October 30

Impossible love

Hein pov: Uyg'onishni istamayman uni ko'ksida bir umr ko'zimni yumgancha qaytib ochmaslikka ham roziman

Jungkook Heinni ko'tarib ustiga sochiqni o'rab o'zi ham sochiqqa o'randida vannadan chiqdi

Jungkook: Hein ko'zingni och Hein

Ularni bu ahvolda ko'rgan ustoz Park esa nima deyishni bilmay orqaga tisarilib stul ustida turgan vazani tushurib yubordi

Jungkook Heinni tinmay yuziga urar ekan orqadan kelgan singan shisha ovozlari uni bir zum to'xtatib o'girilishiga sabab boldi

Ustoz Park: Hhaligi men

Jungkook: Bu yerdan daf bo'l

Ayol qo'rqqanidan bir yutinib tezda xonadan chiqib ketdi

Jungkook qizni o'ziga kelmaganidan qo'rqib uni ustiga oʻzini kiyimlaridan kiydirib o'zi ham tezda kiyindida uydan olib chiqib ketdi

Yomgʻir tingan ammo atrofni qalin tuman qoplab 2 metr narini ham ko'rib bo'lmaydigan darajaga kelgandi

Qizni oldi o'rindiqqa joylashtirgan Jungkook shoshilgancha o'zi kelib tezda rulga o'tirdida mashinani yoqib hayday boshladi

Jungkookni bir qo'li rulda bir qo'li esa Heinni qo'llarini ushlab olgandi

Jungkook: Hein Hein

Qizni ko'zini ochishiga umid qilib har lahza uni ismini aytib nigohlarini Heindan uzmay kelayotgan Jungkook yo'lga qarashi bn ulkan yuk mashinaga ko'zi tushdi

Jungkook rulni burishga ham ulgurmadi mashina yuk mashina ostiga kirib ketdi


Oradan 2 soat o'tib atrofni paletsiya va tez yordam mashinalari o'rab oldi

Yuk mashinani tagiga kirib ketgan mashinani arang olib chiqishdi

Palitsiya xodimlari haydovchi o'rindig'ini eshigini ochishdi

Xodimlardan biri uni bo'ynidagi tomirini tekshirdi

–U tirik u tirik ekan tez yordam xodimlarini o'tqazib yuboringlar

Paletsiya xodimi Jungkookni belidan ushlab tushurishga urinar ekan Jungkook sira Heinni qo'lini qo'yib yubormadi xodim uni qancha o'ziga tortmasin kuchi yetmadi va mashina ichiga qarab mashina o'rindig'ida yana bitta odam borligini bildi

–Old o'rindiqda yana bitta odam bor ekan eshigini ochishga urinib ko'ring

Bir nechta palitsiyachilar kelib Hein o'tirgan mashina eshigini ochishga urina boshlashdi ammo mashina shu darajada majag'lanib ketgan edi ki eshikni ochishni ilojisi yo'q edi
3 ta erkak bir amallab eshikni ochdida qizni tekshirishdi

–U o'libdi

–Haydovchini chiqarib ol

–Yaxshi

Erkak yana Jungkookni tushurishga harakat qila boshladi biroq Jungkookni sira chiqara olmadi

–Qo'lini qo'yib yubormayapti ayolni mashinadan chiqarishga harakat qilib ko'ringlar

Xodimlardan biri mashina ichiga bosh suqishi bn undan sizib chiqayotgan gaz hidini sezdi

–Mashinadan nari keting u hozir portlaydi

Buni eshitgan hamma o'zini mashinadan uzoqroqqa urar ekan Jungkookni belidan ushlab olgan erkak uni bor kuchi bn chiqarishga harakat qilishdan to'xtamayotgandi

–Qo'yib yubor uni bo'lmasa sen ham o'lib ketasan qo'yib yubor

Erkak qancha urinmasin Jungkook sira qo'llarini qo'yib yubormadi oxiri erkak taqdirga tan berib uni o'sha yerda qoldirib o'zini mashinadan uzoqqa oldi va mashina birdaniga portlab ketdi..


Jungkook pov: Hech qachon vos kechish un sevmagandim doimo sevgim un kurashdim lekin hayot doim sevganlarimni mendan tortib oldi biroq bu safar meni o'zim u bilan birga ketishni tanladim..

Impossible love

The end

Mana azizlar mini fanfigimiz ham oʻz nihoyasiga yetdi sizlarga yoqdi degan umiddaman reaksiya va cament kutib qolaman

Iloji bolsa fanficni boshidan oxirigacham o'qigan hamma o'z fikrini yozib qoldirsa xursand bo'lardim

Muallif: Bora
Kanal: @Bangtan_ff_shop