March 12, 2025

Soya ostidagi bitim

7-QISM: SIRLI QUTQARUVCHI

Portlash xonaning barcha elektr ta’minotini ishdan chiqardi.

Namjoon yerga yiqilgancha turgan dushmanlarni eshitishga harakat qilardi. Oyoq tovushlari, baqir-chaqirlar, qurol tortish ovozi... Kimdir Nexon Corp.ning qo‘riqchilariga qarshi kurashayotgan edi

Birdan quloqni qomatga keltiruvchi jimlik o‘rnatildi.

Namjoon chuqur nafas oldi. Uning qo‘llari hali ham bog‘liq edi. U hali ham bu yerda harakatsiz o‘tirishga majburmi?

To‘satdan kimdir sekin qadamlar bilan unga yaqinlasha boshladi.

Va uning yoniga egildi.

— Tirikmisan?

Bu tovush… Namjoon tanidi. Bu Jin edi.

Rm: Jin?! — u hayrat bilan shivirladi. — Sen bu yerda nima qilyapsan?

Jin uning qo‘llaridagi bog‘lamlarni tezda yechdi.

Keyin tushuntiraman. Endi esa bu yerdan qochishimiz kerak.

Namjoon birdan esladi.

Rm: Sohyun...

S: Men bu yerdaman! — Sohyunning ovozi eshitildi. U ham yerda yotardi, lekin endi o‘zini tiklab olgan edi.

Jin unga ham yaqinlashdi va yordam berdi

Jin: Tez yurishimiz kerak. Ular qaytib kelishadi.

Namjoon atrofga qaradi. Doktor Han yo‘q edi.

Rm: Han qayerga g‘oyib bo‘ldi?

Jin bir lahzaga to‘xtadi.

Jin: U qochib ketdi. Lekin bu hozir eng katta muammo emas. Biz chiqishimiz kerak

Namjoon bir oz ikkilanib qoldi. U Doktor Hannni qo‘yib yuborishni istamasdi.

Ammo hozir… u tirik qolishni o‘ylashi kerak edi.

Jin: Xo‘p. Chiqamiz.

Jin ularni tashqariga olib chiqdi. Hodisa joyi harobaga aylangandi. Qurilmalar buzilgan, devorlarda portlash izlari ko‘rinardi. Nexon Corp.ning ba’zi qo‘riqchilari hushsiz yotardi.

Kim ularga hujum qilgan edi?

Jin xuddi Namjoonning fikrlarini o‘qiganday pichirladi:

Jin: Bu joyga men hujum qilmadim.

Namjoon to‘xtadi.

Rm: Unda bu kim edi?

Jin yelka qisdi.

Jin: Bilmayman. Lekin bu bizning yagona imkoniyatimiz.

Ular yugurib chiqish yo‘lini izladi.

Rm: shoshmaglar EX-09 nusxasi yo‘qolgan u qayerga ketti Agar nusxa qochib ketgan bo‘lsa… u qayerda?

Namjoon yuragida vahima his qildi.

Jin uni qo‘llaridan ushlab, shoshilishga majbur qildi.

Keyin o‘ylaysan. Tez yur!

Namjoon oxirgi marta ortiga qaradi. Bu joyda sirlar juda ko‘p edi. Lekin hozir tirik qolish muhimroq.

Havo sovuq, osmon esa tun qorong‘isidan-da qorong‘iroq ko‘rinar edi.

Jin Namjoonni yetaklab borarkan, past ovozda gapirdi:

Jin: Bu joy juda tez orada xavfli bo‘ladi. Qochishimiz kerak.

Namjoon bir lahzaga to‘xtadi.

Rm: ammo biz nusxani topishimiz kerak

Jin norozi ohangda javob berdi:

Jin: Bu haqda hozir o‘ylash vaqti emas.

Ammo u men bilan bog‘liq, Jin! — Namjoon jahl bilan gapirdi. — Agar Nexon mendan mukammalroq nusxa yaratgan bo‘lsa, va u hozir erkin bo‘lsa, bu faqat men uchun emas, balki butun dunyo uchun ham xavf tug‘diradi!

S: Men EX-09 bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaganman… — u ohista gapirdi. — U shunchaki nusxa emas.

Namjoon unga tikildi.

Jin: Nima demoqchisan?

Sohyun nafasini rostlab, so‘zida davom etdi

S: Nexon Corp. EX-09 ning aqliy salohiyatini oshirish uchun sun’iy intellekt bilan uyg‘unlashtirdi. U ham xuddi sen kabi fikrlaydi, lekin undan-da tezroq, undan-da oldinga harakat qiladi.

Namjoon hushyor tortdi.

Rm: Ya’ni, u o‘z qarorlarini qabul qilishi mumkin?

Sohyun sekin bosh irg‘adi.

S: Ha. U endi shunchaki tajriba obyekti emas. U erkin.

Namjoonning yuragi tez ura boshladi.

Jin: Agar EX-09 hozir yo‘qolgan bo‘lsa… u nimani rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin?

Jin shubhali ravishda yoniga qaradi.

Birdan atrof sukunatga cho‘mildi.

Rm: Bu juda g‘alati… — u shivirladi. — Agar Nexon bizni quvlamasa…

Jin: Bu degani, ular bizdan ko‘ra kattaroq muammo bilan shug‘ullanishyapti.

SHU PAYT!

Yuqoridagi yoritgichlar miltilladi. Shamol kuchaydi. Elektr maydoniga o‘xshash g‘alati to‘lqin havoni larzaga soldi.

Va...

BIR KISHI ULARNING OLDIDA PAYDO BO‘LDI.

EX-09

Namjoon o‘zining nusxasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tikildi.

Uning yuzi xotirjam edi. Hatto juda sovuq…

EX-09 lablarini sekin qimirlatdi:

Ex-09: Mening asl nusxam.

Namjoonning butun tanasi taranglashdi.

Rm: sen....

EX-09 jilmaydi. Bu jilmayish insoniy emasdi.

Jin Namjoonning oldiga chiqdi.

Orqaga chekin. Bu narsa bizni yo‘q qilishga kelgan.

EX-09 bosh chayqadi.

Ex-09: Yo‘q. Men faqat bittangizni yo‘q qilaman.

U to‘g‘ridan-to‘g‘ri Namjoonga tikildi.

Ex-09: O‘z soyang bilan jang qilishga tayyormisan, Kim Namjoon?

To‘satdan havo bosimi o‘zgardi.

EX-09 hujumga o‘tdi!

7-qism tugadi

Writer: Dina