TABIBSHUNOS
Janr: tabiat, tabobat, ramantika
Ro'llarda: Liana, V , Jk , Jisoo, Yuwen va boshqalar
Soy bo‘yida tong hali yorishmagan. Suv ustida yengil tuman to‘zg‘ib, tabiat hamon uyquda edi. Qushlar jimjit, daraxtlar xuddi nafas olmayotgandek sokin.
Yuwen: qanday yaxshi tongning shu qismida dorivor giyohlar juda ko'p bo'lad
Ana shunday paytda, egilgan daraxt shoxlari orasidan bir piqillagan tovush eshitildi.
Yuwen, keksa tabib, o‘zining odatdagi yurishini qilayotgan edi. U har tong tog‘ etagidagi dorivor o‘simliklarni tekshirardi. Biroq bu safar uning e’tiborini nimadir tortdi soy qirg‘og‘idagi toshlar orasida bir nimadir qimirlayotgandek edi.
U yerda yosh qizaloq – atigi 1-1yarim yoshlardek – sovuqdan titrab, sochlari loyga belangan, ko‘zlari esa katta vahimada edi. U hech narsa demadi. Faqat Yuwenga termuldi.
Yuwen: ey hudo sen buyerga qanday qilib kelib qolding? Kim tashlab ketti seni
Tabib uni uyiga olib keldi. Ehtiyotlik bilan iliq suvda yuvdi, issiq o‘ramlarga o‘radi va qizning jarohatlarini davoladi. Qiz uxlab qoldi. Yuwen o‘sha tunda uxlamadi deraza yonida o‘tirib, qizning sho‘x yuziga tikildi.
— Kim seni bu yerga tashlab ketdi? dedi u pichirlab. Yoki sen yo‘qolib qoldingmi?..
— Men senga Liana deb ism qo‘yaman. Tabiatda eng kuchli, sinmaydigan, bukilsa ham o‘sishdan to‘xtamaydigan o‘simlik. Sening hayoting ham shunaqa bo‘ladi.
Vaqt o‘tdi. Yuwen oddiy tabib emas edi. U qadimiy Xitoy tabobati bo‘yicha nodir qo‘lyozmalarni o‘rgangan, tanani tomirlari bilan "so‘zlashishni" biladigan tabibshunos olim edi. Liana uning yonida ulg‘aydi, giyohlar tilini, igna terapiyasining sirlarini, odam yuragidagi og‘riqni yuraksiz ko‘z bilan ko‘rishni o‘rgandi.
Ammo Liananing kelib chiqishi nega soy bo‘yida yolg‘iz bo‘lganini Yuwen hech qachon bilmas edi.
18 yildan so'ng
Soy bo‘yidagi daraxtlar orasidan quyosh nurlari yaltirab tushardi. Yengil shabada barglarni shitirlatardi. Shu tanish joyda, qirg‘oq chetida Liana cho‘kib o'tirgandi
— Har gal bu joyga kelganingda, xuddi o‘sha kunni eslayman
Liana orqasiga qarab, jilmaydi:
— Ha, Meni birinchi marta shu yerdan topganingiz!
— “Hosh, bugun qanday giyohlarni qidirayapsan?
— Tongda namlik kuchli bo‘lgani uchun, bugun yo‘lbars o‘ti va ilon ildizi eng samarali bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘kquyruq bargini ham izlayapman u nafas qisilishiga qarshi yaxshi yordam beradi.
— O‘sha bargni topish oson emas, lekin sen har doim qandaydir yo‘lini topasan.
Liana atrofga qaradi, barglarning ohangini eshitayotgandek boshini egdi:
— Ular gapiradi. Har giyohning yuragi bor. U faqat yurak bilan tinglaganga ochiladi.
— Men seni topganimda, bu nafosat senga nasib qiladi, deb o‘ylamaganman. Endi esa sen bu yerlarning eng bilimdon tabibi bo‘lding.
— Men hali ham sizchalik emasman. Ammo bir kun sizdan albatta o'zib ketaman
2 soatlardan so'ng quyosh osmonda tik ko'tarildi Liana dorixonasida har hil giyohlardan tajriba o'tkazayabdi. Shunda bir ayol 7 yoshli o‘g‘lini yetaklab keladi. Bola boshini egib olgan, yuzida g‘alati toshmalar bor. Yuwen va Liana ularni kutib oladi.
Ayol ( yig'lab ) — Ustoz, iltimos, farzandimga qarang... Uzoqdan keldik. Bu toshmalar har kuni ko‘paymoqda...
Yuwen bolaga tikilib qaraydi. Liana ham sekin cho‘kib, bolaning yuziga, bo‘yniga qaraydi. Qizarib, gullarga o‘xshash, noaniq shakldagi toshmalar. Ayrim joylari shishgan. Bola esa qichinayotganini aytmoqda.
— Bu... bu toshmalar tartibsiz tarqalgan. Rangi och pushtidan quyuq qizilgacha o‘zgaradi. Ba’zilar markazdan qattiqlashgan, atrofi esa yengil shishgan.
— Bu “Hualian Du”. Gul yuz zahari deb ataladi, Ichki issiqlik jigar va yurak yo‘llarida to‘plangan. Bola ehtimol jazirama quyoshda ko‘p yurgan, yoki issiq-ta’mli ovqatlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilgan...
Ayol ( havotirlanib )— Bu tuzaladimi?
— Xavotir olmang. Bu juda og‘ir emas, lekin ehtiyotsizlik oqibatida ichki organlarga ta’sir qilishi mumkin.
Liana bolaning holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Uning yuzidagi dog‘lar shishgan, bola boshi og‘riyotganini, ichida olovli issiqlik borligini aytadi. Liana Yuwen tomonga qaraydi.
— Ota, bu toshmalar tarqalmoqda. Agar hozir to‘xtatmasak, ko‘krakka ham o‘tadi. Men vaqtincha issiqlik oqimini to‘xtatib turaman.
— Unda sening qo‘lingda. Tanlangan nuqtalarni to‘g‘ri top.
— Men hozir "Quchi", "Hegu" va "Dazhui" nuqtalariga igna sanchaman. Bu nuqtalar jigar va yurakdagi issiq energiyani chiqaradi, zahar tarqalishini vaqtincha to‘xtatadi.
Liana tibbiy ignalarni olib, bolaning bosh, bo‘yin va tirsak sohalariga mo‘ljal qiladi. Nafas olib, muloyim ohangda gapiradi.
— Sen jasursan. Bu og‘rimaydi. Ichingdagi olovni bir oz tinchlantiramiz, xo‘pmi?
Bola boshini qimirlatadi, Liananing ishonchli harakatlaridan tinchlanadi. Liana ignalarni ehtiyotkorlik bilan, har bir nuqtaga chuqurligini nazorat qilib sanchadi.
Bir necha daqiqadan so‘ng bolaning nafasi yengillashadi. Qichishish ham biroz pasayadi. Liana ignalarni sekin chiqaradi va issiq giyoh damlamasini bolaga beradi.
— Men bu usulni sening qo‘lingda ko‘rishni istardim, Liana. Besh yil oldin bu kabi holatda qo‘llaring titrardi.
— Osha paytlari men hali o'quvsiz va ishonchsiz edim hato qilishdan qo'rqar edim ammo hozr bunday narsalarga o'rganib ketganman sizni deb hammasi Otajon
10 daqiqadan so'ng og'riqlar vaqtinchaga yoqoladi va Liana ayolga do'ri va giyohlar yozib beradi.
— Men sizga bir nechta dorilar yozib berdim. Shengdihuang”, “Jinyinhua” va “Zicao” aralashmasi tanani sovutadi, terini tozalaydi. Kechasi esa “Lianqiao” bilan yuvilsa, qichishish pasayadi. Uch kun ichida o‘zgarishni sezish kerak.
Bola endi biroz yengil nafas olmoqda. Ayol minnatdorlik bilan Liananing qo‘lini siqadi. Ko‘zlarida yosh, yuragida umid. Ayol bosh irg‘ab minnatdorchilik bildiradi. Bola endi Lianaga qarab jilmayadi. Ularning ortidan eshik yopiladi. Hovlida sukut. Liana va Yuwen sekin orqaga qarab yurishadi.
— Barakalla qizib sen yana bir marta inson hayotini saqlab qolding
— qo'ysangizchi otajon meni ortiqcha maqtab yuborayabsiz u oddiy kasallik har qanday tabib davolay olardi buni. Ha aytgancha ertaga Akam Namjoon safardan keladi ularni 1 oy ko'rmadim juda sog'indim
— Ha o'g'limni men ham sog'indim hech uyda o'tirmaydi bu bola
— Otajon ahir akam imperatr jangchilarini bosh qomondoni bo'lsalar ishlari ko'p bo'lishi tabiyda
— Doim akangni tarafini olasan. Shunday erkalatib yubording-ki, endi u o‘zini g‘alaba tojini kiygan qahramondek tutadi. Ahir oilasini ham o‘ylashi kerak-ku. U esa doim xizmatni ro‘kach qilib, uyga kam keladi
— Ahir Otajon akam bizni himoya qilish uchun tunu kun tinmasdan ishlaydilar ularni ham to'g'ri tushuningda
Sahna: Imperator saroyi – Tashqi saroy hovlisi, tong otishi bilan
Saroyda vahimali sukunat. Shahzoda Kim hushsiz holatda yotibdi. Yuziga g‘alati oqarish tushgan, og‘zi atrofida qoramtir izlar bor. Bir nechta saroy tabiblari sarosimada
Imperator (taxtdan sapchib turib, qahr bilan baqiradi):
— Kim jur’at etdi?! mening o‘g‘limga zahar berishga Sizlar qayerga qarayapsizlar, a?! Kuppa kunduzi, saroy ichida, hammangizning burningiz tagida shunday jinoyat sodir bo‘lyapti!
Qo‘riqchilar bosh egib, javob qilishga jur’at etishmaydi. Nihoyat, biri ohangsiz ovozda gapiradi.
— Bizni kechiring olampanoh bu bizning aybimiz biz albatta j8noyatchini qo'lga olamiz
— Toping uni!! Menga darrov olib keling! Aks holda, sizlarning ham boshlaring tanangizdan judo bo‘ladi!
Saroydagi barcha tabiblar shaxzodani tekshirishdi ammo hech biri bu qanday zahar ekanini topa olmadilar
— Bu nima degan gap?! Shuncha tabib, shuncha bilim... hech qaysingiz bitta zaharni aniqlay olmaysizmi?
Tabiblar bosh egib jim turishadi. Faqat bir tabib sekin oldinga chiqadi.
— Hazrati Oliylari... bu zahar biz ilgari ko‘rmagan turga o‘xshaydi. U juda noyob zahar, biz ilgari bunday zaharni ko'rmaganmiz
— Nimaaaa ahir saroy tabibisiz bilmayman deganingiz nimasi
Bosh tabib yerga yotib tazim qildi: Meni kechiring Olampanoh bu mrning aybim
Saroy bir zumga jimib qoladi. So‘ng shahzodaning yaqin yordamchisi tez yurib kiradi.
Yordamchi (tez, xurmat ila):— Janobi oliylari... men bir kishini topdim. Bu tabib Sarkarda Kimningni otalari. U saroydan uzoqda yashaydi. U ko‘plab noyob kasallik va zaharlar ustida ishlagan. Ismi – Yuwen.
— Buyuraman darhol menga osha tabibni olib keling...
Keyingi sahna: Saroy ichki hovlisi – biroz vaqt o‘tib
Yuwen saroyga yetib keladi. U shahzodaning holatini diqqat bilan tekshiradi, ammo yuzidagi ifoda og‘ir.
— Bu... men ilgari ko‘rmagan murakkab zahar. Buni hozircha aniqlay olmayman...
— Bu nima deganing?! Senga ishonib chaqirgan edim, ammo sen ham ojizmisan?! Bu holat sening nomingga dog‘ tushiradi! Saroyda bu zaiflik uchun joy yo‘q. Boshini tanasidan judo qilinglar
Bu yerda Liana to‘satdan orqadan kirib keladi. Ovoz qattiq, yuragi hovuchida.
Liana (katta jasorat bilan):— Janobi oliylari, iltimos! Otamni jazolamang. Menga uch kun bering. Uch kun ichida men zaharning aslini davosini topaman
— 3 kun deysanmi Shaxzodaning hayotini bir o'quvsiz yosh qizga ishonishim kerakmi
— Menga ishoning zoti oliylari men albatta bu zaharni davosini topaman yosh bolishimga qaramasdan juda ko'p odamlarni davolaganman agar uddalay olmasam kallamni olishingiz mumkin
— Ho'p mayli sen aytgandrk 3 kun vaqt beraman ammo uddalay olmasang seni ham otangni ham kallangni olaman