TABIBSHUNOS🌱
Liana podshohga tazim qildi va tabib xaltachasidan ignalarini olib shaxzida Kimning oldiga bordi
— Olampanoh boshqa ishchilar va xizmatkorlar tshqariga chiqib turishsa degandim bemorga havo kerak honada esa odam ko'p
Imperator: Barchaga buyuraman hammangiz o'z ishingizni qilishingiz mumkin
Hamma baravariga tazim qildi va saroy tablari va xizmatkorlari chiqib ketishdi
— Hazrati oliylari men hozr vaqtincha zahar oqimini to'xtatish uchun Shaxzodaning kerakli nuqtalariga igna sanchib chiqaman. Bu zaharni vaqtinchalik tanaga tarqalishini to'xtatib turadi.
Shaxzoda Kim rangpar holda yotmoqda. Peshonasi terga belangan. Nafasi sekin, ammo noaniq. Yuwen yon daftariga nimalarnidir yozib, zaharning ta’sirini kuzatmoqda. Liana esa muhim akupunktura nuqtalarini aniqlab, ignalarni ehtiyotkorlik bilan sanchyapti.
— Sekinroq, yurak ritmini barqarorlashtiruvchi nuqtalarni yaxshilab tekshir. Agar xatoga yo‘l qo‘ysang...
— Men bilaman, otajon. Yurak, taloq va o‘pka energiyasi buzilgan. Zahar sovuq, ammo tez tarqaluvchi turdan. Men uni vaqtincha to‘xtataman.
Liana ohista Shaxzodaning chap bilagiga igna sanchadi. Birdan eshik sharaqlab ochiladi. Oyoq tovushlari, jahl va qo‘rquv aralash ohangda tanish ovoz eshitiladi.
Ichkariga Imperatorni 3-xotinining yolgiz qizi Jisoo, qimmatbaho shoyidan tikilgan oq libosda, uzun sochlari jimjimador turmaklangan, ko‘zlarida yoshu g‘azab bilan xonaga kirib keladi. Qarshisida yotgan akasini ko‘rib yuragi orqaga tortiladi.
— Aka...akamga nima bo'ldi kim qildi buni kimning haddi sig'di, akamni zaharlashga kimning qo'li bordi
— Qizim o'zingni bos osha xoinlarni albatta topib o'limga mahkum qilaman
Yuwen va Liana malika Jisooga tazim qilishdi
— Salomatmisiz Zoti oliyalari, havitir olmang Shaxzoda Kim albatta tuzaladi
Malika Jisoo sekin Lianaga yaqinlashadi va oyoq uchidan bish qismigacha sinchkovlik bilan ko'z yugurtiradi
— Akamni davolay olasizmi? O'lmaydilarmi? Hayoti havf ostida emasmi?
— Akangiz ichkan zahar juda noyob men bu qanday turdagi zahar ekanini bilolmadim ammo 3 kun ichida bu zaharni davosini topishga harakat qilaman, ungacha esa zaharni tanaga tarqalishini sekinlashtirish uchun igna sanchib chiqdim hudo hohlasa Shaxzoda Kimni albatta qutqaraman
— Nimalar deyabsan zaharni aniqlolmasang unda nima bo'ladi? Ota bu tabiblar rostan ham malakalimi siz ularga ishonasizmi akamni ular davolashini hohlamayman iltimos bishqa kuchli tabiblarni chaqiring.
— Jisoo Janob Yuwen katta zaharshunos men ularga to'laqonli ishonmasamda ammo umid qilishdan boshqa ilojim yo'q sen esa borib o'z ishlaringni davom et
— Boldi bas mening so'zlarim muhokama qilinmaydi
Liana o'z ishlarini qilib bo'lgach imperatrga tazim qilib so'z boshlaydi
— Olampanoh men o'z ishlarimni qilib bo'ldim endi ruhsat bersangiz zahar ustida ishlasam degandim
— Mayli sizlarga ruxsat ketishingiz mumkin
Yuwen va Liana imperatrga tazim qilib sekingina honadan chiqib ketishdi
TUSHDAN SO'NG SAROY HOVLISI: Yuwen daraxt ostidagi tosh skamekada sokin o‘tiribdi. Liana asta uning yoniga keladi, yuzida iztirob va qat’iyat aralash.
Yuwen (sokin boshini ko‘tarmasdan): Bu nima qilganing qizim bu zaharni hatto men ham bilmayman sen qanday qilib topmoqchisan agar zaharni davosini 3 kunda topmasak ikkimizning ham kallamiz ketadi
—Ota agar shunday qilmaganimda sizni o'ldirishardi. Ahir o'zingiz aytgansiz har qanday zaharni davosi bor deb, albatta bir ilojini topamiz
— Meni asraganingdan minnatdorman, qizim. Lekin bu safar... bu o‘yin emas. Bu saroy, bu yerda bir xato yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo'ladi. Men senga bunday og‘ir yukni yuklashni xohlamagan edim.
— Havotir olmang ota menga ishoning mana ko'rasiz bu zaharni albatta aniqlayman.
Yuwen asta bosh irg‘adi va yonidan kichik qog‘oz o‘ramini chiqaradi.
— Bu shahzoda qonidan olingan namunalar. Belgilar g‘alati. Nafaqat jigar, balki teri osti to‘qimalarini ham yemirayotgan zahar. Juda sekin, ammo puxta ishlangan. Bunday zaharni oddiy odam emas, balki o‘ta bilimdon kishi tayyorlagan.
— G'alati shaxzodaning o'limi kimga kerak bo'lib qoldikan?
Liana va Yuwen zahar tahlilini boshlamoqchi bo‘lishganda, uzoqdan silliq qadamlari eshitiladi. Sahnaga Imperator yordamchisi O'ng qo‘l vazir Bay Xu kirib keladi.
Bay Xu (savozini tik tutib, rasmiy ohangda) Tabib Yuwen va Liana xonim. Imperator janoblarining farmonlari bor.
Yuwen va Liana bir-biriga qarashib turishadi. Bay Xu davom etadi.
— Sizlarga saroyning sharqiy chekkasidan ajratilgan xonadon topshirildi. Bu joyda faqat siz ikkingiz bo‘lasiz. Har qanday yordam uchun xizmatkorlar tayinlandi. Kirish-chiqish qat’iy nazorat ostida bo‘ladi soqchilar kun-u tun qo‘riqlaydi.
Yuwen (bosh egib) Biz Imperator janoblarining ishonchini oqlash uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz
Bay Xu (ko‘zlarini Lianaga qadab, ohangini pasaytirib) Ularning sabri cheklangan. Uch kun ichida natija bo‘lishi shart. Aks holda...
Liana yon daftarchasini qattiq ushlab turadi, ammo yuzida cho‘chish yo‘q.
— Bizga ajratilgan vaqtda davoni topamiz.
Bay Xu asta orqaga chekinib ketadi. Liana va Yuwen esa yonlariga berilgan hujjat va namunalarni olib, saroyning chekkasidagi maxsus ajratilgan joyga qarab yo‘l olishadi.
Kun kechga yaqinlashmoqda. Liana xira yoritilgan xonada, tabobat idishlar, qon namunalarini o‘rganmoqda. Yonida ochiq kitoblar, qadimiy yozuvlar bilan to‘la stol.
Liana chuqur o‘yga cho‘mgan, sinchkovlik bilan tomchi qon namunalarini likopchaga tomizib, harorat va rang o‘zgarishlarini tekshiradi.
— Qizil rang tez qoraymoqda... demak, bu oddiy o‘tkir zahar emas. Ammo qayerdan kelgan bu? Issiqqa chidamsiz... lekin qon hujayralariga bevosita hujum qilmoqda...
U chuqur nafas oladi, ko‘zlarini yumar, keyin yana qayta urinadi. Biroq javob topilmaydi.
— Bu... bu men o‘qiganlarimning hech biriga to‘g‘ri kelmayapti... Juda antiqa zahar ekan... Bu yangi aralashma... Axir qanday qilib otamni qutqaraman... vaqt oz qoldi...
U peshonasini silkitib, bir zumga sukutga cho‘madi. So‘ng o‘rnidan turib, eshik tomon yuradi. Havo salqin, osmon binafsha rangga bo‘yalgan. Liana sokin yurib chiqadi, va chuqur nafas oladi Yonidagi daraxt tagida to‘xtaydi. Shunda kutilmaganda u kimnidir yelkasiga urib yuboradi qarshisida baland bo‘yli, qora kiyimdagi yigit
— Hoy, ko‘rmayapsanmi yo‘lni?! Ko'zinga qarab yursang bo'lmaydimi
Yigit jim turadi, unga tikiladi, so‘ng sekin boshini egadi. Ammo labida kulimsirash bor
— Men yo‘ldan ketayotgan edim, o'zing birinchi meni turtib yubording.
— Ha, endi ayb mendami?! Sen bu yerda nima qilayapsan? Saroy hovlisida yurish ruxsati hammaga ham berilmagan.
— Balki, meni kimligimni bilsganingda bunchalik jahling chiqmasdi...
— Nima? Sen kim bo‘lasan o‘zi? Oddiy soqchiga o‘xshamaysan... lekin xizmatkor ham emassan...
— Men shunchaki bir mehmonman. Juda ko‘p odam oldida kim ekanimni aytib yurmayman.
— Unda begona mehmonlar odamni bezovta qilmay, yo‘ldan chetroqda yurishsin!
Yigit kulimsirab: hah juda betkachopar qiz ekan-ku bu. Kim bu o'zi oldin saroyda ko'rmagan ekanman.
Liana eshikni sekin ochib honasiga kirdi. Ichkarida faqat sham nur sochardi. Yuwen ko‘rpa ustida sokin yotar, allaqachon uyquda edi. Liana esa xonasining bir chekkasidagi stolga o‘tirib, haligacha boshi qotgan zahar ustida yana bir bor o‘ylashga urindi.
Vaqt o‘tib borar, lekin u to‘xtamasdi. Ko‘zlari qizarib, bo‘yinlari og‘risa ham, o‘rnidan turmasdi. Tun chuqurlashdi. Suv sovidi. Hamma saroy uyquda edi, faqat Liana uyg‘oq. U yana va yana giyohlar yordamida ziddi zahar tayyorlashga urindi ammo hech biri samara bermasdi
Sham oxirgi marta lipillab o‘chdi. Xona qorong‘ilikka cho‘mdi. Liana bir qo‘li bilan peshonasini ushlab, nihoyat charchoq bilan boshini stolga qo‘ydi... va shunday holatda uyquga ketdi.
Ertalab. Saroy ichida.
Erta tong Liana va Yuwen shaxzodani ko'rikdan o'tkazishga kelishdi ammo shaxzodani ko'rinishi borgan sari yomonlashib borardi Liana buni ko'rib havotirga tushardi
— Zahar juda tez tarqalayabdi ignalar bilan to'xtatishga harakat qilsam ham baribir ignalar ko'pga bormaydi ota maslahat bering
— kecha men zenshen tomiridan dori tayyorlagandim. Bu ignalardan ko'ra yaxshi tasir qiladi zaharni tarqalishini yana ko'proq vaqtga to'xtatib turadi
Shu payt eshik ochiladi. Ichkariga Yuwen, Jisoo va kechagi yigit kirib keladi. Liana ularga qaramoqchi bo‘ladi-yu, yigitni ko‘rib hayron qoladi.
— ichida: ahir bu kechagi yigit emasmi? U buyerda nima qilayabdi?
Yuwen ( tazib qilib ) — Hush kelibsiz malika Kim, Hush kelubsiz Valiahd Shaxzoda
— ichida: n..nima? Valiahd... Shaxzoda?..
— Boshingizni ko'taring janob Yuwen. Ho'sh ukamning ahvoli qanday
— Hazrati oliylari shaxzoda Kimning ahvoli hali ham yaxshilanmayabdi men zenshen ildizidan dori tayyorlagandim u zaharni tarqalishini uzoq vaqtga to'xtatib turadi hozrcha shu
— Akam o'lim to'shagida yotibdi sizlar esa hali ham davosini topolmayabsizlarmi qanaqa tabibsizlar o'zi
— Bizni kechiring Malikam ayib bizda ( bosh egib tazib qildi )
Saroyning g‘arbiy qanoti — imperatrning Ikkinchi hotini Meilinning saroyi.
Malika Meilin qimmatbaho ipak libosda, yuzlari g‘azabdan qizargan. Atrofidagi xizmatkorlar boshlarini egib, jim turishardi. Malika Meilin jahldan qo‘llarini siqib
— Kim qildi buni , mening o‘g‘limga kim zahar bergan...
U stolni mushtlaydi. Shu onda keksa enaga ohista oldinga chiqadi.
— Zoti oliyalari... imperator saroyida tergov boshlanibdi. Shaxzoda Kimni davolash uchun tabiblar chaqirilgan...hudo hohlasa jinoyatcjini albatta qo'lga olishadi
— qasddan qilingan hujum! Kimdir uni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. Hoynahoy Malika Yunxining ishi bo'lsa kerak yaramas hotin.Men o‘g‘limni yillar davomida imperatorlik taxtiga tayyorlab kelganman! Endi esa ko‘z o‘ngimda uni zaharlashdi. Menga zudlik bilan xoyinni topib kelinglar
— Saroydagi barcha oshpazlarni, xizmatkorlarni, hatto bog‘bonlarni ham so‘roq qilishsin! Hech kimga ishonib bo‘lmaydi. Yunxi honim agar bu ishda sening qoing bor bo'lsa, butun dunyoni boshinga qulataman.
Tushga yaqin Liana saroy bog'ida o'ziga kerakli giyohlarni terib hayol surib yurardi
— Ey hudoo nimalar qilib qo'ydima, bilmasdan Valiahd shaxzodaga gao qaytarib qo'ydim, u bu ishim uchun boshim olsa kerak nimalar qilib qo'ydinga ahmiq qiz...
U o'zini o'zi koyiyotgan bir paytda orqasidan Valiaht shaxzoda uni eshitib turgandi
— Begona mehmonlar bezovta qilmasdan yo'lni chetida yuriah kerakmidi...shundaymi
Liana Shaxzodani gapini eshitib darxol ortga qaradi, ham qo'rqib ham hayron qoldi,
Liana (boshi egik, ovozi past): Meni kechiring zoti oliylari. Kechagi qo‘pol muomalam uchun uzr so‘rayman. Sizni kimligingizni bilmaganim uchun... o‘zimga ep ko‘rmagan so‘zlarni aytdim. Gunohim katta.
Shaxzoda ( bildirmasdan kulimsirab ): Demak gunohing katta unda seni boshingni tanagdan judo qilishim kerak ekanda
Liana shaxzodani bu gapini eshitib tanasi titrab qo'rqib ketti. Shaxzoda esa buni sezib kuldi.
— Seni qarayu g'irt quyonyurak ekansanku. Hazllashtim qo'rqishni hojati yoq. Kecha men kimligimni oshkor qilmagandim. Demak, ayb senda emas. Aksincha... men odamlardan bunday rostgo‘y va dadil so‘zlarni eshitishga o‘rganmaganman.
Liana oz bo'lsada ko'ngli taskin topdi va jim turdi.
— Valiahd bo‘lish hamisha ta’zim, yolg‘on maqtovlar, va aytilmagan haqiqatlar ichida yashash demakdir. Sen esa... oddiy va samimiy gapirding. Shuning uchun sendan jaxlim chiqgani yo'q. Qolaversa bu men uchun qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. Nihoyat, kimdir menga Valiahd shaxzoda kabi emas, inson sifatida gaplashdi
— Maqtov uchun raxmat olampanoh
— Hoy kel rasmiyatchilikni chetga surib, men bilan huddi kechagidek sensirab gaplash
— Ammo Zoti Oliylari bunga haddim sig'armidi
— Qani bo'laqol, bu shaxzoda sifatidagi buyrug'im hoosh
Liana ozgina o'ylandi va tortindi
— ichida: hoosh shaxzodani o'zi iltimos qilayotgan ekan nega men yo'q demasligim kerak ekan qolaversa bu turqisovuqga yaxshi gapirishga o'zimniyam hushim yo'q.
— ( o'zini mag'rur tutib ) Ho'p Zoti oliylari nima desa shuda
— Bugun qanday giyohlar izlayapsan?
— Jigarni tozalovchi va qon aylanishini tartibga soluvchi... Qi Leng bargi bilan Yuye ildizi. Shaxzoda hali ham hushiga kelmagan ehtiyot choralarini davom ettiraman.
— Tushunarli unda ukamni tezroq davolashga harakat qil zahar qiz
— Ha zahar qiz, bugundan boshlab men seni shu nom bilan chaqiraman. Zahar qiz
— Ho'p mayli. Unda ijozatingiz bilan men boray ukangizga dori tayyorlashim kerak vaqtim oz qolyabdi
Saroyning orqa qanotidagi ayollar uchun ajratilgan muqaddas Pavilyonda Malika Yunxi qimmatbaho ipak libosda, ko‘zlarida g‘alati sovuqlik, uning yonida sadoqatli enagasi Kua honim
— Nihoyat... U bolani yo‘q qilishga bir qadamm qoldi. Ammo bu Liana degan qiz... U rejamizga g‘ov bo‘lishi mumkin.
— Malika, sizning rejalaringiz juda puhta hech kim shubhalanmaydi. Hamma o‘sha oshpaz xoinni aybdor deb biladi.
— Oshpaz? U oddiy bir piyon. Barcha dalillar o‘shanga ishora qilad.
— Zoti oliyalari oshpaz gullab qo'ymasmikan
— U hech narsa deyolmaydi Chunki oilasini taqdiri meni qo'limda
— Ammo Shaxzodaning omon qolishi... bu biz uchun xavfli.
— U bola har doim yo‘limda turgan. U tug‘ilgan kunidanoq imperatorning yuragini egalladi. Mening o‘g‘lim... hamon soyada.
— Ammo malikam Shaxzoda Jungkook valiahd. Ikkinchi shaxzodadan har tomonlama ustun.
— To'g'ri o'g'lim birinchi shaxzoda bo'lganligi uchun ham Valiahd qilib tayinlangan, ammo imperatr baribir kichik shaxzodaga ko'proq etibor berib kelgan.
— Har ehtimolga qarshi oshpazni oldiga borib yana bir bor ogohlantirib qo'y agar bir og'iz gullagudek bo'lsa butun oilasi bilan yo'q qilaman.