OG'U
Ko'zlarini arang ochgan qiz boshini changallab o'rnidan turdi
Bora: Ahhh shibal yorilib ketaman deydiya
Bora ko'zlarini qiya ochgancha vannaga kirdi sochlarini yig'ib tish cho'tkasini olib endi tishlarini yuvish un shaylangandi ham xonaga xizmatchi kirib keldi
–Hamma sizni kutyapti pastga tushar ekansiz
Shifoxonaga yetib kelgan qiz navbatchi hamshiralardan opasi haqida bilib tezda u yotgan palataga shoshildi
Yunhe opasi yotgan palata oldiga kelar ekan uni eshik oldida o'tirgan palitsiya xodimlari kiritmadi
–Kechirasiz gumonlanuvchi oldiga kirgiza olmaymiz
Yunhe: Qanaqa gumonlanuvchi bu yerda meni opam yotibdi
–Kechirasiz bu yerga hech kimni kirgiza olmaymiz
Yunhe: Nega kirgizmas ekansiz men uni singlisiman
Yunhe: Senlar kim bo'libsanlarki opamni oldiga kirgizmas ekansanlar sizlarga kim buyruq berdi
–Xonim iltimos muommo tug'dirmay bu yerni tark eting
Yunhe: Muommo menga ham muommo kerak emas meni yaxshilikcha o'tqazib yuboringlar
Dasturxon atrofida o'tirgan oila a'zolarini ko'rgan Bora chuqur nafas olgancha ularni oldiga tushdi
Yoshi 40 lardan o'tgan erkak qizga qulochini ochar ekan Bora tabassum qilgancha dadasini quchib oldi
Bora: Sizni juda sog'ingan edim
–Men ham agar kelayotganingni bilganimda kecha kutib olishga chiqqan bo'lardim
Qizni akasi singlisi xafa bo'lmasin deb qo'shimcha qildi
–Qizim seni aldashga haddim sig'armidi
Janob Park: Yetarlicha rol o'ynadingiz endi esa ovqatlansak
Erkak barmoqlarini bir biriga biriktirib stolga tiradi
Bora buvasini bu qoʻpolligiga o'rganib ketgan shuning un u ham erkakka xuddi shunday javob qaytardi
Bora: Mayli unda jimgina nonushta qilamiz
Bora stullardan birini surib o'tirar ekan Jimin va uning otasi Janob Khan qizni bu ishidan biroz hadiksirab Janob Parkka qarashdi
Buvasini baqirganidan qulog'i qomatga kelgan Bora pinagini ham buzmay unga qaradi
Bora: Menda biror bir gapingiz bormi
Janob Park: Odobing qayerda qoldi aqlingga qo'shib uni ham yedingmi
Janob Khan: Buvangga hurmat bajo keltir
Bora ensa qotirib sanchiqi va pichoqni joyiga qo'ydida o'rnidan turib buvasini oldiga bordi
Yerga tizzalab o'tirgan qiz majburan buvasi bn salomlashdi
Bora: Menga Koreyaga kelishimga ruxsat berganinggizdan minnatdorman
Bora asabiy ko'zlarini yumib yana majburan buvasiga og'iz juftladi
Bora: Endi tinch yuraman va ishlaringizga aralashmayman
Janob Park: Chizgan chizig'imdan chiqmaysan va menga ishlaysan
Bora: Nima hech qachon ishlaringizga aralashmasligim mumkin lekin sizga ishlamayman
Janob Park Janob Khan va Jiminga qarashlari bn Jimin kulgancha Borani turtdida soʻng o'zi ham uni oldiga o'tirdi
Jimin: Janob unga o'zim hammasini tushuntiraman
Janob Khan: Unga biroz vaqt bering keyingi haftadan ish boshlaydi
Hamma egilib turar ekan Bora ichida o'zini so'kdi
Bora: Kelmasligim kerak edi o'zim aybdorman
–Shoshmang u yerga kirish mumkin emas to'xtang
Kotibani qarshiliklariga qaramay xonaga otilib kirgan Yunhe ko'rgan manzarasidan hijolat bo'lib orqaga o'girildi
Begona qiz xonasiga bostirib kelganidan asabiylashgan yigit ustidagi qizni sekin tizzasidan tushurib shimini zamogini o'tqazib kiyimlarini tugmasini qadadi-da chaqirilmagan mehmonga yuzlandi
–Kechirasiz Janob Jungkook ularni to'xtata olmadim
Kotiba qiz hamsiragancha uzr so'rab xonaga kirib keldi
Yigit qoshlarini chimirib qizga qaradi
Yunhe: Xodimalarizdan biri bo'lgan kecha pichoqlab ketilgan Cho Isoni aytyapman
Jungkook oldida o'tirgan kalta sochli qizga va kotibasiga eshikni ko'rsatar ekan avvaliga kotiba soʻngra kalta sochli qiz Jungkookni ish stoli tagidan ichki kiyimini olib chiqib ketdi
Jungkook: Xo'sh nima xohlaysiz
Yunhe: Siz u yotgan xonani qo'riqlash un paletsiya xodimlarini qo'yibsiz
Yunhe: Ularga ayting opamni oldiga kirishimga ruxsat berishsin
Yunhe: Tushunmadim siz gapimni eshitmadingiz shekilli men uni singlisiman
Jungkook: Meni millatim koreys va men koreys tilini bilaman shuning un menga takrorlashingiz shart emas
Yunhe: Yaxshi unda ularga ayting opamni oldiga kirishimga ruxsat berishsin
Jungkook: Opanggizni nega pichoqlashganini bilasizmi
Yigit o'rnidan turib Yunheni oldiga keldi
Yunhe qimirlamay uni kuzatar ekan yigit egilib qizni quloqlariga shivirladi
Jungkook: Opam o'lib qutilsin deb duo qil u kecha naq 10 ta bemorga juda ko'p dozada dori yuborgan (tomochi dorini nazarda tutyapti)
Janob Park Boraga bitta delani uzatdi
Bora delaga qarab turar ekan ichini ochmasi bobosiga yuzlandi
Janob Park: Ismi Cho Iso kecha pichoqlab qo'yishgan bu seni qaytganingdan soʻng birinchi ishing bo'ladi uni oshxona anjomlarida behosdan shikastlab qo'yishgan deb ishni yop
Bora delani sekin ochar ekan unda bobosi aytgan qizni pichoqlangan holatda suratga tushirilgan rasmlarini va aybdorni tilxatini ko'rdi
Bora: Demak oshxona anjomlaridan toʻgʻri foydalanmagan xodim uni pichoqlab qo'ygan
Bora: Lekin rasmda ko'rinib turibdi ku uni chuqur yaralashgan
Janob Park: Senga oxirgi marotaba imkon beryapman bu seni oxirgi imkoniyating aytganlarimni qil shunda seni mamlakatdagi eng yaxshi prakror qilaman
Bora delani yopib dasturxonni bir burchagiga qo'ydi
Hamma yana jimgina ovqatlanar ekan Bora har zamon delaga qarab qo'yar hayolida allanimalar kezayotgan edi
Sukunat uzoqqa cho'zilib bu hammaga noqulaylik tug'dirar ekan Janob Khan endi og'iz juftlab qiziga gapirmoqchi boʻlgandi ham Janob Park kuyovini unini eshitmaslik un ham Jiminni suhbatga tortdi
Janob Park: Men aytgan bino nima bo'ldi hal qildingmi
Jimin og'zini qog'oz salfetkaga artib bobosiga yuzlandi
Jimin: Deyarli shunday yaqinda sud qarori chiqdi unga ko'ra 1 hafta mobaynida bino ishga tushmasa sotuvga chiqadi
Janob Park: Joningni sotib bo'lsa ham o'sha binoni sotib ol
Jimin: Nega aynan bu binoga qiziqib qoldingiz
Janob Park: O'sha bino bn bogʻliq ishlarim bor endi esa sudyani oldiga borib u bn gaplash
Ovqatlanib bo'lgan yigit hoziroq shu ishni hal qilish un hammaga yoqimli ishtaha tilab o'rnidan turdi
Janob Park: Meni nomimdan janob sudyaga salomimni yetkaz
Jimin ta'zim bajo keltirib u yerni tark etdi
***
Har doimgidek divan ustida televizor ko'rgancha uxlab yotgan amakisini ko'rgan Minsu sekin unga yaqinlashib ko'ksidagi pultni olib televizorni o'chirdi
Minsu bir qo'lida kichik qadah yana birida esa sojuni bo'm-bo'sh idishini ushlab yotgan erkakka qarab chuqur nafas oldida qo'lidagilarni olib ustiga choyshabni yopib oshxonaga yo'l oldi
Oshxonaga kirishi bilan tamaki hidi dimog'iga urildi
Qizni tamaki tutuniga alergiyasi borli un tezda oshxona derazalarini ochib xonani shamollatdi
Soatiga qarab aftobusni nechi minutda kelishini chamalab chiqqan Minsu apil-tapil amakisi va singlisiga nonushta tayyorlab soʻng uydan o'ziga biroz qarab chiqib ketdi
Jungkook qizdan uzoqlashib uni qarshisidagi divanga qulay joylashib oldida qizga bamaylixotir tushuntirdi
Jungkook: Yaxshi eshit unda kecha opang 10 ta bemorga dozasi 2 milligramdan oshmasligi kk boʻlgan dorini 10 milligramdan yuborgan natijada 2 ta bemor o'sha yerni o'zida vafot etgan qolganlari esa komaga tushgan
Yunhe: Siz nimalar deyapsiz u hech qachon bunday xato qilmagan
Jungkook: Kecha u shunday qilgan dorini yuborib boʻlgandan song 20 daqiqa o'tib bemorlarni ahvoli og'irlashgan xodimlarimiz ko'rsatgan yordamlari tufayli anchasi sogʻ-omon qoldi biroq 2 ta yoshi katta bemorlar vafot etdi opangni pichoqlagan erkak esa vafot etgan bemorlarni birini oʻgʻli bo'lib chiqdi
Yunhe bu gapni eshitgach chuqur chuqur nafas ola boshladi ko'z oldi qorong'ulashib bo'g'ziga nimadir tiqilgandek bo'ldi
Jungkook: Uni oldiga hech kimni yaqinlashtira olmayman xushiga kelgandan soʻng uni tergov qilishadi ungacham hech kim bilan gaplashmaydi
Jungkook shunday deb o'rnidan turar ekan Yunhe ham u bilan baravar o'rnidan turib yigitni qo'llaridan ushlab yolvora boshladi
Yunhe: Iltimos janob ruxsat bering uni bir marotaba ko'ray iltimos
Qizni ko'zidan bir ikki tomchi yumalab yigitni kaftiga kelib tushdi
Jungkook chuqur nafas olib qizni qo'llarini siltab uni iltimosini rad etdi
Jungkook: Ruxsat bera olmayman xonadan chiqing
Avtobusda 20 daqiqa deganda manziligiga yetib kelgan Minsu chuqur nafas olib binoga kirib ketdi
Advakati aytgan odam bilan uchrashish un uni kabinetiga kelib kiyimlari va sochlarini tartiblab eshikni taqillatdi ichkaridan ''kiring'' degan ruxsatni olgach xonaga kirdi
Xona markaziga qo'yilgan ish stolida o'tirgan erkak qizni chap tomonidagi o'rindiqqa o'tirishini taklif qildi
–Xush kelibsiz Chon Minsu xonim qani o'tiring
Minsu iymanibgina erkak ko'rsatgan joyga o'tirar ekan uni qarshisida bamaylixotir qizdan ko'zini uzmay oʻtirgan yigit ham bor edi
Hech kimni ruxsatisiz yigit o'zini tanishtirdi
Minsu pov: Advakat Cha aytgan yigit demak shu ekanda Janob Parkni nevarasi
– Tanishganimdan xursandman Chon Minsu
Qiz uni bu gapini e'tiborsiz qoldirib sudyaga gapirib ketdi
Minsu: Janob yolgʻiz gaplashib olsak bo'ladimi
Jimin: Gapingiz shunchalar shaxsiymi
Minsu yana yigitga e'tibor bermay sudyaga qarab turar ekan erkak Jiminga bir qarab qo'ydida soʻng Minsuga yuzlandi
–Minsu xonim gapiravering Janob Jimin ham sizni nima maqsadda kelganinggizni biladilar
Minsuni erkakni gapidan soʻng ichidagi soʻnggi umidi ham chilparchin boʻldi chuqur nafas olib o'rindiqqa suyanib ko'z qirini Jiminga tashladi-da soʻng gapni cho'zib o'tirmay maqsadga o'tdi
Minsu: Janob sudya sizni chiqargan qaroringgizni hurmat qilaman ammo bilasizmi siz bergan muddat juda ham kam aytmoqchimanki
–Unda vos keching binoni o'zingiz sotuvga qo'ying
Qizni gapini bo'lib Jimin oraga suqildi
Minsu: Bo'lmaydi otam u yerga onamni orzusini amalga oshirib restarant ochmoqchi edi
Jimin: Sizga yaxshigina taklif beraman xohlagan joyinggizdan joy sotib olib o'sha restarantizni ochaverasiz
Minsu: U bino dengizga qaragan manzarasi chiroyli joyda joylashgan u yerni onam tanlagan binoni sota olmayman
Jimin: Onangizga ayting boshqa chiroyli joy topib bersin
Minsu Jiminni bu gapidan soʻng chuqur nafas olib sudyaga qaradi
–Yaxshi muhlatni yana 1 oyga uzaytiraman
Jimin: Bu muddatda bitta kompaniyani ochib ishga tushursa bo'ladi
Minsu Jiminni gapiga e'tibor qilmay yana sudyaga qarar ekan Jimin sudyaga qarab yoʻq ishorasini qildi
Sudya: 1 oy Minsu xonim undan ortiq cho'zib bera olmayman
Jimin: Menimcha sudga kirishinggiz kerak edi Janob Yee
Erkak qo'l soatiga qarar ekan tastiq ishorasini qilib Minsu va Jimindan uzr so'rab xonadan chiqib ketdi
Erkak chiqib ketgandan soʻng Minsu ham chiqish un eshik oldiga kelar ekan Jimin ham unga ergashdi
–Taklifimni yana bir o'ylab koʻring onanggizga aytsanggiz u yana bir bor siz un bino topib beradi.. Haligi manzarasi chiroyli joydan
Minsu ortiga qarab cho'ntagidan sigara qutisini olib ulardan birini labiga qistirgan yigitga boqdi
Minsu: Meni onam o'lgan keyingi safar har bir aytayotgan gapinggizni o'ylab gapiring Janob Park Jimin
Qizni qo'yib yuborasan hoziroq
Unda sen o'sha erkak bilan tunni o'tqazasan