May 15, 2022

Курсимизнинг 1-2-кундаги "HR" дарслари бўйича кичик сўровнома НАТИЖАЛАРИ.

Jami 37 kishi so`rovnomada fikr bildirgan.
Jami 37 kishidan. 30 tasi Offline. 7 tasi Online qatnashchilar.
2. 92% insonga dars mavzulari juda yoqgan va ma`qul kelgan.
3. 92% insonga Tashkiliy ishlardan mamnun va juda xursand.
4. 95% insonlarga bloknot va bedjiklar maqul kelgan va xursand.
5. Eng katta natija Xodimlarni muomilasi bo`yicha 76% insonlar Juda a`lo va 19% Juda mamnunman ekanliklarini bildirishgan. Bu juda yaxshi ko`rsatkich.

Taklif va E`tirozlar:

1. Zo'r

2. ok

3. Kalonkala shitirlavotti

4. Hammazi Yaxshi

5. Alloh fayz va barokat bersin!

6. Факат мувофакият тилайман

7. Таркатма матерял берилмад

8. Jahon kompaniyalaridan ko’p misol keltirildi. O’zimizda tajriba qilingan keys va bilimlardan ham ko’proq bo’lsin.

9. Ortiqcha bollar ko’p. Shogirdlarni qisqartiring. 5ta odam qiladigan ishga 3 barobar ko’p odam chaqirilgan. To’g’ri ular bepul bo’lishi mumkin. Lekin Aksudagi harakatlarni tejab shu pulni usha 5 kishiga bering mas’uliyat bilan ishlashadi. Shogirdlarni boshqaruvchisi yo’q hammasi hohlaganini qilib yuribdi. Tashkiliy ishlar sust tashkillashtirilgan. Bekorchilar bor.

10. Texnik nosozliklarni ham oldindan ko’ra bilish kerak.

11. Treninga kelgan ko’pchilik uxlab qoldi. Bu degani auditoriya bilan ishlash kam yoki mavzular zerikarli.

12. Savol-javob jarayoni darslardan so’ng alohida bo’lishini taklif qilaman. Dars davomida savollarga javob olish mumkin, berilgan savollar esa ba’zilari mavzudan chiqib ketdi

13. Xammasi zo'r

14. хаммаси маромида!

15. Ustozdan juda minnatdormiz

16. Qo’shimcha simulyatsion tadbirlar qoshish maqsadga muvofiq

17. Таклиф: 12:45 урнига 12: 30 ташкаригач чиксак. Масжидга сал кеч коламиз.

18. Tinglovchilar tomonidan berilayotgan savollarga yoki taklifini bildirish uchun 30 soniyadan ko'p gapirmaslik, darsdan keyin jamoaviy rasmga tushush taklifi, slaydlarni oldindan berish

hamasi zor

19. 1 ta darsni ôzida judda kotta malumotga ega bôldim
Sizgalarga jamoangiz bilan xammelaga kotta raxmat.

20. Eng avvalo kurs ajoyib tashkil qilingan, kerakli ilmlar berilyapti. Kerakli jihozlar ham mavjud(daftar, ruchka, suv) . Agar tarqatma materiallar ham chiqarib file shakld berilsa yanada ajoyib bo’lardi. Networking shakillantirish uchun kurs ishtirokchilari bilan biron bir narsa (sayohat, va hakazo) tashkillashtirilsa yanada yaxshi bo’lardi. Umumiy olganda juda ajoyib👍

21. Пешин намозгача 11:30 да танафус булса зур булар эди. Танафуссиз 2,5 соат дарсликда мийя котиб ковотти

22. Networkingni imkon qadar targʻib qilish. Tushlik vaqtida tashkiliy tomondan koʻp vaqt yoʻqotib qoʻyyapmiz deb oʻylayman. Tushlikdan qaytgandan keyin biror interaktiv oʻyin oʻynab, konsentartsiyani ushlashga eʼtibor berish. Tushlikdan keyingi 1 soatgacha juda muhim mavzular oʻtmaslik. Uyqusirab yaxshi maʼlumotlardan qop ketishyapti :))

23. Хаммаси зур,рахмат👍

XULOSA: Bu xulosa tadbirkorlar bergan javoblari asosida olindi. Bu xulosalar hali xom hisoblanib, asosiy xulosaga to`liq javoblar olingandan keyin olsa bo`ladi.

1 oylik kursning Qatnashchilar soni: 95 ga yaqin (100%)
So`rovnomada qatnashgan: 37 kishi (39%) inson ovoz bergan.

Eng yuqori ko`rsatkich: 5. Xodimlarni muomilasi juda ko`pchilikka yoqgan va Servisdan juda mamnun.

So`rovnoma natijalari bo`yicha Natijalar juda yaxshi. Norozi yoki negativlar juda kam. Faqat 1 kishi Tashkiliy ishlarni "Qoniqarsiz" deb baholab ketgan xolos.

Takliflar ham juda yaxshi va minnatdorchilik bildirilgan.

Takliflardan xulosalar:

1. Trening boshlanishidan 1 kun oldin yoki 1-2 soat oldin barcha Texnik ishlarni tekshirish va ishlashini sinovdan o`tkazish kerak. (Ekran, Kalonka, Mikrafon, Klikker va h.k)

2. Keyingi darslarda amaliy Vazifalarni bajarish oson bo`lishi uchun qatnashchilarga Shablon Tarqatma materiallar berish kerak. Sababi ko`pchilik ham trening esghitishgam, ham yozib olishga, ham Slaydlarni rasmga olishga ulgurishmayapti va ko`p chalg`ishyapti. Barcha chalg`ishlarni oldini olish kerak.

3. Qatnashchilar bilan darsni oxirida alohida 1-2 soat "Savol-Javob" tashkil qilish. Real Muammoli savollarga Real javoblar berilsa bu qatnashchilar uchun juda qadrli. Real bizneslar uchun real javoblar berilsa yaxshiroq.

4. Tashkiliy ishlarni va komandani boshqarish uchun Boshqaruvchi bitta insonni tayinlash. Insonlarda Muammo bo`lganda kimga aytishini aniq bilishi kerak. Xodimlarni ham tartib asosida boshqarishadi shunda.

5. Treningda ko`p chilik uxlab qolyapti. Yechim: Auditoriya bilan Jonli mashqlar qilish, savol javob qilish, Interaktiv tarzda o`tkazish. O`yinlar va amaliy mashqlar o`tkazish. Teatr shaklidagi o`yinlardan jonli foydalanish. Keyin Spiker ham Notiqlik qobiliyatlarini ustuda yanada ishlash. Qaysidir joyda Ovozni baland qilib, qaysi joyda past qilishni boshqarish.

6. Mavzudan tashqari Savollarni har darsni oxiriga olib qo`yish. Darsni o`rtasida faqat o`sha aytilgan mavzuga oid savollarni berish. Qolgan savollarga darsni oxirida javob berishni aytib qolganlarni "Programmalashtirish".

7. Peshin vaqtiga 12:30 da chiqish. Masjidga ulgurish uchun.

8. Networking imkoniyatlarini qilish. Misol shunga targ`ib qilish.

Savol berish tartibini o`rnatish:

Har bir savol beruvchi:
Ismi sharifi, Biznesini nomi va nima ish bilan shug`ullanishini aytib keyin savol bersa. Qolganlar uchun ham tusharli bo`ladi va olingan Javob o`sha yo`nalishda boshqalar uchun ham keys bo`ladi.

Insonlarga boshqalar bilan tanishishlariga targ`ib qilish. Hammaga vazifa abetda 10 kishi bilan tanishasiz. Dars boshlanganda so`raladi kimlar bilan tanishdingiz deb va o`sha insonlar haqida malumotlar so`raladi (ismi, tel raqami va biznes nomi va h.k)

9. Eng asosiy narsa. 100 kishi bitta Guruhda qilinishi yaxshi emas. Guruhni boshqarish va insonlar boshqalardan tortinib guruhga yozishmaydi.

Yechim: Bitta asosiy guruh ochish kerak. (Bu guruhda hamma qo`shiladi) Keyin qolganlarni 10 tadan guruhlarga ajratib Har bir guruhni NOMLASH v aSardor tayinlanishi (buni jamoalarni o`zlari qilishadi. Faqat ularga tushuntirish kerak xolos)

Har nechtadir kichik guruhlarga mansub Mentor (instruktor) larni tayinlash va ular bilan FAOL tarzda ishlashlari.

10. Alohida Telegram "VAZIFALAR KANALI" ni ochish. Sababi barcha muxim xabarlar Tartib bilan turadi va xamma kerakli vaqtda topib olinadi. Dars Slaydlari va boshqa ma`lumotlar shu Kanal orqali berib boriladi.

11. Dars Slaydlarini va Shablon materiallar har darsni oxirida berish. Sababi o`sha kunni o`zida amaliy bajarib borishlari uchun.

12. Ekzel shablonlarni ko`proq berish. Unda O`zbekiston bizneslariga mos Shablonlar tayoorlab Tadbirkorlarga hammasini "CHAYNAB BERISH" kerak. Shunda ularni yutishi va hazm qilishi oson bo`ladi.

Xozircha shular. Qolganlari juda ajoyib.

Hurmat bilan, Marketing va Sotuvlar bo`yicha mutaxasis Feruzbek Dilmurodov.

P.S: Shu joyda o`zimizni ham reklama qilib o`tib ketdik :))