June 3, 2025

Tabibshunos🪶

4-qism

Saroy ayvoni, tushlikdan keyingi sokin payt

Malika Jisoo sochlarini yelkasidan orqaga tashlab, beparvo qadamlar bilan ayvonda yurib ketayotgandi. Quyosh yorug‘i silliq marmar polga tushar, havoda giyohlar hidi aralash iliq shamol sezilar edi.

Ayvon chetida xizmatkorlar pichirlab suhbatlashardi, ularning ovozi Jisoo qulog‘iga eshitildi va Jisoo ularni gaplariga quloq tutti.

— Eshitdingmi? Liana degan tabib qiz, hech bir tabib aniqlay olmagan zaharni tuzatibdi. Shaxzoda Kimning ahvoli endi ancha yaxshi ekan!

— Bu juda g‘alati emasmi? Yangi kelgan, hech kim tanimaydigan bir qiz qanday qilib bunday murakkab zaharni davolay oladi? Kim bilsin… balki zaharni o‘zi qo‘shgandir…

— Yo‘q, bunday deyish noto‘g‘ri. Axir u qiz saroyga endigina keldi. Yuzida ham yovuzlik yo‘q. Aksincha, halol va soddadil ko‘rinadi...

— Bilmayman... Saroyda hech nima tasodifiy emas. Har narsa bo'lishi mumkin. Odamlardan har narsa kutsa bo'ladi.

Malika Jisoo – yuzidagi tabassum sekin yo‘qoldi. Qoshini biroz uyib, uzoqqa tikildi. Ko‘zlarida mayin shubha zarrasi chaqnadi.

— Nahotki u.....

Saroy ichki bog‘i, Shaxzoda Kimning xonasiga olib boruvchi yo‘l

Liana Shaxzoda Kim uchun maxsus dorivor damlamani ehtiyotkorlik bilan ushlab, shaxzoda Kimning oldiga yo‘l oldi. Uning yuragida xotirjamlik bor edi, dorilar o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan, shaxzodaning ahvoli sekinlik bilan yaxshilanayotgan edi.

U marmar yo‘lakda yurganida, qarama qarshi tomondan Malika Jisoo ko‘rindi. Har bir qadami mag‘rur edi. Liana uni ko‘rishi bilan zudlik bilan to‘xtadi, bosh egib tazim qildi.

— Salom, Malika hazrati oliyalari ...

Malika Jisoo uni ko'rishi bilan to'xtadi va yoniga sekingina yaqinlashdi...

— Agar akamga, Shaxzoda Kimga ozor yetkazishga urinsang... seni bu saroydan tirik chiqarishmaydi.

Va shu gaplarni gapirib Lianani yelkasidan turtib o'tib ketti. Liana esa bu gaplarni eshitib hayron qoldi

— Men faqat yordam bermoqchiman… Nega buni tushunmaydi?

Liana o'ziga o'zi gapirib Shaxzoda Kimni honasiga kiradi Shaxzoda hali ham hushsiz yitardi liana honani tartibga keltirib honani shamollatdi. Keyin esa bugungi maxsus dorisini olib shaxzodaning lablariga sekin tekkizib ichira boshladi.

Liana uyiqdan buyoqqa yurar Kuni bo'y Shqxzidaning tepasida girdi kapalak bolib qarar edi qon bosimini tekshirardi.

Shom vaqti kelgach Liana dori idishlarini tartibga keltirayotgan vaqti. Birdan Shaxzoda Kim hushiga kela boshladi. U sekin ko'zlarini ochdi va o'rnidan turishga harakat qildi va atrofga ko't tashladi

Va Lianani ko'rdi.

Shaxzoda Kim (jahli bilan, tovushi baland):

— Sen? Sen bu yerda nima qilyapsan?! Kim seni bu yerga kiritdi?! Kimsan...

Liana dovdirab qoldi, o‘rnidan turdi:

— Men... Men faqat sizga yordam berish uchun...

— Yana qanaqa yordam...Kim bo'lsang ham buyerdan chiqib ket...Yo'qoool

Liana hech bir so'z demasdan narsalarini tezda yig'ishtirib xonadan chiqib ketdi

— Nima balo bu saroydagilarni hammasi aqldan ozganmi...manimcha bu oilani qonida shu kasallik bo'lsa kerak. Men faqat yordam beriahga harakat qilayabman. Nega hammasi yaxshilikni tushunmaydi.


Birozdan si'ng Shaxzoda Kimning hushiga kelganu butun saroyga shaqmoqdek tarqala boshladi va barchalari bu habarni eshitib tezda Shaxzoda yotig'iga kelishdi

Imperatr Kim, Malika Meilin, Malika Jisoo va valiahd shaxzoda Jungkook ham shuyerda edi

Imperatr: o'g'lim nihoyat hushingabkelding ho'sh ahvoling qanday

— otajon men yaxshiman

M. Meilin: o'g'lim Taehyung ho'sh o'zingni qanday his qilayabsan hech qayering og'rimayabdimi, kim...kom seni bu ahvolga soldi

— onajon onajon men yaxshiman havotir olmang hammasi yaxshi sizlarni havotirga qo'yganim uchun kechiringlar.

M. Jisoo: akajon nega bunday deysiz siz emas sizni shu ahvolgan solganlar uzur so'rashsin. Sizni yana sog' omon ko'rib turganimdan juda ham hursandman

Valiahd.Jungkook: ahvoling ancha yaxshiga o'xshayabdi ukajon. Jang sanatida menga munosib raqib qolmadi deb qo'rqib turgandim ( kuladi )

— Qo'rqmang akajon akajon mendan o'zib ketolmaysiz hatto zahar ham meni to'xtatib qola olmaydi.

📍Kechki payt. Shaxzoda Taehyungning xonasi

Shaxzoda Taehyung stol oldida, og‘ir nafas olib, saroydagi hujjatlarni ko‘zdan kechirayotgandi. Shu payt eshik engil taqillaydi. U boshini ko‘tarmasdan gapirdi:

— Kim bu...

Eshik ochiladi. Oppoq libosdagi Liana xonaga kirib keldi. Qo‘lida kichikroq mis idishda bug‘ chiqarayotgan dori bor.

— Men senga kirishinga hursat bermadim

— Uzur so'rayman Zoti oliylari doringizni olib kelgan edim

Shaxzoda Kim boshini ko'tarib unga qaraydi va Lianani kotib darhol tanidi

— Sen nega yana buyerdasan men seni haydab yubirmaganmidim

— Kechirasizuu ammo men sizni shaxsiy Shifokoringizman sizni to'liq tuzatmasdan buyerdan ketolmayman

— Menga nma qilishni o'rgatma. Buncha betgachopar bolmasang nima boshingdan ayrilishni hohlaysanmi??

— Oldin dorilaringizni ichib oling keyin xoxlasangiz boshimni olaverasiz

Shaxzoda Taehyung biroz jim turib o'ylanadi va yana so'z boahlaydi...

— Seni buyerda oldin ko'rmaganman qachondan beri saroydasan

— 3kun avval to'shakda o'lim bilan kurashayotganingizdan beri shuyerdaman

Liana stol ustiga dori idishni qo'yadi va yana Shaxzodaga qaraydi

— Dorini issiqligida ichgan yaxshi sovib qolgandan keyin tasiri bo'lmaydi

— ishing tugagan bo'lsa ket...

— Namuncha ket ket deyaverasiz, nma balo odamlarga allergiyangiz bormi deyman

— Nimadir dedingmi...?

— Yo'q mana ketyabman deyman. Yaxshi dam oling oliy hazratlari

Deb Liana eshikni orqasidan yopib chiqib ketadi.

— Toba bundan battar vaysaqi odam bo'lmasa kerak ( o'ziga o'zi gapiradi )

— Shaxzoda ichkarida turib ( ESHITIB TURIBMAN )

Liana Shaxzodani gapini eshitib tezda qochib ketadi va o'zi uchun ajratilgan uy oldida sayr qiladi. Allaqachon tun kirgandi Liana hovlida ismonga qarab nimalarnidir hayol surayotgan vaqt, Valiahd shaxzoda orqasidan gapiradi

— Hey zahar qiz nimalarni hayol surayabsan...

Liana qo'rqib ketib tezda ortiga qaraydi

— Siz..siz...qachondan beri buyerdasiz

— Taxminan 10 daqiqadan beri

— Nima siz uyalmaysizmi odamlarni chetdan kuzatib turishga

— hoy hoy hoy meni kim deb o'ylayabsan aaa. Qolaversa sen hursand bo'lishing kerak mendek odamning nazari senga tushganidan

— Nima begona bir erkak 10 daqiqadan beri meni yashirincha kuzatib turgani uchun hursand bo'lishim kerakmi

— Nimaaa men qayerdagi bir begona erkak emasman kimsan Valiahd Shaxzodaman

— Unda men Yuan sulolasini oxirgi avlodiman...

— O'zing zaharsan tiling o'zingdan ham battar ( kinoya bilan )

— Allaqachon kech bo'ldi shu soatda Valiahd uhlashi kerak emasmi? Yoki nima borib yotog'ingizga yitqizib kelishimni kutayabsizmi

Shaxzoda Jungkook qo'li bilan og'zini berkitib

— Sen...nmaa Valiahdga ko'z tikayabsanmi,

Liana bu gaplarini eshitib shoshib qoldi va tezda munosub javob qaytardi...

— Hudo asrasinaaa bu buzuqi hayollaringuzdan nimalar o'tayabdi. Qolaversa qo'rqmang mening didimga to'g'ri kelmaysiz

— Nimaaa meni buzuqi deyabsanmi

— Yo'q o'zimni gapirayabmanm sizdek ulug' zotga bunday deyishga haddim sig'armidi

— Ha mayli ketdim uhlayman

— pichirlab: Husoga shukur ketganinguz rost bo'lsin

Shaxzoda ortiga qarab qo'yadi Liana esa tezda yuzini tog'irlab yolg'ondakam kulib qo'li bilan hayirlashadi

📍Tong otdi. Saroy majlislar zali...

Imperator taxtda o'tirar chap tomonda Malika Meilin va o'ng tomonda ikki Shaxzoda va Malika Jisoo turardi. Imperator o'tirgan xolda soqchilardan biriga gapirdi yuzida g'azab va qahr bilan...

— Ho'sh hoinni aniqladingizmi...

— Albatta olampanoh bu odam sayor oshpazi Sungjo ekan. Uni bugun erta tongda qochib ketayitgan payti tutib oldik

— Hoziroq huzurimga olib keling...

Soqchi tazib qildi va tashqariga chiqib oshpaz Sungjoni sudrab olib kelishdi Oshpaz Sungjo yerda tiz cho‘kib, boshini egib turardi. Ko‘zida yosh, butun tanasi titrardi. Atrofni qattiq sukunat bosgan, faqat yurak urish tovushi eshitilayotgandek. Hamma unga qarab turibdi.

Shu payt… Imperator zinalardan qadam bosib pastga tushadi. Nigohi o‘tkir, yuzi sovuq. Saroy ahli jim bo‘lib qoladi.

— Nima sen shaxzodaga zahar berishgacha boradigan qo'rqmas bo'lib qoldingmi? Qanday hadding sig'di o'g'limga zahar berishga

Oshpaz (tiz cho‘kib, yalina boshladi ):

— Olampanoh, iltimos... Iltimos, meni kechiring... Menda ayb yo‘q! Menga.. tahdid qilishdi! Shaxzodam o'timnaman menga raxm qiling o'tinaman meni o'ldirmang

Ammo Shaxzoda jim qarab turardi

Imperator (yaqin kelib baqiradi):

— Kim?! Kim jur’at etdi mening saroyimda, mening o‘g‘limga suiqasd qilishga?! Gapir! Aks holda sening tilingni kesaman!

Oshpaz (qaltirab, yalinib):

— Kechasi... kechasi bir odam keldi. Yuzida niqob, ustida qora kiyim kiygandi. U... u qo‘limga bir shisha idish tutdi. Aytdiki, agar uni Shaxzoda Kimning ovqatiga solmasam... oilamni ko‘mishga tayyor turgan odamlar bor ekanini aytdi... Ular meni kuzatayotganini aytdi... Men...men...qo‘rqdim...iltimos menga shavqat qiling Shaxzodam meni kechiring

— Axmoq quyonyurak. Sendek qo‘rqoqlardan bu saroyda hech kimga foyda yo‘q, olib ketinglar va boshini tanasidan judo qilinglar

— Iltimos... iltimos, hazrati oliylari... meni kechiring... men bilmasdan qildim... meni o‘ldirmang... jonimni olmang shavqat qiling Shaxzodam meni kechiring... iltimos...

Ammo uni gaplariga hech kim etibor bermadi va soqchilar oshpazni olib ketishdi

Valiahd shaxzoda (sekin pichirlab):

— Bu oddiy suyiqqasd emas. Ichimizda dushman bor.

Jisoo (katta ko‘zlarini qisib):

— Bu endi oila emas, jang maydoniga aylanib qoldi...

Malika Meilin ( hayrat bilan ):

— Kim o'ylabdi deysiz shunday sariy oshoazi Shaxzodani joniga qast qiladi deb. Yaxshiyam osha tabib qiz bir ekan bo'lmasam nima bo'lardi...bechiragina o'g'lib bir o'libdan qoldi..

— Hazrati oliylari zutlik bilan osha niqobli odamni topishingizni hohlayman o'g'limni joniga suyiqqasd qilishni jazosi o'lim bo'lishi kerak

Imperatr o'rnidan turib Soqchilarga farmon beradi

— Zudlik bilan hamma joyni tekshitib surishtirib osha kecha kim qayerda bo'lganini aniqlab osha hoinni menga olib kelinglar

Soqchilar tazim qilib ( Ho'p bo'ladi olampanoh buyrug'ingiz bosh ustiga )

4-qism tugadi.