Blue Moon 💙
Salom bu men 18 yoshli Yuri Watson. Ko‘pchilik meni ismimdan ko‘ra “Ko‘k Oy” nomi bilan taniydi. Bu laqab menga tasodifan emas, balki menga xos bo‘lgan eng ajablanarli narsa ko‘k rangli ko‘zlarim va tabiiy ko‘k sochlarim tufayli berilgan. Sababini o‘zim ham bilmayman. Ba’zilar bu qandaydir genetik o‘zgarish desa, boshqalar buni lanat deb atashadi. Lekin men bu haqda hech qachon yomon o‘ylamaganman. Aksincha, boshqalardan ajralib turishim menga yiqadi. Axir har bir inson o‘ziga xos, to‘g‘rimi?
Ammo jamiyat bunday farqlilikni har doim ham quvonch bilan qabul qila olmaydi. Ayniqsa, bolalikda. O‘sha yillar… men uchun unutilmas va bir oz og‘riqli edi. Maktabda do‘stlarim yo‘q, do‘st bo‘lishga urinayotgan odamlar meni nafaqat tushunmas, balki meni qabul qilishdan ham qo‘rqishardi. G‘alati, boshqacha jirkanch bu so‘zlar bolaligimdan meni ta’qib qilib keladi.
Men bir chetda, derazaga tikilib o‘tirganimda bolalar ataylab yonimdan o‘tib kulishardi. Ba’zida esa, ularning ko‘zlaridagi qo‘rquvni ko‘rardim. Go‘yoki men odam emas, balki boshqa olamdan kelgan mavjudotman. Vaqt o‘tib bunday muomala yuragimda qattiq iz qoldirdi. Men boshqalar bilan aloqa qilishni to‘xtatdim. Ko‘chada ham, sinfda ham, hatto bayramlarda ham faqatgina jim turgan, hech kimga yaqinlashmaydigan qiz edim.
Ammo bir inson bor edi Emmy. U meni boshqacha ko‘rardi. U hech qachon ko‘zlarimdan yoki sochlarimdan cho‘chimagan. Aksincha, ularga qoyil qolardi.
- Bu sehr, derdi u, Sen odamlarga o‘xshamaysan, chunki sening qalbing ham o‘zgacha. Bu dunyoga o‘zining nurini olib kelish uchun yuborilgansan.
Emmy bilan ilk bor 11 yoshimda tanishganmiz. U yangi o‘quvchi sifatida sinfimizga kelgandi. Boshqalardan farqli o‘laroq, u birinchi kunidanoq yonimga kelib, jilmaydi va dedi
— Menga sening sochlaring yoqdi huddi Osmonga o‘xshaydi.
O‘shandan beri biz ajralmas bo‘ldik. Emmy menga ishonch baxsh etgan, ichimdagi o‘zim ham tan olmagan kuchni uyg‘otgan yagona inson. U menga boshqalarning fikri emas, o‘zim haqimdagi fikrim muhimroq ekanini o‘rgatdi. Har safar yiqilayotganimda, u meni ko‘tarishga tayyor edi. Har safar ichimda bo‘ron ko‘tarilsa, u jimjitlik olib kelardi.
Ammo do'sligimiz ko'pga cho'zilmadi.
U menga bir yigit tufayli orqamdan pichoq urdi. Leo bizning sinfimizga yangi kelgan, hammani o‘ziga rom etgan yigit. U meni tanladi, lekin Emmy buni ko‘tara olmadi. Avvaliga u hammasi joyidaligini aytdi, ammo oradan ko‘p o‘tmay, u meni butun maktabga yomonlab chiqdi, yolg‘on gaplar tarqatdi... avvaliga nega bunday qilganini tushunmadim...keyin bilsam u ham Leoni sevib qolgan ekan va Leo mendan sovushi uchun hammaga meni yomonlab chiqqan ekan Va o'sha kundan bishlab men do'slik tugul hech kinga ishonmay qo'ydim. Men boshqa maktabga ko‘chib o‘tdim yangi hayot boshlash uchun. Bu yerda hech kim meni tanimasdi, hech kim ko‘k ko‘zlarim yoki sochlarim haqida gapirmasdi. Sinfdoshlarim deyarli menga e’tibor bermasdi, va aynan shu narsa menga hotirjamlik bag‘ishladi. Nihoyat, men oddiygina bir qizdek yashay boshladim…
Yuri maktabdan qaytayotgandi. Qo‘lida kitoblar, yelkasida sumka, soyabon esa uyda qolgan. U to‘xtamasdan yurdi, lekin yomg‘ir kuchayib borar, ko‘chalarda suvlar yig‘ilardi. Shu sababdan u yo‘l chetidagi bekatga burildi. Uning yagona istagi yomg‘ir tinishini kutib, keyin yo‘lini davom ettirish edi.
Bekat ostida esa u yolg‘iz emas edi.
O‘sha yerda, orqa burchakda bir yigit allaqachon o‘tirgan edi. U boshini biroz egib, kitob o‘qiyotganga o‘xshardi. Ko‘zlarida charchoq yo‘q, ammo sokinlik hukmron edi. U atrofga qaramas, naushnikdan bir maromdagi ohangni eshitib o‘tirardi.
Yuri unga bir oz ajablanib qaradi, lekin hech narsa demay, yigitning yoniga emas, biroz naridagiroq bo‘sh o‘rindiqqa cho‘kdi. So‘zsiz, jim.
So'ng yigit qo'lidagi kitibni yopdi va Yuri tomon boshini burdi. Yigit Yuriga boshdan oyoq nazar tashladi va Yurining ko'm-ko'k sochlarini ko'rib biroz ajablandi ammo buni sezdirmasdan so'z boshladi.
— Siz ham yomg'ir tinishini kutyabsizmi
Yuri uni muloyim gapirishini eshitib sal sovuq beetibor va yumshoq javob berdi
— Kunning bu qismida aftobus va taksilar kam yuradi... uyingiz uzoqda emasmi
— Yo'q uyim uzoqda emas... tashvishlanganingiz uchun raxmat
Qiz bilan Yigit biroz jim qolishdi keyin Yuri yon atrofga qarab
— menimcha yomg'ir hali beri tinmasa kerak piyoda ketganim yaxshi
Dedi va o'rnidan turdi sumkasi bilan boshini pana qilib yugurib ketdi...
Yigit orqasidan qarab qoldi va o'yladi...
— Ajoyib sochlar bunaqasini endi ko'rishim
Dedi va yana kitob o'qishni davom ettirdi
Yuri shamolda qaltirab, yomg‘ir ostida uyiga yetib keldi. Eski temir darvozani ochib, hovliga kirdi va tezda eshikni ochdi. Ichkariga kirishi bilan issiqlik uni qarshi oldi. Sochlaridan suv tomchilab, paltosini ilgakka ilib qo‘ydi. Uy jimjit edi otasi hali qaytmagan.
U chuqur nafas oldi, xonaga o‘tib, deraza yoniga o‘tirdi. Tashqarida yomg‘ir tinmasdan yog‘ardi. Uy ichkarisidagi ko'zgu tomon bordi va o'ziga termuldi.
— Agar men ham boshqa qizlar kabi oddiy sochlarda tug'ilganimda... bunchalik baxtsiz bo'lmasmidim. Bekatdagi bola g'alati...kimdir men bilan sochlarimni muhokama qilmasdan oddiy odam kabi gaplashishi
Ertasi kuni havo ochiq edi. Yomg‘ir to‘xtagan, atrofda toza nam hid hukmron edi. Yuri har doimgidek jim yurib maktabga keldi. Eshik oldidagi bolalar shivir-shivir gaplashar kulishar lekin hech biri unga e’tibor bermasdi xuddi u yo‘qday. Yuri bu holatga ko‘nikkan edi hatto shu holat unga yoqardi ham.
U sinf eshigini ochdi. O‘qituvchi allaqachon kelgan, darsni boshlashga tayyor edi. Sinfdagi shovqin bosildi. O‘qituvchi jiddiy ohangda gap boshladi:
— Diqqat qilinglar, bugun sinfimizga yangi o‘quvchi qo‘shiladi.
Sinf ichida qiziqish bilan shivir-shivir boshlandi. Kimdir yana kim ekan? desa, boshqasi umid qilamanki, yomon bolaga o‘xshamaydi deb qo‘ydi. Yuri esa sukut saqlab etibor bermasdan boshini parta qo'yib yotardi
Sinf eshigi ochildi va bo'ylari uzun kelishgan yuz, ajoyib sochlar va porlab turuvchi ko'zlarda bir yigit kirib keldi. Sindagi qizlar u yigitni ko'rib jonlanib ketishdi
Yigit sokin ovozda so'z boshladi
— Salom mening ismim Kim Taehyung...
Yuri bu tanish ovozni eshitib darhol boshini ko'tardi va yigit tomon qaradi
Yigit o'zini tanishtiriahda davom etardi
— Men korealikman sizlar bilan yaxshi do'st bolamiz degan umiddaman
Barcha o'quvchilar qarsak chalishdi