June 1, 2025

TABIBSHUNOS🌱

3-qism

Saroy minorasida quyosh tobora cho‘ka boshlaganida, Liana qalin giyohlar va parchalanib ketgan yozuvlar bilan to‘lib-toshgan stol ustida titrayotgan barmoqlari bilan ishlashda davom etardi. Ko‘z osti ko‘kargan, lablari qurigan edi oxirgi ikki kecha deyarli uxlolmagandi.

— 6 soat... faqat 6 soat qoldi…

Uning qarshisida esa uchta alohida idish:

1. Shengdihuang dan tayyorlangan dori.

2. Zicao ni qaynatmasi.

3. Va yangi sinab ko‘rilayotgan Qi Leng bargi bilan Yuye ildizi aralashmasi.

Biroq natija yana umidsiz edi. U sinov qilingan qon namunasi ustida ishlayotganida, yana o‘sha belgilar — qonning ichki haroratini ko‘taruvchi va asab tizimini paraliz qiluvchi zahar o‘z kuchini yo‘qotmagan edi.

Liana chuqur nafas oldi. Unga bosim qilayotgan vaqt emasdi, balki shaxsiy javobgarlik, imperator oilasining ishonchi, hatto o‘zining ichki qo‘rquvi uni bo‘g‘ayotgan edi.

— Men bu zaharni hech qayerdan uchratmaganman. Hech narsa yordam bermayabdi, agar 6 soat ichida ziddizahar topolmasam otam va men o'lamiz

U derazadan tashqariga qaradi. Quyosh saroy minorasining uchi ortidan sekin g‘oyib bo‘layotgandi.

Shu payt Imperator yordamchisi Bay Xu Liana tomon keladi. Uning nigohi sal sovuq, vaziyat jiddiyligini aks ettirib turardi.

— Oyim qiz Liana ziddi zahar tayyormi

— janob men hali ziddi zaharni yarata olmadim hali yana 6 soat vaqt bor iltimos imperatr yana biroz kutib tursinlar

— Liana xonim agar ziddi zahar vaqtida tayyor bo'lmasa imperatr ikkingizga ham raxm qilib o'tirmaydi

— men..men albatta topaman vada beraman

— Unda men vaziyatni imperatr zoti oliylariga yetkazaman

Ikkisi bir biriga tazim qilidi va Yordamchi ketdi. Liana nima qilishini bilmasdi uyoqdan bu yoqqa tipirchilar har bir olgan bilimlarini sinab ko'rardi.

Yuwen shaxzoda kimga qarardi. Shaxzodani borgan sari ahvoli yomonlashardi tinmay qon yo'talar lablari ko'karib ketgandi. Va oldiga Imperatr keldi bu manzarani ko'rib asabilashdi

— o'g'limni ahvoli borgan sari yomonlashmoqda qizing hali ham ziddi zaharni tayyorlay olmadimi

Yuwen o'rnidan turib endi gap boshlamoqchi bo'lganda yordamchi Bay Xu honaga kirib keldi va tazim qildi

— Zoti oliylari omon bo'lsinlar ( tazim qilib )

— Boshingni ko'tar Bay Xu nima gap

— Liana xonimni oldilariga borgan edim ammo hali ham ziddi zahar tayyor bo'lmagan ekan. 6 soat vaqt qoldi biroz kutib tursin deb aytib yubordi

— Nimalar deyabsan buyerda o'g'lim o'lim bilan olishim yotibdi. Bunaqasi ketmaydi unday bo'lsa Otasini zindonga tashlang agar 6 soat ichida dori tayyorlamasa ikisini ham o'ldiraman

Saroy zindoni. Tor va qorong‘i. Temir panjaralar ortida Yuwen o'tirardi Sochlari biroz to‘zg‘igan, ko‘zlarida dard. Oqsoqollar tepasida doimo faxr bilan turgan ustoz endi tosh devorlar ichida.


Tinchlik ibodatxonasi (静和祠 — Jìng Hé Cí)

Saroyning orqa tomonida joylashgan Tinchlik ibodatxonasida Malika Meilin ibodat qilib hudoga dod solar edi. Orqasida ikkita hizmatkorlar turardi, Malika Meilin esa ibodatxona markazida tiz chokib yig'lardi.

— Ey hudoyim o'tinaman o'g'limni saqlab qol sendan o'tinaman o'g'limni olib qo'yma, bilaman gunohlarim ko'p ammo jazolash kerak bo'lsa nega meni emas beayb o'g'limni jazolayabsan u hali hayotni to'laqonli ko'rmagan yosh boshi bilan unga bu sinovlarni berma.

Ko'zlarida yosh bilan yerga tiz cho'kdi orqasidagi hizmatkorlardan biri oldiga yugurib kelib...

— Zoti oliyalari iltimos o'rningizdan turing...Zoti oliyalari...

Malika Meilin hizmatkorni qo'llaridan sekingina ushlab o'rnidan turdi...

— so'z beraman agar o'g'lim bu olamdan ko'z yumsa o'zim bilan qo'shib bu saroyni ham yo'q qilaman...

Liana juda charchagan. U allaqachon umidsizlikning chetiga yetgan. Stol ustida ochiq papkalar, giyohlar, dori idishlar u yig'i aralash gapiradi:

— Ey hudo menga bittagina bo'lsa ham bir belgi ko'rsat menga yordam ber, otajonimni qutqarishimga yordam ber

U ko'zlarini yumgancha hayol surardi. Shunda birdan chap bilagida yorug'lik paydo bo'lib, sakura guli shaklidagi belgi paydo bo'ldi ammo Liana buni sezmadi chunki ko'zlari yumiq holatda edi.

Keyin birdaniga Liana bir kutibxonaga tushib qoladi atrifda juda ko'p kitob javonlari bor edi. Liana nima bo'layitganiga umuman tushunmasdi.

— Bu yana qanaqa joy nima men tush ko'rayabmanmi

Keyin oldiga bir kitob uchib kelib havoda muallaq xolatda turadi. Kitobni ustida Og'ular kitobi deb yozilgandi Uni ochgan zahoti sahifalar o‘zidan o‘ziga ochila boshlaydi. Va bir sahifada to'xtaydi

📜 “Yashil Moya Zaxari” — sehrli elementlardan tayyorlangan, qon hujayralarini yemirib, yurak urishini sekinlashtiradi. Yagona ziddizhar — Suyan ildizi, Lotos gul changi va Qora dolcha ildizi.”

— bu zaharni belgilari Shaxzoda Kimniki bilan bir xil nahotki bu kitobda har hil zaharlar turi yozilgan bo'lsa.

Liana hech narsaga tushunmasdi ammo zaharni turini topganidan hursand edi

— Suyan ildizi va qora dolcha ildizini o'zimizni bozorlardan topsa bo'ladi ammo Lotos guli changi juda noyob buyerlarda juda kam uchraydi topish qiyin

Liana birdan ko'zlarini ochadi Shoshilinch qadamlar bilan zindon tomon yo‘l oldi. Sard qamrovli zindon eshigi oldiga yetgach, soqchilar unga yo‘l ochdilar. O‘sha yerda, temir panjaralar ortida, tosh tagida, otasi Yuwen jim, lekin sokin o‘tirardi.

— Otajon.....

— Liana... nega bu yerga kelding, tong otmagan bo‘lsa?

— otajon men ziddizaharni topdim

— rostanmi ammo qanday qilib...

— Bilmayman bu huddi tush kabi edi. Menga kerakli giyohlarni shuyerdan yopa olaman ammo lotos guli changini topish juda qiyin uni qayerdan topsam bo'ladi

— Shundaymi? Men bir joyni bilaman uyerda yo'q giyohlarni o'zi yo'q. Nomi adashmasam "SHAFFOF GIYOHLAR" vodiysi.

— Shaffof giyohlar vodiysi? U qayerda

— Saroydan sharqda qora qoyalar ortida, Xuqing davlati chegarasiga yaqin, xavfli va sirli hududda joylashgan. Ammo uyer zaharli tuman bilan himoyalangan, u zahardan bir marta nafas olsang kifoya ahu zahoti o'lasan

— Tushunarli hozr menda 6 soat vaqt bor u joyga borib kelishim 4 soatni oladi shoshilishim kerak

— Ammo Liana o'timana qizim ehtiyit bo'l

— Ho'p boladi otajon mendan havotir olmag.

Zindondan chiqib kelgan Liana otasining so‘zlarini yuragiga tugib, to‘xtovsiz yurardi. Tog‘lar etagida, qora archalarning ostida, g‘ira-shira tuman boshlangan joyda u nihoyat Shaffof Giyohlar Vodiysiga kiraverishga yetib keldi. Uning oldida oppoq tuman g‘uvillab aylanar, go‘yo uni ogohlantirganday harakatlanardi. Havo achchiq va keskin edi.

— Demak shu joy ekanda...

U sumkachasidan bitta qora dumaloq dorini olib og'ziga soladi va ikki qoya o'rtasidagi yo'ldan sekin vodiyga kiradi. Ammo vodiyni kirish qismidagi yerda ingichka ip tortilgan edi Liana u ipni bosib o'tdi va vodiy egasini uyida qo'ng'iroqcha chalina boshlandi

— demak vodiyimga mehmon tashrif buyuribdi

Liana yo'lda ketaverarkan bir toshga chalinib yiqilib tushadi

— Demak vodiyimga ruxsatsiz kirgan odam sen ekansanda

Liana sekin o'rnidan turib yigitga qaraydi

— Zaharli to'siqdan o'tib olish uchun nima yeganding

— men..men nega endi buni sizga aytishim kerak ekan

— Tozalangan zahar, hidi o'ziga hos, zaharlarni tushunasanmi

— albatta tushunaman.

— Ho'sh meni vodiyimga nima yetaklab keldi seni

— men Lotus guli changini izlab kelgan edim. Sizni vodiyingizda bor deyishdi. Menga osha giyohni bera olmaysizmi

— Seni tanimasam nega shunday noyob giyohni berib yuborishim kerak senga

— kimgadir yordam berish ibodatdan ham ortiq deyishadiyu, farishtaga o'xsharkansiz iltimooos mendey qizga yordam bersangiz beribsizda

— Ho'p mayli ammo bir shartim bor !

— Qanaqa shart?

— Vodiyimdagi 3ta eng noyob zaharlarni topishing kerak. Aychi Guli, Heizi O’ti va Honyo yog'ini topishing kerak

— ichida: qanday tasodif Aychi gulini anchadan beri qidiraman u qandayligi va qayerda o'sishini yaxshi bilaman ammo qolgan ikkisi....

— nima qo'rqayabsanmi ?

— Nima hechdaa ularni bir deganda topaman

Liana darrov bu zaharlarni qidirishga tushib ketti

— Aychi guli o‘ta nozik binafsha-yashil rangli gul zaharli chang chiqaradi. Faqat tungi namlikda ochiladi. Barglari oppoq ko‘rinishda bo‘ladi, changlari esa inson nafas yo‘llarini falajlaydi. Faqat oy nurida ochiladigan bu gul, sokin va sovuq tog‘ bag‘rida, shamol esmaydigan joyda o‘sadi

— Mana u bu zaharni bir deganda topdim

— qoyil birinchi zaharni juda tez topding ko'ramiz qolgan ikkitasini ham topa olarmikansan

— Qorazira o‘ti asosan qora ildizli, sersuv, o‘tkir hidli bo‘lib, faqat zilzila sodir bo‘lgan yerda, yer yoriqlarida paydo bo‘ladi. Uning bargi yong‘oqqa o‘xshash kleyka modda ajratadi. Ushbu o‘tning suvi tanaga kirganda kuchli uyqu va galusinatsiyaga olib keladi.

— va men buni ham topganga o'xshayman

Liana o'tni qo'lda ko'tarib Vodiy egasiga qarab kuldi

— Buni ham topganinga ishonolmayabman. ho'sh endi ohirgisi qoldi

Liana engashib giyohlar ichini qidirardi

— Honyo yog'i maxsus “Qorakum Ildizi” deb nomlanuvchi ildizdan siqib olinadi. Uning ekstrakti tiniq va sarg‘ish, lekin hidi yo‘q. Bir tomchisi ham tanaga tegsa, tananing ichki tizimida zaharli fermentlar ishlab chiqariladi. Faqat maxsus “Suzuvchi Qush Ko‘li” atrofida o‘sadigan o‘simlikdan olinadi va buni ham topdim

— qoyil qoldim barchasini topding ochig'i barchasini topiahinga shubham bor edi

— Barchasini topgan ekanman vada qilganingdek menga Lotus guli changini bering

Oradan 5 daqiqa o'tgach vodiy egasi Gul changni olib keldi

— katta raxmat endi men bora qolay

— Vodiyimga yana kelib tur

Qorong‘i osmon ostida, Liana chang bosgan giyohlar bilan to‘la qopni mahkam quchgancha, saroy darvozasidan yugurib kirib keldi. Uning yuzida charchoq, ammo ko‘zlarida qat’iyat porlardi.

— “Faqat ikki soat... Men buni uddalayman. Shaxzoda Kimni qutqarishim shart!” – deb pichirladi Liana.

Liana avval Lotus guli changini mayin elakdan o‘tkazdi.

U giyohlarni qadimiy kitobda o‘qigandek qat-qat qilib qo‘shdi. O‘rtada haroratni saqlab turdi, va nihoyat — so‘nggi tarkib: Suyan ildizi va Qora dolchani ezib, damlamaga qo‘shdi.

Qora tusdagi dori asta-sekin tiniqlashdi. Ichidan binafsha nur taraldi.

— “Bo‘ldi... Bu dori tayyor!”

Shaxzoda Kimning yotoqxonasi:

Imperatr, Malika Meilin malika Jisoo va hatto Valiahd Jungkook ham ichkarida edilar.

Shaxzoda kimni sariy tabibi tekririb ko'rdi. Barchalari umid bilan qarab turishardi

— Olampanoh shaxzodani vaqti tugayabdu agar 15 daqiqada dori bermasak u o'ladi

— Nimalar deyabsan o'g'lim o'lmaydi

— Azizm u qiz dori tayyorlay olmaydi uni o'ldirishimiz kerak

— Yaxshi unda hoziroq ikkisini ham kallasini olinglar

Birdaniga eshik ochilib ichkariga Liana baqirgancha kirib keldi

— TO'XTANG men...men dori tayyorladim

Liana ziddizaharni olib shaxzodaning yoniga bordi va boshini ko'tarib sekingina dorini ichirdi. Idishdagi dori tugamaguncha ichirishda davom etdi va sekingina joyiga yotqizdi.

Oradan 10 daqiqa o'tgach saroy tabibi Shaxzodani tekshirib ko'rdi

— Olampanoh shaxzoda Kimning ahvoli yaxshilana boshladi. Xavf ortda qoldi

Imperator Liananing qarshisiga keldi. Avval unga chuqur tikilib turdi. So‘ng ohista bosh egdi.

— Sen farzandimni, mening yuragimni saqlab qolding. Rahmat senga

Malika Meilin esa ko‘zlariga yosh oldi

— Raxmat shart emas olampanoh men shunchaki burchimni bajardim holos.

Liana qo‘lida yozuvli varaqlar bilan chiqdi.

— Bu yerda barcha zarur giyohlar ro‘yxati bor. Men 3 kunlik muolaja yozdim. Uni aynan vaqtida berish kerak. Shunda shaxzoda to‘liq sog‘ayadi.

Doktor Han bosh irg‘ab, ro‘yxatni olib ketdi.

Imperator orqasiga o‘girildi va ovozini baland qildi:

— Zudlik bilan Yuwenni ozod qiling!

Saroy soqchilari bosh egib, zindon tomon yo‘l olishdi. Liananing yuragi hapriqib urar edi. Ko‘zlarida yengillik, yuragida – shukronalik.


Allaqachon tong otgan liana saroy hovlisida otasini kutardi va birdaniga bilagidagi gulli belgiga ko'zi tushdi va hayron qaradi

— Bu bilagimda qayerdan paydo bo'lib qoldi qiziq

Liana o'yladi va uzoqdan tanish ovoz eshitildi, Liana orqasiga o'girilganda otasini ko'rdi va yoniga yugurib quchoqlab oldi

— Otajon yaxahimisiz hech qayeringiz lat yemadimi?

— Mendan xavotir olma qizim menga hech narsa bo'lmadi

— Otajon men Shaxzodani saqlab qoldim ziddi zaharni tayyorladim

— Sen bilan faxrlanaman qizim, sen endi oddiy tabib qiz emas Shaxzodani o'limdan asrab qolgan chinakam qahramonsan

— Buning barchasi sizning yordamingiz biln boldi agar siz menga bilim bermaganinguzda me bu darajagacha kelmagan bo'lar edim

— Ho'sh buyerda ishlaring tugadimi

— Yo'q men hali qiladigan ishlarim ko‘p. Shaxzodani butunlay tuzalguncha yonida bo‘laman. Keyin esa... (u osmonga boqdi) qayerda yordam kerak bo‘lsa, shunday davom etaman.

— Otajon siz endi uyga borib yaxshilab dam oling men ishlarimni bitirgach albatta oldinguzga boraman

— Ho'p qizim o'zingni ehtiyot qil

Yuwen Liana bilan xayirlashib ot aravada uyiga qarab yo'l oldi Liana esa o'z ishlarini davom ettirdi.