"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman..."
301-guruh talabasi Nosirova Feruza
Kalit so'zlar: iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, maktab, karantin, ta'lim tizimi, kompyuterlar, smartfonlar, sog'liqni saqlash tizimi, iqtisodiyot tarmog'i, kundalik hayot, onlayn do'kon.
Kirish. Zamon rivojlanib borar ekan, iqtisodiyot ham jadal rivojlanib qolmoqda. Bu jarayonni matematik tarzda tasavvur qilsak, xuddi 2 ning kattalashib borayotgan darajalari ketma-ketligiga o'xshaydi. Ya'ni eng avval paydo bo'lgan iqtisodiyot asrlar davomida rivojlanib, yangiliklar kirib, rivojlanib borgan bo'lsa, yil o'tgan sayin rivojlanish bosqichlari orasidagi yillar yaqinlashib borgan. Raqamli iqtisodiyot ham biz mustaqil davlatlar safiga kirgan damlarimiz rivojlanish kurtagi ochilgan edi. Hozirga qadar shunchalar tez rivojlanib bormoqdaki, biz uni har qadamimizda uchratishimiz mumkin.
Asosiy qism. Raqamli iqtisodiyotni men ham turli sohalarda ham kundalik hayotimizda ko'p ko'raman. Misol uchun, bir necha yil avval maktabda o'qib yurgan davrim, karantindan bir yil avval maktabda jurnaldan voz kechish, uning o'rniga esa onlayn sayt bo'lgan kundalik.com dan foydalanish boshlangan edi. Avvaliga o'qituvchilar juda qiynalishdi, o'rganib olishgan hammasi joyiga tushdi. Biz ham qog'oz kundalikdan foydalanmay, olmay qo'ydik. Chunki endi ularga hojat yo'q edi. 1 yil o'tib, karantin boshlandi. Menimcha raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga katta turtki bo'lgan narsa ham aynan shu karantin edi. Karantindan avval maktab o'quvchilarida yarmidan kamida smartfonlar mavjud edi. Karantinda ko'p narsalar onlayn tashkil etila boshlagach, aksariyat o'quvchilar shaxsiy smartfonlarga ega bo'ldilar. Shu tarzda ta'lim tizimiga e'tibor qaratsak, ko'p narsalarni elektronlashtira boshladilar. Misol uchun, otmlarga hujjat topshirishimizchun hujjatlarimizni ko'tarib, otmlarga borish shart emasdi. Endi biz uyda turib, bemalol istagan otm ga hujjat topshirishimiz mumkin bo'ldi. O'z navbatida, kompyuterlar ham ommalasha boshladi. Hali ommalashmagan bo'lsa-da, bu jarayonda. Yana sog'liqni saqlash tizimida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlangani bemalol ko'rish mumkin. Masalan, biror klinikaga borsak, hamma narsani kompyuterlarga qayd etadilar, elektron tarzda navbatlar beradilar. Poliklinikaga borsak ham shunday hammasi. Umuman olganda iqtisodiyotimizda bunga misollar juda ko'p. Jumladan, to'lovlarning elektronlashtirilganligi, ko'plab onlayn saytlar yaratilganligi, axborotlar ham turli sayt va dasturiy ta'minotlar orqali uzatilishi, soliqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni ham telefondan kuzatish mumkinligi, kommunal to'lovlar ham raqamlashtirilganligi, davlatning 200 dan ziyod xizmatlaridan uyda o'tirgan holda onlayn foydalanish mumkinligi, bank xizmatlari ham onlaynlashganligi, va shu kabi ko'plab jarayonlar. Kundalik hayotimizdan raqamli iqtisodiyotni izlasak, uni yo'l haqlarimizni to'lashda ko'rishimiz mumkin, do'konlardan narsa xarid qilsak, uni kartalar orqali to'lashda, hatto karta bo'lmay qolsa, telefondagi tegishli dasturiy ta'minotlar orqali to'lashimiz mumkinligi, mashhur ovqatlanish punklarida buyurtma qilgan taomlarimizning navbat ko'rsatkichlari, tayyor yoki yo'qligi kabi ma'lumotlar maxsus televizorlar orqali taqdim etib borilishi, reklamalarning katta ekranlarda aks etishi, turli ma'lumotlarni telefon orqali tez bilib olishimiz mumkinligi, taksi chaqirish telefon orqali, kerakli muassasalar saytlarini kuzatish, narx-navoni bilish, xaridlarni ham onlayn amalga oshirishimiz mumkinligi, ya'ni onlayn do'konlar paydo bo'lishi va ularning ommalashishi va hokazolar.
Xulosa qilib aytganda raqamli iqtisodiyot har jabhada, har sohada, har tomonlama rivojlanib bormoqda. U bizga turli qulayliklar yaratmoqda.