Ucell aksiyasi | PUBG
@UzChegirma | Shartlar:
Aksiyaning amal qilish muddati: 20.10.2022 dan 31.01.2023 gacha (shu kunlari ham).
Amal qilish muddati tugagach, aksiya avtomatik ravishda o‘chiriladi;
Aksiyada ishtirok etish narxi tarif rejasining abonent to‘loviga kiritilgan;
Aksiya avtomatik holatda «Sof 70», «Sof 100» va «Internet 60» tarif rejalaridagi barcha abonentlarda ulanadi;
Aksiyaning belgilanish vaqtida abonentda quyidagi xizmatlardan biri faol bo‘lmasa:
«Trafik+: YouTube+Telegram+PUBG Mobile»,
«Trafik+: Cybersport»,
«Trafik+: Instagram+YouTube+Telegram+PUBG»
«PUBG Mobile» mobil oʻyinini internetning mumkin bo‘lgan eng yuqori tezligida va internet-trafik cheklovisiz oʻynash imkoni taqdim etiladi;
Aksiyaga ulanish uchun «Sof 70», «Sof 100» va «Internet 60» tarif rejalaridan biriga ulangan holatda, *739# USSD-so‘rovi orqali faollashtiriladi;
«Sof 70», «Sof 100» va «Internet 60» tarif rejalariga mansub bo‘lmagan boshqa tarif rejasiga o‘tilsa, Aksiya amal qilmaydi;
Agar abonentda quyidagi xizmatlardan biri faol bo‘lsa, Aksiyaga ulanib bo‘lmaydi: «Trafik+: YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «Trafik+: Cybersport», «Trafik+: Instagram+YouTube+Telegram+PUBG», va aksincha;
Abonentlar kompaniyaning ofislari, aloqa markaziga murojaat qilib, hamda *739# USSD raqamidan foydalangan holda Aksiyani faollashtirishi/o'chirishi mumkin.
Aksiyaning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar uni faollashtirish vaqtida ishlayotgan internetni uzib turish, Aksiyaga ulanish va keyin internetni qayta ulash lozim;
Aksiya doirasida ajratilgan trafik «PUBG MOBILE» mobil ilovasining yuklab olinishiga va yangilanishiga tatbiq etilmaydi.
Muhim!
Aksiya belgilanganligi haqidagi SMS-xabar qabul qilinganidan keyingina Aksiya faollashadi. Agarda Siz SMS-xabar qabul qilmagan bo‘lsangiz, xizmat faollashganligini tekshirish uchun *401# USSD-so‘rovidan foydalanishni va «PUBG Mobile» xizmatining mavjudligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz. Agar Aksiya faollashmagan bo‘lsa, internet Sizning tarif rejangizga ko‘ra narxlanadi. Bu hollarda Kompaniya taqdim etilgan xizmatlar bo‘yicha qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
«PUBG Mobile» mobil o‘yini egalari ma’lum IP-manzillar (protokollar) doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (aksiya amalga kiritilishi sanasiga ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. O‘yin egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi. Bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
«PUBG Mobile» mobil o‘yiniga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.