October 1

Love or hate

Endigina oshxonaga kirib xizmatchi ayol bilan tanishmoqchi boʻlgan qizni telefoni jiringlab e'tiborini tortdi

Dadamni kotibi

Bora ekrandagi yozuvni ko'rib go'shakni tezda ko'tardi

Eshitaman

Khan Bora xonim

Ha bu menman

Bezovta qilganim un ming bor uzr bugun detektorlar majlisi bor edi bu yerda siz ham bo'lishinggiz kerak deb o'ylab qoldik

A shunaqami ha mayli boraman manzilni menga jo'nata olasizmi

Ha xonim

Bora go'shakni qo'ydida hayolga toldi

Bora pov: Derektorlar majlisi endi nima qilaman u yerga borib ularga nima deyman

Qizim

Orqadan siniq ovozda gapirgan ayol Borani xayolini tarqatib yubordi

Hammasi joyidami azizam

Ha Bora kulib javob qaytardi

Haligi men bir joyga borib kelishim kerak edi siz bilan qaytganimdan so'ng bemalol gaplashamiz

Bora shunday deb oshxonani tark etib xonasiga yo'l oldi

Khanlar xonadoni

Yujin: Oyi menga qarang Amerikaga ketaylik bu yerda qolishni istamayman yoki uyni sotib boshqa uy olaylik

Khan xonim xotirjam qahvasini ichib qiziga qarab gap boshladi

Esingni yedingmi yaxshisi Bora bn til topishishga harakat qil uni oldiga bor u senga mehmonxona va Yaponiyadagi kompaniyani beradi

Siz shunga ishonasizmi

Ayol yana bir marotaba qahvasini xo'pladida biroz hayol surib so'ng qiziga qaradi

Boshqa ilojimiz yo'q unga yaxshi gapirib koʻnglini olishimiz kerak

Agar u hammasini bilib qolsa

U hech narsani bilmaydi buni sen men va dadang bilardik

Endigina xonaga Yujin un qahva olib kelgan Sonmin xonim ularni gaplarini eshitib to'xtab qoldi

Oyi keling yaxshisi dadam qoldirgan hamma narsani sotib Amerikaga ketaylik Yujin oyoqlarini asabiy o'ynatib tirnog'ini chaynay boshladi

Negadir koʻnglim g'ash Bora bilib qolsa

Bas qil ayolni ovoz toni biroz ko'tarilib xona bo'ylab yangradi

U bu yerda emas shunday ekan xavotirlanmasang ham bo'ladi

Ayol finjonni stol ustiga qo'yar ekan ko'zi eshik oldida turgan Sonmin xonimga tushdi

Buni sezib qolgan Sonmin xonim kulib xonaga kirib keldida qahvani stol ustiga qo'yib ta'zim qilgancha xonadan chiqib ketdi

Yujin: U.u.u eshitdi hammasini eshitdi

Hech narsani eshitgani yo'q eshitgan bo'lsa ham nimani aytayotganimizni bilgani yoq

Endi esa o'zingni qo'lga ol bu turishing asabimga o'ynayapti

Ipak matoli juda ochiq tungi kiyimda xonasidan chiqib pastga uyqusirab tushgan Haerinni birinchi qilgan ishi stol ustida turgan grafindan suv ichish boldi

Suv ichish barobarida qo'liga telefonini olib bir necha kundan beri telefon qilib sira qarshi tomondan ko'tarilmayotgan abanent bilan bog'lanishga urinar ekan urinishlari besamar ketib jahlini chiqarayotgan edi

E yo'q Jeon Jungkook menga bunday qila olmaysan

Haerin allaqachon 3 stakan suvni ichgan bolsa ham chanqog'ini hech bosa olmayotgan edi

Qo'llari qaltirab yana o'sha tanish raqamni terib qulog'iga tutar ekan uzoq chaqiruvdan song qarshi tomonda kelgan ovoz uni ancha tinchlantirdi ammo shunga qaramay uni jahlini juda chiqayotgan edi

Senga necha kundan beri qoʻngʻiroq qilaman nega javob bermaysan jin ursin

Jungkook allaqachon uyga kelgan ulkan zal bo'ylab yurib Selenani izlar ekan Haerinni tinimsiz qilayotgan qoʻngʻirog'iga ensa qotirib javob berdi

Endi gapiraman degan ham edi ammo Haerinni o'chqirganidan telefonini qilog'idan sal uzoqroq tutib uni jim bo'lishini kutdi

Haerin: Jin ursin javob ber

Jungkook jiddiy ohangda va yana shu bilan birga juda qo'pol ohangda gapirdi

Nima xohlaysan senga faqat jiddiy muommolar chiqqanda qoʻngʻiroq qil demaganmidim

Zalda Jungkookni ko'rgan Selena uni oldiga yugurib kelar ekan Jungkook telefonni uzoqroq turib unga gapirdi

Dadang ozod bo'libdi

Nima qqqachon

Kop gapirmay narsalaringni tayorla odamlarimga aytaman seni eltib qo'yishadi

Jungkook bu gapini eshitgan qiz jilmayib xonasi tomon yugurib ketar ekan Jungkook telefonini yana qulog'iga tutdi

Haerin: Selena ketyaptimi

Buni senga aloqasi yoq nega qoʻngʻiroq qilgan eding

Selenani otasi ozod boldi u ketyapti sen esa anavi lanati qiz bilan birga yolgʻiz qolasanmi

Xudo haqqi menga seni rashk qilyapman dema

Jeon Jungkook agar u bilan biron bir ahmoqarli ish qiladigan bolsang

Haerin Jungkook qizni ismini ta'kid ohanggida aytdi

Menga qara kimligingni unutma va uni kimligini ham u bilan xohlagan ishimni qilaman va menga keraksiz deb topgan onimda undan juda osonlikcha qutilaman

Jungkook shu gaplarni aytar ekan ko'zlari yuqorida turib uni eshitib turgan qizga tushdi

Nisani ahvoliga qarab bo'lmas edi lablari qurib ketgan pastki lablarda qon qotib qolgan sochlar to'zg'ib ko'zini osti qorayib ketgan u bir ahvolda turardi Jungkook uni ko'rib lab chetida kulib ko'zlarini undan uzmay Haeringa gapirishni davom etdi

Minhoga ko'z quloq bo'l tez kunda rejalarimni amalga oshiraman uni shunday sharmanda qilayki bu sharmandagarchilikni ko'tara olmay o'zini o'zi yeb bitirsin bir kunda uni ham qizidan ham o'sha bir pulga qimmat obro'yidan ayiraman

Nisa oyoqda zo'rg'a turar ekan Jungkookni gaplaridan song o'zini majburlab pastga tusha boshladi

Jungkook ham go'shakni qo'yib oldiga kelayotgan qizga yordam bergan holi masofani qisqartirdi

Nisa: Otamdan nima istaysan o'zi nima qilsang ham menga qil ular

Buni qara qaltiroq ovozda zoʻrgʻa gapirayotgan qizni gapini shatta kesgan yigit qizga 2 qadam tashlab yaqinlashdida oralarida umuman masofa qoldirmay unga nafrat bilan boqdi

Kechagina nima qilsang ham otamga qil o'sha qasosingni undan ol meni tinch qo'y deyayotgan qiz bugun birdan otasiga qayg'urib qolibdi

Jungkookni bu gaplaridan song Nisa nigohlarini undan olib qochdi

Jungkook esa atayin uni jig'iga tegib egilib undan nigohlarini olib qochayotgan qizni battar asab tomirlarini cherta boshladi

Nima boldi yo fikringdan qaytdingmi

Nisa asabiy ko'zlarini yumdi anchadan beri chiqaman deb turgan bir ikki tomchi ko'z yosh ko'zlar yumilishi bilan dumalab yerga tushdi yu qiz qo'lini musht qilgancha chuqur xo'rsinib past va titroq ovozda ko'zlarini ochib yigitni zulmatga cho'mgan ko'zlari boqdi

Nima xohlaysan

Nima xohlayman

Jungkook Nisadan ko'z uzmay qarab turar ekan maqsadi aniq ekanligini unga ishontirish shart emas deb bildi

Shartnomaga imzo chekdingmi

Nisa qoshlarini chimirdi u yigitdan savoliga javob olishni poylab turar ekan ammo Jungkookdan umuman kutmagan savolni oldi

Nisa biroz jim turib orqaga qadam tashlab Jungkookdan uzoqlashdi

Yo'q

Bora yopiqroq kiyim kiygancha pastga tushdi eshikdan endi chiqmoqchi bo'lib turgan ham edi ulkan tanaga urilib muvozanatni yo'qotib yiqilishiga sal qolgan ham edi ulkan qo'llar uni belidan ushlab qoldi

Ahvolinggiz yaxshimi

Bora yigitni ko'zlariga qarab avvaliga uni tanimadi song esa u bilan oldin uchrashgani yodiga tushdi

Siz

Yigit Borani bellaridan qo'llarini olib unga ta'zim qildi

Men janob Taehyungni yordamchisi Sugaman

Suga o'g'lim aytgan narsalarimni olib keldingmi ularni orqasidan shosha pisha oshxonadan chiqqan ayol

Rasmiy uchravushlarga umuman bormagan qiz egniga nima kiyishni uzoq o'yladi va vaqti tig'iz ekanligini hisobga olib jiddiy ko'rinish maqsadida qora stilda kiyinishni ma'qul deb topdi

Oxirgi ish quloqlariga ziraklarini taqib chanel brendi ostidagi uncha o'tkir bolmagan atirni ikki bo'yni va bilaklariga sepib o'zgacha uslub yaratgan qiz sochiga qarab qoldi avvaliga ularni orqaga tashladi ammo uncha o'ziga yoqmay oldinga oldi ammo bu ko'rinishiga ham qoniqmay song sochini bir qismini olib oldinga tashladida oynadagi aksiga shunisi yaxshi degancha xonadan chiqib pastga tusha boshladi

Pastga tushish barobarida sumkasiga solgan telefonidan manzilni ko'rish un olayotganida ulkan tanaga urilib yiqilib ketishiga bir bahiya qoldi

Bellarida ulkan qo'llar o'ralib qizni ushlab qolar ekan Bora ham qo'llari bilan yigitni qo'llaridan tutib o'zini o'nglab oldi

Bora yigitga biroz qarab turib uni darrov tanidi

Siz

Suga o'g'lim orqadan Min xonimni ovozi eshitilishi bilan yigit va qiz bir biridan ajraldi yigit qizga ta'zim qilgancha yerga qo'ygan narsalarini ola boshladi

Qizni ushlab qolaman deb qo'lidagi bir nechta xaltachalarni yerga tashlab yuborgani un ichidagi ba'zi narsalar to'kilib ketgan xususan pomidorlar har yoqqa dumalab bittasi Min xonimni oyog'ini tagiga borgan edi

Ha yaramas bola nega ularni to'kib olib kelding

Uzr so'rayman oyi behosdan boldi

Bu meni ishim Min xonim ularga urilib ketdim

Suga yerdagi xalatalarni olib o'rnidan turdi

Hechqisi yoq azizam ayol oʻgʻlini oldiga kelib uni tanishtirgan boldi

Bu meni oʻgʻlim Suga

Suga qo'shimcha qildi

Men Janob Kim Taehyungni o'ng qo'li bolaman

Bora yigitga qarab jilmayib sezilar sezilmas boshini egdi

Suga qizni o'zini tanishtirmaganidan song onasiga qoshini ko'tarib bu kim deganidan song ayol Borani oʻgʻlini tanishtirdi

Kim xonim Taehyungni rafiqasi

Suga bu gapni eshitib kulib yubordi

Bora va Min xonim esa unga tushunarsiz nigohda qarab turar ekan Suga hech kulgusini nazorat qila olmayotgan edi

Kim kulgu aralash soradi u

Min xonim Boraga qarab oʻgʻlini bu ishidan hijolat bolib boshini ham qilib oʻgʻliga yer ostidan qarab jim bolishini aytib g'azab to'la nigohlar bilan qarab yo'q degandek boshini qimirlatdi

Suga onasini jiddiy gapirganini tushinib jim boldida Boraga qarab kechirasiz deb uzr soradi

Bora yigitga e'tibor bermay Min xonimga yuzlandi

Min xonim men bir joyga borib kelmasam bolmaydi menda Taehyungni raqami yoq uni ogohlantira olmadim iltimos agar menda oldin kelib qolsa unga meni otasini ishlarini hal qilish un ketti deb qo'ysanggiz

Ayol Boraga hop deb ta'zim qildida chetga o'tib unga yo'l berdi Bora endi ham eshikdan chiqmoqchi bolib turgandi Min xonimni gaplari uni to'xtatdi

Xonim balki Suga sizni o'zi eltib qoyar nima deysiz

Suga onasiga yalt etib qaradida yoq deb boshini qimirlatdi

Bora biroz jim turdida song qo'lidagi soatga qarab kech qolayotgani un darrov rozilik bildirdi

Mayli

Katta ulkan zalda yolgʻiz ovqatlanayotgan ayolni oldiga kelib o'tirgan erkakdan xurkib o'rnidan turib ketgan Haerin norozi ohangda to'ng'illadi

Bu nima qilganinggiz o'takamni yordingiz

Kechir seni bunchalik qorqib ketasan deb oʻylamagan edim

Minho o'rniga joylashish barobarida oshxonada o'z ishini qilayotgan Harini chaqirdi

Hari menga qahva olib kel

Erkak ovozidan song bir necha soniya o'tib ular oldida paydo bolgan Hari qahvani erkakni oldiga qo'yib ta'zim qilgancha joyida qoldi

Nega turibsan ketishing mumkin

Erkak Hariga ruxsat berdi hamki Hari hali hamon joyidan jilmay o'tirdi

Nima gap Minho qoʻlidagi qahvani ichishga ham ulgurmay qaytib joyiga qoydida Hari tomonga yuzlandi

Janob menga ruxsat bersanggiz degandim

Ketaver dedim ku

Hari biroz jim turdida hamon boshini ekkancha boshini ko'tarib erkakka qarab gapirdi

Men ishdan bo'shamoqchiman

Nima

Erkak undan bunday gaplarni kutmagan edi qarshisidagi qizni boshdan oyoq kuzatib songra keskin ravishda javob qaytardi

Nega ishdan bo'shamoqchisan

Haerin Hariga biroz qarab ahamiyat bermay qahvasini xo'plar ekan biroz avval Jungkook bilan gaplashgani yodagi tushdi yu bu vaziyatdan foydalanib qoldi

Haerin: Unga ruxsat bering

Minho Haerin tomonga o'tkir nigohlarini tashladi

Hari bilan biroz avval gaplashgandim u Nisani sog'inibdi siz kelmasinggiz oldin esa akam bilan gaplashdim undan Harini uylariga xizmatchi qilib olishlarini soʻradim

Xo'sh erkak qoshlarini chimirib Haeringa qaradi

Ular rozi boldilar

Hari pov: Jin ursin u nimalar deyapti

Jungkook Nisaga o'tkir nigohlarini qadab u tomon qadam tashlab qizni oshxona tomonga yo'naltira boshladi

Nima deding

Mmen imzo chekmadim

Jungkook asabiy ko'zlarini yumib chuqur nafas olgancha bo'ynini ikki yon tomonga burib yana qonga to'la ko'zlari bilan qizga boqdi

Ko'zlar qizil tusga kirgan yigitdan qo'rqqancha Nisa u yon bu yonga qarab atrofga umid bilan boqar ekan baxtga qarshi ikkisidan boshqa hech kimni sharpasi ko'rinmadi

Tamom qiz gaz pechiga kelib urildi va qo'rqqancha ko'zlarini qattiq yumib qo'llari bilan pechga tayandi

Esladingmi

Jungkook past ammo qandaydir daxshat aralash yo'g'on ovozda gapirdi

Yonib kul bo'lib ketishingga oz qolgandi

Orqamdagi jarohat uni sen tufayli orttirib oldim

Nisa bir yutinib oldida Jungkookni keyingi sozlarini diqqat bilan tinglay boshladi

Ammo Jungkook indamadi va birdan qizni qisib qo'ygan holda pechni yoqdi

Nisa ko'zlarini ochib Jungkookni ishlarini kuzatdi

Jungkook pechni hamma tugmalarini burab song cho'ntagidan kishnab turgan ot surati tushurilgan yondirgichni oldi

O'sha kuni seni o'rningda men meni o'rnimda esa sen turganding xuddi shunday faqat hozir teskari holatda turibmiz

Nnnima qilmoqchisiz

Yana takrorlamoqchiman ammo bu safar meni sen qutqarasan

Bu yana qanday maynavoschilik

Shsh jim

Yigit telbanamo kulib qizni lablariga barmoqlarini olib bordi

Bir muddat bir biriga termulib turgan juftlik nafas olishlarini me'yoriga tushurishdi Nisa qattiq qo'rqqanidan Jungkook esa asabiylashganidan tez tez nafas olishayotgan edi

Eng yomon ko'rganim menga bo'ysinmay isyon ko'tarishlari lekin ahmoqlar bir narsani tushunishmaydi nimalaigini bilasanmi

Nisa undan ko'zlarini uzmay hamon tushunursiz nigohda boqib turardi

Jungkook gapini davom ettirish barobarida egilib qizni quloqlariga shivirladi

Men barbir ularni bo'ysindiraman yoki bitta qarashim bilan yoki boshini ko'tarib biroz jim turdida song yana egilib qizga yaqin kelib ko'zlariga qarab gapirdi

Yoki ularni majburlash orqali

Nisani o'ynoqi ko'zlari bir Jungkookni chap ko'zi va yana bir o'ng ko'ziga mo'ltirab qarar ekan Jungkook uni bu qarashlarini ko'rib qizni xuddi qafasga tushgan o'ljaga o'xshatdi

Endi esa gapir imzo chekasanmi yoki qo'lidagi yondirgichka ishora qildi

Mmen

Nisani ko'zidan yosh aylanib nigohlarini yigitdan olib qochdida past ovozda gapirdi

Imzo chekaman

Yaxshi Jungkook qizdan uzoqlashar ekan Nisa vhuqur nafas ola boshladi va derazlarni ochib tashlab yana Jungkookka qaradi

Ularni imzolab menga olib kelib ber

Nisa unga indamay oshxonani tark etdi

Jungkook esa hozirgina qilgan ishidan mamnun jilmaygancha yondirgichni yana cho'ntagiga solib qo'ydi

Nisa pov: Yonib ketishdan shunchalik qo'rqdingmi seni olov yondirib kul qilgani yaxshi emasmidi endi bir umr uni jahannamida yonamanmi yoq nega butun umr ekan bu yerda bir umr qolmayman

Nisa xonaga kirib eshikni yopdida boshini eshikka suyab o'ylay boshladi

Nisa kop qolmaysan bu yakun emas yakun bunday bolmaydi qachonki hammasi yaxshilik bilan tugasa ana o'shanda yakun boladi men hali qutilaman bu yerda butun umr qolmayman ha ketaman bu lanati uydan va o'sha lanati ablahdan qutilaman ozgina sabr qilsam va uni aytgan gaplariga hop deb tursam bas

Men osonlikcha o'lmayman ayniqsa seni qo'lingda Jeon Jungkook osonlikcha jon bermayman

Aytilgan manzilga kelgan mashina to'xtashi bilan Bora atrofni mashina oynasidan kuzata boshladi

Hammasi joyidami

Suga qizni mashina oynasidan kuzatib gapira boshladi

Bu yerda nima ishinggiz bor

Meni kutmang Bora yigitga javob qilmay mashinadan tushib chuqur nafas olib oynali bino ichiga kirib ketdi

Suga endi mashinaga o'tiraman deb eshikni ochgandi ham uni ortidan tanish ovoz keldi

Suga

Yigit ovoz kimniki ekanligini bilib ko'zlarini yumib chuqur nafas olib ortiga oʻgirildi

Rais

Bora ichkariga kirishi bilan yoshi 40 lar atrofida bolgan erkak uni oldiga kelib ta'zim qildi

Khan xonim sizni kutayotgan edik

Uzr so'rayman kotib Lee

Hechqisi yoq

Shisha liftga kelishlari bilan kotib Lee Boraga bir ikkita xujjatlarni berdi

Bilaman kop narsaga vaqtimiz yoq ammo hech bolmasa derektorlar haqida qisqa bolsa ham ma'lumotga ega bolishinggiz kerak deb ushbu ro'yxatni tuzdim

Bora 5 ta qozg'ozni olib birin ketin o'qib chiqdi

Ro'yxatda 4 ta erkak va 1 ta ayol bor edi Bora ularni ism familyasi va mehmonxonada necha foiz ulushi borligi bilan tanishishga ulgurdi xolos

Majlislar xonasi yozuviga ko'zi tushgan erkak qizni qo'lidan hujjatlarni tezda tortib olib omad dedi yu eshikni ochib berib uni ichkariga kirgizib yubordi

Qiz nima bolganini tushunmay atrofga boqar ekan qarshisida 4 ta erkak va 1 ta yoshi 30 lar atrofida bolgan ayol unga hayrat bilan boqib turgan edi

Salom men Khan Bora qiz o'zini tanishtirib sekin boshini egib bo'sh stulga borib o'tirdi

Khan xonim

Birdan erkaklardan biri norozi ohangda to'ng'illadi

Sizni joyinggiz bu yerda erkak toʻgʻrisidagi joyga ishora qildi

Bora ha deb boshini egib aytilgan joyga borib o'tirdi

Mayli boshladik birdan soatiga qarab asabiylashgancha erkaklardan yana biri qolidagi hujjatlarni asabiy ocha boshladi

Bora nima qilishini ham bilmay ularni kuzatar ekan uni oldida ham ularni qo'lidagi hujjatlariga o'xshash bir nechta qogʻozlarga ko'zi tushdi

Khan xonim

Past ammo erkaklar ovoziga o'xshash bo'g'iq ovozda sochlari kalta ayol hammani o'ziga jalb qildi

Eshitaman Bora nigohlarini unga qaratdi

Men

Siz Chon Minji

Ayol Boradan ismini eshitib bilinar bilinmas qimirlab qo'ydi va gapini davom ettirdi

Ha meni ulishim

14.2 %

Borani unga gap bermay gapini bo'lishidan biroz asabiylashgan ayol erkaklarga yana bir qarab qoydida ha deb javob berib yana gap ochish un og'iz ochdi

Sizni bu sohadan ancha uzoqda ekanliginggizni eshitdim shuning un boshqaruvni menga berishinggizni sorayman

Ayol tomonidan birdan aytilgan bu gapga hamma hayron qolib bir biriga ma'noli qarab qo'ydi

Bora nima deyishni bilmay endi gapirmoqchi bolgandi ham eshikdan kutilmagan mehmon kirib keldi

Nega meni bu majlisdan xabarim yo'q u hammaga bir bir qarab chiqdida song yana gapini davom ettirdi

Menga nega xabar berishmadi

Clubga kelganiga 2 soat bolgan yigit qo'lidagi dorini avvaliga chuqur hidlab songra ogʻziga solar ekan uni artofdan ikki yigit kuzatib turganidan bexabar holatda boshini ortga tashlab betartib nafas ola boshladi

U kim

Jimgina suratga olsangchi

2 ta surat va 20 soniyali videoga qoniqmay yana bir ikkita surat olib kulgancha clubdan chiqqan yigitlar sigara tutatib olgan suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashdi

U shunchali mashxur odammi

Buni hozir bilib olasan

Majlis koʻpga cho'zilmay ichkaridan chiqqan bashang kiyimdagi erkaklar va maqsadiga yeta olmay asabiy sochlarini ortga olgan ayol Bora va kutilmagan mehmon hamma birvarakayiga shisha liftga chiqishdi

Hamma sukut saqlab bitta qavatga tushushar ekan atrofni muxbirlar bosishganiga ko'zlari tushishdi

Bular qayerdan keldi

Bora qizim sen chaqirdingmi

Mmen nima yoq

Bora tezda inkor qildi

Erkak chuqur nafas olib endi qoʻliga telefonini olgan ham edi tashqaridagi mashinani ko'rib qizni yelkasidan qo'llarini o'tqazib uni tashqariga olib chiqa boshladi

Bu holat Borada ilk bor kuzatilayotgani un juda hayajonlanayotgan edi chuqur nafas olib erkakka ergashib tashqariga chiqdi

Ular chiqishi bilan ularni suratga olib turli savollarni bera boshladi erkak ularga kulib qo'lini silkitar ekan mashinadan Taehyung tushib kiyimini tugmalarini o'tqazib ularni oldiga bordi

Janob Kim

Rais kim nevaringgizni qora dori isteʼmol qilishini bilarmidinggiz

Atrofdagi muxbirlarni hammasini savoli bir xil va kutilmaganligidan Janob Kim Taehyung va Bora juda hayron qolishdi

Janob Kim bundan xabaringgiz bormidi

Janob Kim Taehyung qachondan beri qora dori isteʼmol qilasiz

Taehyung nika deyishni bilmay ko'zlarini katta katta ochib atrofga alanglar ekan oldiga birdan yugurib kelgan yigit planshetidagi suratlarni Taehyungga ko'rsatdi

Taehyung biroz avval olingan suratni ko'rib shokka tushib qoldi uni bu karah ahvolini ko'rgan Janob Kim qolidagi planshetni tortib olib videoni ko'rib nevarasiga nafrat bilan boqdi

Sen erkak endi Taehyungga musht tushirmoqchi bolgan ham edi Bora Taehyungni oldiga o'tib erkakka juda past ovozda gapirdi

Hamma qarab turibdi

Erkak chuqur nafas olgancha atrofga kulib qarab olomon ichidan chiqib ketdi

Bora esa Taehyungga qarab uni qo'llaridan ushlab uni mashina tomon yetakladi

Iltimos javob beringlar

Janob Kim Taehyung

Janob Kim

Bora va Taehyung mashinaga minishlari bilan Taehyung katta tezlikda mashinani haydab ketdi

Bu qanday boldi bu qanday sodir boldi Taehyung qoʻliga telefonini olib kimgadir qoʻngʻiroq qila boshladi

Jin ursin javob ber rulni qattiq urib baqirgan yigitni qilgan ishidan qoʻrqib ketgan qiz uni tinchlantirishga urindi

Iltimos tinchlaning

Ular buni qanday olishdi kim kimni haddi sigʻdi bunga

Mashinani bir chetga to'xtatgan yigit boshini rulga qoyib faqat bir soʻzni takrorlay boshladi

Kim kimni haddi sigʻdi

Bora Taehyungga qarab jim turishni maʼqul deb topdi

Oradan 20 daqiqa o'tib Taehyung boshini ko'tardi

Bora hamon unga xavotir bilan qarab turgan edi

Ahvolinggiz yaxshimi

Raxmat

Yigitni birdan aytgan gaplarini kutmagan qiz nima deb unga qaradi

Kelasi safar bu ishni qilma

Yigit shunday deb mashinani yurgiza boshladi

Qilma bora savol bilan Taehyungga qaradi

Yigit ko'zini yo'ldan uzmay unga javob berdi

Men shundog'am jarlikka tushib ketib bolganman meni qutqaraman deb qo'l cho'zma seni ham o'sha jarlikka tortib ketaman

Bora kulib derazaga boqqancha biroz jim turib song Taehyungga javob berdi

Men balandlikdan qo'rqmayman

Taehyung Boradan bu so'zlarni kutmagan edi u nigohlarini yo'ldan uzib Boraga qaradi qiz ham yigitga qarab biroz jim turib nogohlar orqali unga gapirgan boldida song yana oyna tomondan atrofni kuzatib qo'shimcha qildi

Bu meni oʻgay opamni tarsakisidan qutqarib qolganinggiz un edi yana notoʻgʻri tushunmang

Love or hate

14-qism tugadi

Keyingi qismlarda

Tatis ozod bolibdi

Tatis

Ha haligi onasini zo'rlagan bolachi o'sha bilan bitta kamerada yotgan erkak

Ha esladim

Haligi o'sha yigit uni familyasi nima edi

Ha unimi Jungmi yoki Jeonmi shunaqa edi shekilli

Reaksiya cament esdan chiqmasin

Muallif: Bora

Kanal: Bangtan fanfic shop