariga ishora qildi. Har biri shiddat bilan hujumga o‘tish uchun yaqinlashdi. Asu va Mira butunlay tahlikada edi. Mira, qo‘rqib ketgan bo‘lsa-da Arianani himoya qilish uchun o‘zini tik tutib uning yonida turgan edi. Bir yoshli go‘dak hali dunyoning qanday dahshatlarini tushunmasa-da uni olib ketish, har qanday odamni qo'rqitardi.

Mira: Agar unga zarar yetkazsangiz har biringizning joningizni olaman.

Uning so‘zlari bir lahzalik edi ammo Lee Kyunning yuzida tajovuzkor tabassum paydo bo‘ldi. U xuddi o‘sha og‘ir va kaltaklovchi ovozi bilan javob berdi:

Lee Kyun: Sening qo‘rqitishlaringiz foydasiz Mira. Hech narsa seni bu og‘ir qismatdan qutqara olmaydi.

Asu esa bu vaqtda Arianani ko'tarib hech narsaga tushunmasdan turardi. Ariana ham nimanidir sezgandek hech yig'idan tinmasdi.

Mira Lee Kyunning sovzlariga berish uchun nafasini ichiga tortdi. Uning qo‘llari qaltirayotgan bo‘lsa-da, jiddiy qarashlari bir zum ham bo‘shashmadi. O‘zi uchun eng muhim bo‘lgan narsani, ya'ni Arianani himoya qilishga tayyor edi. Oxiri
Lee Kyunni sabri tugadi.

Lee Kyun: Hoy Han Mira sen o'zingni Jungkook uchun qadirli deb hisoblaysanmi?

Mira bir zum jim qoldi. Lee Kyun esa qah qaha otib kulardi.

Lee Kyun: Mira sen Jungkook uchun shunchaki o'tmishsan. Lekin bu ikkisi (Asu va Ariana) Jungkook uchun hayotidan ham aziz shundaymi?

Xona sukunatga cho'mdi. Hatto Ariana ham yig'lashdan to'xtab qolgandi.

Lee Kyun: Mira seni Jungkook uchun bir chaqalik qadring yo'q demak menga ham kerak emassan.

Lee Kyun shunday dedida qurolini olib Mirani otib tashladi.

Lee Kyun(pichirlab): Jeon Jungkook bu sen uchun eslatma bo'lsin.

Asu esa ko'rgan manzarasidan hali ham shokda edi. Lekin Lee Kyunni odamlari Asu va Arianani mashinaga olib bordi va olib ketgandi.

Came back

Jungkook Mira jasadining yonida o'tirgandi. Uning ko‘zlari Mira tanasiga qarab, yuzidagi so‘nggi ifodani tahlil qilardi lekin bu uning ichidagi bo‘shliqni to‘ldirmadi. Shu payt Jungkookning hayoliga uyidagi komera yozuvlari keldi. komeralar yozuvlari natijasida Lee Kyunning qilmishlari haqida bilib oldi. Lee Kyun va uning odamlarining Asu va Arianani olib ketganini ko‘rganida Jungkookning yuragi qattiq urdi har bir tomiridan qon o‘tgandek tuyuldi.

Jungkook: Ularni olib ketishdi... Asu va Ariana... Lee Kyun, sen nima qilyapsan.

Jungkookning yelkalari titray boshladi. Shunda u yana mirani jasadi yoniga keldi.

Jungkook: Mira sen so‘nggi nafasingni ham Asu va Arianani himoya qilish uchun berding. Endi men ular uchun qasos olishim kerak.

Jungkook (ichida): seni oldinroq o'ldirishim kerak edi. Lekin endi sen va odamlaringizni topaman Lee Kyun. Bu mening o‘limim emas bu sening qismating.

Jungkook

Keyingi qismda

Lee Kyun (qurolini aylantirib): Nihoyat kelding Jungkook. Yuragingni orqangda qoldirmaganmisan?

Jungkook: Men yurak bilan emas qon bilan keldim. Sen o‘sha jasadni unutdingmi? Mira qon ichida yotibdi ablah!

Lee Kyun: O‘zi tanladi. Menga qarshi chiqdi. Endi navbat boshqalarnikida.

Jungkook: Arianani har bir tomchi kovz yoshi uchun Asuni bir soniyaga qo‘rqitganing uchun seni tirik qoldirmayman Lee Kyun.

Kanal:Bangtan Tales
Muallif:Kim Asumi