March 22

𝐋𝐎𝐕𝐄 𝐎𝐑 𝐇𝐀𝐓𝐄 2

𝖥𝖨𝖭𝖠𝖫 ( 2-𝗊𝗂𝗌𝗆 )

—Bu sen ekanligingni bilgandim
Jungkook gapini yakunlab qoʻllari qaltirab turgan yigitga bir qadam yaqinlashib uni qurol tutib turgan kaftini mahkam siqib majburan o'zining peshonasiga tiradi
—Sen boshidan yonimda eding modomiki doʻstligimiz shu yergacha ekan koʻzlarimga tik qarab jonimni olishingni xohlayman

Jungkookni soʻngi gaplaridan soʻng Taehyungni nigohi qarshisida hech qanday qo'rquvlarsiz turgan doʻstiga qadaldi

—Yo'q yo'q Taehyung yoʻq bas qilinglar ularni toʻxtatinglar

Nisa Taehyungni hech ikkilanishsiz tutib turgan sovuq quroliga qarar ekan Jungkookni koʻzlarida ham zarracha qoʻrquvni ko'rmagach bor kuchi bilan qoʻlidagi arqonlardan xalos bo'lish uchun tirishdi

—Jimin ularni to'xtat yolvoraman Taehyungni qoʻlidagi qurolni ol o'tinaman uni bunga majbur qilmanglar

Omborxona boʻylab faqat Nisani yig'i aralash gaplari aks sado kabi yangrar ekan Tatis bir tipirchilab Jimindan najot soʻrayotgan qizga qarab qo'ydi-yu soʻng bir Taehyungni hech ikkilanishsiz tutib turgan quroliga va yana bir haligacha hech qanday qoʻrquvni his etmagan Jungkookni sovuq nigohlariga qarab yigitlar oldiga yaqinlashdi

—Ishni bitir shunda qarzingdan ham qutilasan

Tatis Taehyungni qulogʻiga shivirlab yelkasidan urgancha omborxona eshigi tomon yoʻl olar ekan Jungkook nigohini Taehyungdan uzmasdan erkakni to'xtatdi

— Biz hali tugatmadik

Eshikka yaqinlashishiga bir ikki qadam qolganida Tatisni orqasiga ham qurol tiraldi

Hech narsani tushunmay qolgan Nisa erkakni ortidan qurol ushlab turgan yigitga umid bilan qarar ekan Taehyung hamon qurolini tushurmaganidan battar jazavaga tusha boshladi uni oldida qoshlarini chimirib bir oʻsha yigitga va yana bir Taehyungga qaragan Jimin ham Nisa kabi karaxt ahvolga tushib qoldi

—Ko'ppaklaringga ayt suyaklarini yerga tashlashsin

Tatisni odamlari birdan bir biriga alanglab qurollarini Tatisni qoʻlga olgan yigitga o'qtarishar ekan yigit Tatisni boʻynidan changallab yerga tizzalatdida erkakka odamlarini tinchlantirishini buyurdi

—Qurollarni tushiring

Tatis buyruq berishi bilan ichidagi xoinga nigohlarini qadadi

—U senga nima vaʼda qildiki 7 yil birga qamoqda bir idishda ovqatlangan akangga aylanib qolgan odamga xiyonat qilding

—Sh.. u menga oʻgʻil bo'lishini aytdi

Tatisni savoliga mensimay javob bergan yigit hali ham qurolini Jungkookka tirab turgan Taehyungga yuzlandi

—Bu gap senga ham tegishli qurolingni tashla aks holda

—Hammasi joyida Gyounsik

Yigit qurolini o'qlab Tatisni chakkasiga tirar ekan Jungkook uni toʻxtatdi

— Sovuqda muzlab qolishdi qolganlarni ham chaqir

Jungkookni gapidan karaxt boʻlib qurolini tushirgan Taehyung qoshlarini chimirib ogʻzini ochgancha g'o'ldiradi

—Qanday bilding

—Orqamizdan ikkita katta furgon kelayotgan edi qanday qilib bilmasligim mumkin edi

Jungkook gapini tugatib Nisa tomonga qaradi qiz hech narsani tushunmay ularga qarab turgan edi

—Senga aytmay oʻzim hal qilmoqchi edim

Taehyung qurolini yuqoriga yoʻnaltirib ikki marta o'q uzdi va bir necha soniyalar ichida qora kiyimli yigitlarni boshlab omborga Suga kirib keldi

Bularni barisi juda tez boʻldi hamma nima bo'layotganini anglay olmay karaxt ahvolda turar ekan Tatis quroli biroz pastga tushib turgan Gyounsikni kaftidan to'pponchani tortib oldi

—Barisini yoʻq qiling

Birdan boʻlgani sabab Gyounsik unga qarshilik qilishga ulgura olmadi Tatis odamlariga buyruq berishi bilan atrofdagi hamma bir biriga oʻq uza boshladi

Tatisni birinchi nishoni Nisa boʻldi biroq baxtga qarshi oʻq qizni boʻyin sohasini biroz tilib chuqur jarohat yetkazmadi buni koʻrgan Jungkook esa yugurgancha Nisani oldiga kelib uni qoʻl va oyogʻini arqondan halos eta boshladi

—Ahvoling joyidami

Nima boʻlayotgani tushunmay toshdek qotib qolgan qizni boʻyin sohasini yopib turgan sochlarini orqaga olgan Jungkook qizdagi jarohatni koʻrib tezda choʻntagidan qo'l ro'molchasini olib qizni boʻyin sohasi boʻylab bogʻladi

— Uni olib ket

Yigit va qizni oldiga kelgan Taehyung choʻntagidan mashinasini kalitini olib Jungkookka uzatdi

—Shifoxonaga olib bor ortingizdan yetib boramiz

—Taehyung

—Hammasini oʻzim hal qilaman menga ishon

—Yaxshi tezroq bitirib ortimizdan bor

Jungkook Taehyungni bagʻriga bosib Nisani kaftidan mahkam tutib chiqish eshigi tomon yugurar ekan koʻrgan oxirgi manzarasi Taehyung Suga va Gyounsikni mardlarcha Tatisni odamlari bilan olishayotgani boʻldi

Tashqariga chiqishlari bilan Taehyungni mashinasi tomon yugurgan juftlikni bir toʻda yigitlar oʻrab oldi

—Qo'lga olinglar

Toʻda boshi buyruq berishi bilan Nisani Jungkookdan ajratib olishdi

—Qo'yib yubor uni

Nisani mahkam tutib turgan yigitga tashlanishi bilan Jungkookni boshiga qattiq metal kelib tegdi yigit oʻzini anglashga ulgurmasi esa yuziga kimdir qattiq musht tushirdi

Birinchi marotaba Jungkookni yerga qulatishdi uni ogʻzidan qon otilib sovuq va zah yerdagi tuproq bilan qorishdi

—Yo'q Jungkooook

Nisa bor kuchi bilan qoʻllaridan tutib turgan yigitni oyogʻini bosib halos boʻldi yu Jungkookka talpinayotib sochlaridan mahkam siqimlagan yigitni oyoqlari ostiga quladi

—Yaramas manjalaqi.. sizlar kiraveringlar bu ikkisini o'zim hal qilaman

Yigitlariga omborxonaga kirishlarini buyurib oʻzi esa Nisani oyogʻi ostiga olgan erkak qizni toʻgʻri kelgan joyiga tepib kamariga qistirgan qurolini olishi bilan Jungkook oʻziga kelib bor kuchi bilan uni oyogʻiga tepib yiqitdi

Oyogʻini changallab qurolini tushurib qoʻygan yigitni ustiga chiqib olib tinimsiz musht tushurgan Jungkook uni yuzini tanib boʻlmas ahvolga keltirib sekin erkakni ustidan turgancha yerda o'lasi qilib kaltaklangan qizni oldiga keldi

—N.nisa

—Men yax.shi.man

Jungkook qizni bagʻriga bosib chuqur-chuqur nafas olar ekan hozirgina u do'pposlagan yigit arang qoʻlini choʻzib qurolini oldida ularni nishonga olib oʻq uzdi

—J.j.jung.k.o.o.k

Nafas olishi asta sekin sustlashib koʻz qorachiqlari orqaga ketayotgan yigitni quchogʻidan chiqqan Nisa uni baquvvat tanasini oʻz quchogʻiga oldi

—Yo'q yo'q yo'q Jungkook hoy Jungkook boʻlishi mumkin emas

—Men yax.shi.man hammasi joyida

Arang gapirgancha qizni yordami bilan oʻrnidan turgan Jungkook yerga bir ikki bor qon tupurib mashina kalitini Nisaga uzatdi

—Haydashni bilasanmi

Qoʻllari qaltirab kalitni ushlab turgan Nisa Jungkookka termulib turar ekan birdan orqalaridan o'q ovozi eshitilib qizni qoʻlidagi kalitni Jimin yulib oldi

—O'zim haydayman

Nisani nigohi Jiminni orqasidagi Jungkookni otgan yigitni boshidan sizib chiqayotgan qonga tushdi aftidan erkak yana bir bor ularni nishonga olgan-u biroq oʻzi Jiminni qurboniga aylangan edi

—Yaxshi mashina anavi yerda

Nisa Jiminga mashina turgan joyni koʻrsatishi bilan Jimin oʻsha tomonga yugurib ketdi

—Un.ga isho.na.sanmi

—Boshqa ilojimiz yoʻq

Jimin ketgan tomondan koʻz uzmay turgan Nisa sekin nigohini Jungkookka yoʻnaltirdi

—Qattiq og'riyaptimi

—Senikichi

—Siz va otamni kaltaklari oldida bu nima bo'libdi

Qizni javobiga koʻzlarini yumgancha mayin tabassum qilgan yigit qon boʻlib ketgan kaftini Nisani lablari ostidagi qonga olib borib bosh barmogʻi bilan sidirdi

—Barchasi uchun afsusdaman

Birinchi bor Jungkookni koʻzlarida nafrat alam va gʻazabdan boʻlak boshqa tuygʻular aks etganini koʻrgan Nisani koʻziga beixtiyor yosh keldi

—Da.vom eta ola.miz.mi

—Buning uchun tirik qolishingiz kerak

Nisa kichik kaftlarini yigitni yuzidagi ko'kimtir izlarga olib bordi

—Aysh

Jungkook yuzini burushtirib norozi ohangda to'ng'illadi

—Og'ridi

—Nahotki

Nisa ishonmagandek koʻzlarini katta katta ochdi

—Demak siz ham ogʻriqni his qilar ekansizda

—Axir men ham insonman

—O'shanda ham og'rigan edimi

Nisani koʻzidagi bir ikki tomchi yosh yigitni lablari ustiga kelib tushdi

Ikkisi bir biriga juda yaqin turib yurak urishini, oʻpkasi toʻlib nafas olayotganida quloqni qomatga keltiradigan dovul singari yangrayotgan tuvushlardan seskanib ketishayotgan edi

—Menga haqiqatni aytishga botina olmaganinggizda ham og'riganmidi

Bu safar yoshlari qizni oʻz lablarini olov singari jizg'anak qilib yubordi

—Men sizni dunyodagi eng vaxshiy inson deb bilar edim aslida bir qizni otasini qilmishlarini undan berkitgan dunyodagi hech kim tuygʻularini tushunmagani uchun alamini barchaga sochgan yoshligida yashay olmagan inson boʻlgan ekansiz

Qalbining tubida mogʻor bosib ketgan hech bir kimsaga aytishga botina olmagan gaplarni Jungkook Nisadan eshitib koʻziga yosh ola boshladi

—Men hamma kabi ota-onam bagʻrida ulgʻayishni xohlagan edim qamoqxonadagi zah polni quchib emas onamni issiq bagʻrida uxlashni xohlagan edim qayoqdagi jinoyatchilardan emas otamdan tarbiya olishni xohlagan edim shunchaki men ham hamma kabi yashashni xohlagan edim xolos

Nisa Jungkookni soʻngi gaplaridan soʻng oʻzini tutib tura olmadi yigitni qaynoq lablariga lablarini bosgancha oʻz ixtiyori bilan ichidagi otilib chiqishga tayyor sevgini undan yashirmagan holda biroz avval yoshlari ikkisini lablarini nordon qilganiga qaramay Jimin mashinada ularni oldiga yetib kelguniga qadar davom ettirdi

Jimin ularni oldiga yetib kelishi bilan nigohi omborxonadan chiqqan Tatis va uni oldidagi bir nechta odamga tushdi

—Tezroq mashinaga chiqinglar

Yigit signal berishi bilan Nisa yerda yotgan odamning qoʻlidagi to'pponchasini olib Jungkookni belidan tutgancha mashinaga joylashtirdida oʻzi haydovchi oldidagi oʻrindiqqa kelib o'tirdi

—Shifoxonaga haydang tezroq

Jimin gazni bosishi bilan Nisa mashina oynasini tushurib ularni izidan kelgan odamlarga qarab o'q uzdi

Qizni bu jasoratini koʻrgan haydovchi o'rindig'idagi Jimin ham orqa sedeniyada ketayotgan Jungkook ham og'izlarini ochib qolishdi

—Bo'ldi Nisa yoʻlga chiqyapmiz qurolni yashir

Jimin old oynalarga qarab ortlaridan izma iz kelayotgan mashinani kuzatgancha qizni ogohlantirdi

—Yo'lga chiqma o'rmon tomonga hayda

Nisa Jiminga oʻrmonga ishora qilib Jungkook tomonga qarab uni boʻyin sohasiga barmogʻini olib borib tomir urishini tekshirdi

—Tezroq bormasak u o'lib qoladi

—Menga ishon o'rmon tomonga hayda

Jimin Nisaga ishonchsizlik bilan boqib oʻrmon tomonga hayday boshladi

—Bizni oldimizga kelayotgan payting Taehyung Suga va Gyounsik sogʻ omonmidi

—Men chiqayotgan paytim ular Tatisni ancha odamini yo'q qilib bo'lishgan edi

Jimin Taehyungni ismini eshitishi bilan yutinib qoʻydi-da mashina oynasiga koʻz qirini tashlab Jungkookka javob berdi


Omborxonada juda ozchilik qolib qariyani odamlarini qurshovga olishga erishgan Taehyung bir narsani koʻzdan qochirib qoʻygan edi

Tatis qulay fursatni kutib sement toʻla qoplar ortiga berkinib Sugani nishonga oldi

Taehyung qariyani odamlari orasida yoʻqligini koʻrib atrofni kuzatar ekan nigohi birdan Sugani nishonga olgan Tatisga tushib u tomonga yugurdi

— Vada bering.. dadang ertaga tugʻilgan kuningda uyda boʻladi deb soʻz bering

—So'z beraman dadang ertaga tugʻilgan kuningda seni yoningda boʻladi..

—Ortingizdan yetib boraman..

—Shunchaki men bilan qoling endi tinch yashab ayro o'tqazgan kunlarimizni yoʻqotgan koʻp shirin xotiralarimizni qayta yaratishni xohlayman Taehyung biz oddiy juftliklardek yashay olmadik keling endi barchasiga qoʻl siltab boshidan boshlaylik barchasini unutib hammasiga koʻz yumaylik..

—Sugaaaaa

Yigitni oʻsha yerdagi terib qoʻyilgan qutilar ustiga irg'itib oʻzini oʻqqa tutib bergan Taehyung soniyalar oʻtib yerga quladi

—T.t.taehyung yoʻq yoʻq Taehyung

Suga oʻrnidan turib Taehyungni oldiga yugurib keldi

—Sen yaramas bu nima qilganing esingni yeganmisan

Suga yigitni chap koʻksidan sizib chiqayotgan qonni koʻrib koʻziga yosh olgancha qoʻllarini yigitni koʻksiga bosdi

—Chidab tur men hozir hozir hoʻpmi

Suga oʻrnidan turishga harakat qilar ekan Taehyung uni qoʻllaridan tutdi

—Ket.mang h.hyung

—Yaxshi yaxshi ketmayman

Suga joyiga qayta o'tirdi

—Biror kim bormi tezroq bu yerga kellaring

—H.yung

—Ha ha Taehyung nima nima gapir qulogʻim senda

—Ye.rini tu.gʻil.gan ku.nida shifo.xo.nada emas uyingiz.da boʻ.ling may.limi

—Nimalar deyapsan Taehyung

—Gapim.ni bo'l.mang

Taehyung arang nafas olib shiftga qaradi-da kastyumini old choʻntagiga kaftini olib borib Sugaga imladi

—Shu yerni ko'ring

Suga Taehyung koʻrsatgan joydan brilliant koʻzli uzuk oldi

—Bu uzukni unga deb olgan edim lekin berishni mavridi boʻlmagan edi..

—Taehyung

Suga kaftlari bilan koʻzlarini berkitgancha yigʻlay boshladi

—Hyung oʻshan.da soʻ.rama.gan edim B.bora.ni me.ni Bo.ram.ni chin.dan mast boʻl.ganingiz uchun o'p.gan.mi.dingiz yo.yoki

—Jim boshqa gapirma Taehyung buni oʻzing unga berasan qani kel oʻzimga

—Hoy un.day qil.mang ko'r.gan
lar ni.ma deb oʻy.lay.di

Suga Taehyungni koʻtarish uchun qoʻllarini cho'zganda Taehyung uni rad etdi

—Av.va.liga xo.tinim.ga en.di bo'l.sa men.ga tega.jog'lik qil.yap.siz.mi

—Barchasiga men aybdorman meni deb sen

—Ni.ma deb oʻy.lay.siz u.uzuk un.ga yo.qar.mi.kan men xat.to un.ga ni.ma yo.qishi-yu ni.ma yoq.mas.ligini ham yax.shi bil.may.man m.men uni yol.gʻiz tash.lab ke.tish.ni xoh.la.may.man axir un.ga ke.cha.gina vaʼda ber.gan edim bu.gun esa uni yol.gʻiz tash.lab ket.yap.man ke.tish.ni xoh.la.may.man Suga


—Mashinani shu yerda to'xtating

Qorongʻu zulmatga choʻmgan oʻrmon ichiga kirgan mashina qizni buyrugʻi bilan toʻxtadi

—Men ularni chalg'itaman mashina eshiklarini ochiq qoldirib shu yerda qoling ular menga ergashganlarida esa Jungkookni shifoxonaga olib boring iloji boʻlsa tezroq hoʻpmi yetib borguninggizcha uni hushidan ketib qolishiga yoʻl qoʻymang tomir urishi juda sust

—Esingni yedingmi seni tutib olishsa tirik qoldirishmaydi buni xiyla ekanligini bilib qolishsa esa

—Sizlar shifoxonada bo'lasizlar endi esa men aytganimdek qilamiz

—Hech qachon bunga yoʻl qoʻymayman

—Bu yagona chora vaqtimiz juda kam iltimos men aytganimdek qiling Jimin

—Ularni men chalg'itaman sen esa uni shifoxonaga olib borasan

—Nima qani boʻl tush haydovchi o'rindig'iga kelib o'tir

—Men haydashni bilmayman

—Omading bor ekan o'rganish uchun atigi bir necha daqiqang bor

Jimin mashinadan tushib Nisa aytgandek orqa eshikni birini ochdi va aylanib kelib Nisani ham tushurib haydovchi o'rindig'iga majburlab o'tirgizdi

—Mana qara faqat bir marta tushuntiraman mana bu

Jimin koʻrsatgich barmogʻini gazga olib bordi

—Bu gaz bunisi esa- tormizga ishora qilib
Tormoz bilishing kerak boʻlgani hozircha shu ana endi esa chiroqlarni tez o'chir

—Jimin

—Menga faqat shu ishni ishonib topshirishing mumkin uni shifoxonaga olib borishimni menda soʻrama agar omon qolsam bu qilgan yaxshiligimni icha olmagan qahvamiz bilan yuvasan ha yana senga qilganlarim uchun kechir

Jimin gapini yakunlab jarlikka qarab tusha boshladi telefonini fanarini yoqqancha baland tovushlar chiqargancha daraxt shoxlarini sindirib belgi tashlab keta boshladi

Jiminga termulib qolgan Nisa esa Tatisni odamlari qanday qilib kelganini sezmay qoldi darrov boshini egib rejasi ish berishi va Jimin omon qolishini soʻrab duo qila boshladi

Yo'l o'rtasidan turgan mashinani koʻrgan yigitlar o'sha tomon yugurishar ekan oralaridagi bir yigit jarlik tomonga ishora qildi

—Hoy ana ular

—Ortlaridan boramizmi

—Esingni yeganmisan kerak boʻlsa qariyani oʻzi tushsin men tushmayman u yerga

Yigitlar biroz oʻsha yerda turib keyin esa ketishdi

Nisa rejasi ish berganini koʻrib chuqur nafas olib Jungkook yotgan tomonga qaradi

—Jungkook

Yigitdan sado chiqmadi Nisa qoʻrqib ketib mashina chirogʻini yoqib Jungkookni oldiga oʻtdi

—Yo'q yoʻq Jungkook koʻzingizni oching

Nisa yigitni tomir urishini tekshirib uni yuzidan ura boshladi

—Uyg'oning Jungkook uyg'onsanggizchi

Oxirgi zarbadan soʻng Jungkook koʻzlarini ochdi

—10 daqiqa maylimi atigi 10 daqiqida shifoxonada boʻlamiz

Nisa mashina o'rindig'iga oʻtib mashinani oʻt oldirdi

—Gaz va tormoz emish

—Ji.min qa.ni

—Bizga yordam berish uchun ketdi

Nisa labini tishlagan koʻyi koʻziga yosh oldi

—Haya mashina haydashni bilmayman o'rgatib turasizmi

Nisa Jungkookni chalgʻib ketishi uchun old oʻrindiqqa joylashtirdi..

Oradan ancha vaqt oʻtib nihoyat yoʻlga chiqib olgan Nisa har soniya Jungkookni kuzatar ekan bu ahvolda u shifoxonaga yetib bora olmasligini sezdi

—Jungkook kiyiminggizni yechib mashinani orqa sedeniyasiga oʻting oʻqni oʻzim olib tashlayman shifoxonagacha yetib bora olmaymiz

Nisa gapini yakunlab mashinani chetroqqa oldi-da timirskalanib nimadir izlay boshladi

—Qo'lingdan keladimi

Jungkook ustki kiyimlarini birin ketin yechib tashladi Nisa yigitni ter bosgan mukammal tanasini oyna orqali kuzatar ekan jarohatga koʻzi tushushi bilan hayollarini yigʻib oldi

—Nam salfetka birozgina viskiy va yana yarim litr suv bor ekan

Nisa Jungkookni oldiga oʻtib jarohatni koʻzdan kechirdida ustidagi jeneferini yecha boshladi

—Gap bunday viskiy juda kam ekan agar toʻla boʻlganida yarimini sizga ichirib yarimini jarohatga toʻkar edim

—Men chidayman

—Yaxshi

Nisa sekin yigitni oyoqlari ustiga yotqizdi

—Menga pichoq kerak

—Buryukimni orqa choʻntagida bor

Nisa sochini yigʻib engashgancha yigitni choʻntagidan pichoqni olar ekan koʻzlari Jungkookni koʻzlariga tushganida undan nigohlarini olib qochdi

Avvaliga yigitni ter bosib ketgan peshonasini nam salfetka bilan artib soʻng jeneferini pichoq bilan boʻlaklarga boʻlib chiqdi

—Ushlang kesayotgan paytim ogʻriydi buni tishlaringiz orasiga qoʻying ogʻriqni yengishga biroz yordam beradi

Mato boʻlagini Jungkookka bergan Nisa chuqur nafas olib pichoqni jarohat usti boʻylab yurgiza boshladi

Jungkook koʻzlarini yumgancha qip-qizil tusga kirib ogʻzidagi matoni qattiq tishlagancha yonidagi oʻrindiqni qattiq siqib turdi

Nisa ishini tugatib pichoqqa viskiydan biroz toʻkib chuqur nafas olib soʻng oʻqni pichoq yordamida izlay boshladi

Oradan koʻp oʻtmay pichoq metal boʻlagiga borib urildi

—Juda ichkarida joylashgan ekan

Nisa nima qilishni bilmay pichoq bilan oʻqni olishga harakat qilar ekan qilgan harakatlari besamar ketdi

—Qisqich kerak u siz bo'lmaydi

Nisa yana old o'rindiqqa oʻtib qisqichga o'xshash nimadir izlar ekan hech narsa topa olmadi Jungkookni esa borgan sari ahvoli og'irlashib hushidan keta boshladi

—Yo Xudo endi nima qilaman nima qilaman

Nisa qon boʻlib ketgan qoʻli bilan yuziga urar ekan hayoliga hech narsa kelmadi Jungkookni ahvolini koʻrib u butkul oʻzini yoʻqotib jazavaga tushib qoldi

—Uni saqlay ololmayman bu qoʻlimda kelmaydi


Hozirgina qochib qutilgan omborxonada qanday qilib paydo boʻlganini tushuna olmagan yigit yon atrofni kuzatar ekan koʻzi birdan Sugani quchogʻida qonga belanib yotgan Taehyungga tushdi

—Unday dema hali uzuq vaqt birga boʻlasizlar farzandlaringiz nevaralaringiz boʻladi men ham Jungkook ham ularni yelkamizga ortib katta qilamiz

—Jung.kook.ka oʻzingiz koʻz qu.loq boʻ.ling va ya.na H.hyung Borani ham siz.ga top.shir.dim un.ga uni ju.da qat.tiq sev.ga.nim.ni ay.ting uni tash.lab ke.ta.yot.ganim uchun m.me.ni ke.chir.sin

—Yo'q yo'q Taehyung bo'lishi mumkin emas Taehyung

Jungkook ularni oldiga yugurib borar ekan uni na Suga va na Taehyung ko'rishdi

Soʻngi jumlalardan soʻng Sugani kaftini tutib turgan qonga belangan yigitni qoʻllari yerga quladi Sugani qulogʻi ostida Taehyungni toʻyib soʻngi bor olgan nafasi uzoq muddatgacha eshitilib turdi..

—Bu yerda nima qilyapsan

Toshdek qotib qolgan Jungkookni kuzatib turgan nur sekin uni oldiga yaqinlashdi

—Taehyung

Jungkook bir Sugani qoʻllarida jon bergan Taehyungga va yana bir qarshisida turgan nurga qarab u tomon qoʻllarini choʻzdi

—Endi iloji yoʻq men oralaringizda yoʻqman

Jungkook Taehyungga tega olmadi

—Men tush ko'ryapman shundaymi sen tiriksan ku toʻgʻrimi

Taehyung Jungkookni savoliga javob berishni lozim topmadi unga mayin tabassum qilib quchgandek harakat qildida soʻng koʻzdan gʻoyib boʻldi


—Taehyung

Oʻrnidan sapchib turgan Bora yon atrofidan Taehyungni izlar ekan palatada yolgʻiz ekanligini koʻrib oʻrnidan sapchib turdida borib chiroqni yoqdi

—Bu shunchaki tush edi qoʻrqinchli tush xolos

Bora atrofga alanglab qarar ekan yotogʻi oldidagi telefoni koʻrib bir ikki qadam tashlab joyida toshdek qotib qoldi

—Bu nima edi

Ortga qadam tashlab oyna orqali aksini kuzatgan qiz quloq sohasi boʻylab qon oqib boʻyin sohasiga tushganini koʻrib qoʻrqib ketdi

—Bu nimasi boʻldi

Qiz sochini ortga olib aksini yaxshiroq kuzatar ekan yotoq ustidagi telefoni jiringlab qoldi

Bora ekrandagi Taehyung yozuvini koʻrib tezda goʻshakni koʻtardi

—Taehyung qayerlarda yurib

—Bora Taehyung

Qiz goʻshak ortidan Sugani yigʻi aralash ovozini eshitar ekan beixtiyor koʻziga yosh kela boshladi

—Qani u Suga Taehyung qani



1 yildan soʻng

Nisa va Jungkookni majburan kelin libos tanlash uchun olib kelgan Bora atrofni kuzatar ekan nigohi birdan bino markazidagi maxsus shisha ichidagi libosga tushdi

—Men tanlab boʻldim shunisini olamiz

Qiz tanlagan koʻylakni koʻrish uchun shisha oldiga kelishar ekan Nisa va Jungkook ham xuddi Boradek qotib qolishgan edi

—Nisa xuddi sen uchun tikilganga o'xshar ekan siz nima deysiz Jungkook

Bora Nisa va Jungkookka yuzlanar ekan ulardan hech qanday sas-sado chiqmadi

—Qo'ysangizchi endi oradan bir yil oʻtdi marhumni xurmati deb bir yildan buyon shunday yuribsiz ha toʻgʻri nigoh shartnomasi bor biroq qaysi qiz oq libos kiyishni xohlamas ekan qaysi yigit sevgan qizini oq libosda koʻrishni xohlamas ekan-a qani menga ayting-chi nima meni sezmaydi deb oʻylaysizmi bir biringizga qanday qarashingizni yaxshi bilan oldimda oʻzingizni aybdor deb bilib shu bir yil ichida bir biringizdan qochdingiz oldimda xatto bir biringizga gapirmadingiz lekin Taehyung shuni xohlabdimi a sizlarni shu ahvolda koʻrsa mendan qanchalar ranjir edi boʻldi endi bas qiling sizlarni bunday yurishingizni xohlamayman bir hafta ichida yoʻq uch kun uch kun ichida turmush qurmasangiz qasam ichaman ikkingizdan biringizni Taehyungni orqasidan yuboraman

Gapini yakunlab qora ko'zoynagini taqqancha binoni tark etayotgan qizga termulib qolgan juftlik anchagacha sukut saqlab turishdi goh Nisa Jungkookka qarar goh Jungkook Nisaga qarar ekan oxiri bu sukunatni ularni oldiga kelgan xodima buzdi

—Ko'ylak tanladingizlarmi

—Ha shishadagi libosni olamiz

Jungkook Nisani oʻrniga javob berdida xodimani ortidan borishiga imladi

Koʻp oʻtmay esa egniga oʻsha libosni kiyib Nisa Jungkookni oldiga chiqdi

—Tan olish kerak Bora juda ham haq gapni aytgan ekan libos chindan sen uchun tikilganga oʻxshaydi

Nisani oldiga mayda qadamlar bilan yaqinlashib kelgan Jungkook aylangancha qizni kuzatdida bir qoʻlini choʻntagiga solib bir qoʻli bilan Nisani nozik belidan mahkam ushlab oʻziga tortdi

—To'yni ertaga qilamiz

Nisa Jungkookdan koʻzini uzmay qarab turar ekan mayli deb rozilik berdi

—Boraga xabardor ekanimizni sezdirib qoʻyma qara koʻzlaring qizarib ketibdi

Jungkookni soʻngi jumlasidan soʻng ushlab turilgan yoshlar shashqator boʻlib oqa boshladi

—Shuncha paytgacha yashirib kelganiga ishona olmayapman nega men buni sezmadim axir bir yildan beri uni oldida edim ku nega hech narsani payqamadim

Kichik jussani baquvvat tanasi bilan mahkam quchgan yigit asta sekin qizni sochlarini silagancha taskin bera boshladi oq libos kiygan qizni ilk bor yig'layotganini koʻrgan atrofdagi odamlar esa ularni chetlab oʻta boshlashdi


Toʻy kuni aniq boʻlib hamma toʻyga tayyorgarlik koʻrar ekan Bora erta tongdan tayyorlanib toʻkilib ado boʻlgʻan sochini yigʻib hali uygʻonmagan Nisaga kichik qogʻozda xat qoldirib uydan chiqib ketdi

Taksida 20 daqiqada manziliga kelgan qiz umuman kutmagan insoni uchratdi

—Saharlab kelmasding ku

—Nima meni poylab yuribsanmi

—Ha yashirmayman senga duch kelmaslik uchun baʼzan kuzatishga odam qoʻyar edim

Bora biroz sukut saqlab keyin qizni oldiga kelib oʻtirdi

—Anavi Taehyungni oldida qabirni nega kovlatganingni bilsam boʻladimi

—Ha unimi o'zim uchun kovlatgandim

Borani gapidan soʻng oʻrnidan turib ketgan qiz unga xuddi jinniga qaragandek qaradi

—Bu yer erimni ota-onasini - qiz ikki kishilik qabrga ishora qildi
—Bu yer esa uni buvasini - ularni yonidagi qabrni koʻrsatib
—A mana bu yer esa sen oʻldirgan qizimni - kichkina qabrga ishora qilib
—Bu yer esa erimni - uzoq tikilgancha

—Va soʻnggisi uni oldidagi qabr esa meniki xoʻsh senga yoqdimi kechagina qazishgan uni

—Qizingni o'limi uchun afsusdaman biroq bu ishing

—Afsusdamisan chindan a

Bora qarshisidagi qiz oldiga kelib koʻzlariga tikildi

—Danie qizimni jonsiz tanasini ushlab turganimda sen ham shu narsani his qilishingni xohlagan edim bilasanmi lekin yarim yil oʻtgan boʻlsa ham haligacha farzand koʻra olmading..

qoʻy menga organizmingni pesh qilma haddan tashqari spirtli ichimliklar koʻp miqdorda sigara isteʼmoli senga doktorlar homilador boʻla olmasliging sabablari deb shularni keltirganida hech belanchakda chinqirab yigʻlagan qizim hayolingga kelganmidi..

Bora gapini yakunlar ekan Danieni koʻziga yosh kela boshladi nigohlarini undan olib qochib Jiwonni qabriga tikildi

—Bu yerga kelishimni ham asl sababi shu har tun tushlarimda oʻsha kechani koʻraman koʻz oldimda oʻsha holat gavdalanaveradi nima qilay axir qiynalib ketdim oʻtmishni ortga qaytara olmasam

Bora biroz oyoqlariga tiz choʻkkan qizga termulib turdida soʻng uni majburlab turgʻazdi

—Bu yerga qaytib kelma qaytib qorangni koʻrmay aks holda qizim qanday qiynalib jon taslim qilgan boʻlsa sen ham xuddi shunday qoʻllarimda qiynalib jon taslim qilasan


—Nisa uygʻon

—Hari qachon keldingiz

Nisa arang oʻrnidan turib Hariga boshdan oyoq razm solar ekan bugun kelin u mi yoki Harimi bilmay qoldi

—Hari nima siz ham erga tegyapsizmi

—Yo Xudo bu qizni gapiga qara nima balo hali ham uyqusirayapsabmi bu turishda qachon tayyor boʻlasan a soatga qaradingmi oʻzi Jungkookni allaqachon tayyorlab boʻlishibdi sen esa bu yerda to'yingizni tushingda koʻrib yotibsan

—Bora uyg'otishi kerak edi darvoqe qani u

Nisa sapchib oʻrnidan turib Borani izlay boshladi

—Hari Bora qayerda

—To'y boshlanguniga qadar kelaman deb yozib ketgan ekan

Hari Bora qoldirgan kichik qogʻozchaga ishora qildi

Nisa qogʻozni qoʻliga olib hech narsa demay turar ekan Hari uni oʻrnidan turgʻazib majburlab vannaga olib kirib ketdi


Allaqachon hamma yigʻilgan biroq toʻyni tashkillashtirishda asosiy oʻrin tutgan inson haligacha kelgani yo'q kun issiq boʻlgani sabab Nisani yuziga kichik vintelyator tutib turishibdi Jungkook esa terlab ketgani bois egnidagi kastyumini yechib odamlarini xabarini kutib turgandi

—Kelyapti

Hari sohil boʻyida toʻxtagan mashinadan tushgan Borani koʻrib hammani ogohlantirishi bilan toʻyga kelganlar hozirgina yetib kelishgandek oʻzlarini odatdagidek tuta boshlashdi

—Ya tovba toʻyni tashkillashtirishga qachon ulgurdingiz

Bora qo'lidagilarni toʻgʻri kelgan stol ustiga qoʻyib Nisa va Jungkook oʻrtasiga tutib oldi

—Hari bizni surʼatga olishlarini ayting

—Bora qayerda eding

Nisa Hari ketishi bilan qoʻlini ushlab majburan oʻziga qaratdi Jungkook esa yoʻq degan ishora qilishi bilan qizni bilaklarini bo'shatdi

—Gul otish marosimiga ulgura olmading

—Men shundog'am erli ayol boʻlsam menga unaqa marosimlarni umuman qizigʻi yoʻq bilsang qani endi toʻgʻri turaylik suratkash keldi

Bir ikki suratga olishlari bilan Bora ulardan uzoqlashdi

—Qani endi nikohni o'qishsin keyin esa yana surʼatga tushaveramiz

Bora ruhoniyga ruxsat bergancha oʻzi Harini oldidan joy oldi

—Siz Jeon Jungkook Yun Nisani yaxshi-yomon kunida sog'likdan va betoblikda boylik-u qashshoqlik holatingizda ham sevishga uni bir umr ardoqlab xiyonat qilmaslikka vaʼda berasizmi

Jungkook biroz jim turib Nisaga yaqin keldida qulogʻiga asta shivirladi

—Rad eta olmayman shekilli sababi kun kelib yana koʻksimdan otishsa oʻqni olib oʻrniga boshqa narsa qoldiradigan odam yonimda boʻlmaydi

—Ko'p gapirmay tezroq rozilik bersangizchi

Nisa atrofdagilarga qarab oʻzini kulishga majburlab Jungkookni qoʻllaridan mahkam siqib qoʻydi

—Roziman

—O'yin qilayaptimi deb juda qo'rqqan edim

Suga Hari va Bora oldiga kelib ularni ofitsiant olib yurgan ichimliklar bilan mehmon qilar ekan Hari endi qoʻliga olgan ichimlikni allaqayoqdan paydo boʻlgan erkak olib qoʻydi

—Yo Xudo shunaqa qoʻqqisdan paydo boʻlish senga yoqadimi deyman a

—O'zi yaqinda topgan rafiqamga nega tegajog'lik qilyapsan

Hari Gyounsikni shu yerda ekanligini unutib endi erkin nafas olmoqchi edi-yu biroq bu ham uzoqqa choʻzilmadi qoʻlidagi qadahni eriga tutqazgancha oʻgʻlini oldiga ketib qoldi ortidan esa Suga va Gyounsik ham ergashdi

—Hoy menga qara oʻgʻlingga ayt qizimdan nari yursin kelganimizdan buyon qizimga koʻz qisyapti

—O'g'lim qizingga koʻz qisgani uchun sen xotimga suykalyapsanmi lanati

—O'zingni kim deb oʻylayapsan kechagina na rafiqang va na bolang bor edi

—Menga qara Suga toʻy deb jim turibman aks holda shu yerda oʻzida

—Hey nima meni qarab turadi deb o'ylayapsanmi men ham Jungkookni hurmati jim turibman aks holda

Bir birini yoqqasidan olgan erkaklarga termulib turgan olomon ichidan Yeri va Suho chiqib keldi

—Dada bu nimasi ichib oldingizmi

Erkakka yeb qoʻygudek qarab bas qilishiga ishora qilgan qizni hatti harakatidan soʻng Suga sekin qoʻlini Gyounsikni yoqasidan oldi

—Dada oyim sizni kuzatib turibdi tez Suga amakimni yoqasini qoʻyib yuboring

Bir oʻgʻliga yana bir xotiniga qaragan erkak qoʻllarini tezda Sugani yoqasidan olib tezda ajraldi

Ularni uzoqdan kuzatib turgan Bora qoʻlidagi qadahni endi lablari orasiga olib kelganida koʻziga Taehyung koʻrindi

—Taehyung

Bora qadahni stol ustiga qoʻyib koʻziga koʻringan sharpa ortidan ketdi

Jungkook va Nisa nikoh qasamyodini yakunlab bir biridan boʻsa olishar ekan ulardan koʻz uzmay turgan Suhoni Yeri koʻzlarini berkitdi

—Onam aytdi bunaqa narsalarni ko'rish uchun kichkinalik qilar ekanmiz

—Shunaqami nega unda oʻzingni koʻzlaringni yummading

—Men haligi

Yeri Suhoni mensimay dadasini oldiga ketib qoldi Suho esa chuqur uh tortib boshini qashlab qoldi

—O'zim tugatmasam ajralging ham kelmaydi e

—Kulgimni qistatmang oyogʻingizdan bosmaganimda haligacha lablarimni soʻrib o'tirgan bo'lardingiz

Nisa Jungkookni oʻzidan itarib oldiga surʼatga tushish uchun kelganlar tomon egildi

Oradan koʻp vaqt oʻtmay Nisa mehmonlar orasidan Borani topa olmagach yigitlar bilan birga qadah urushtirayotgan Jungkookni oldiga kelib uni chetga tortdi

—Biroz sabr qilsangchi koʻrganlar nima dey oʻylay

—Jungkook Bora yoʻq

—Nima

Jungkook Nisani yosh toʻla nigohlariga qarab sekin qizni koʻz yoshlarini artdi

—Topamiz yagonam hozir topamiz


—Ketamizmi chindan olib ketasizmi aldamayapsizmi Taehyung

—Ketamiz ketamiz qani endi koʻzlaringni yumib 100 gacha sana agar 100 gacha sanaguningcha seni hech kim topmasa seni oʻzim bilan birga olib ketaman..


The end


Xullas fanfic tugadi shu fanfic ishonasilami 9 oy umrimni va 2 ta telefonimni yedi lekin shunga qaramay arzigulik boʻldi deb ayta olaman

Fanficni boshidan oxirigacham sabr bilan oʻqib kelgan tushlarida koʻrib erinmay video yasagan camentga uzundan uzun fikrlar qoldirgan e chiqsin e deb reaksiya bosib ketganlar final butun boshli fanfic haqida oʻz fikringizni qoldiring

Keyingi fanficlarimda ko'rishguncha xayr

Muallif: Bora

Kanal catalogi: @bangtan_ff_shop_menu