November 14

OG'U

Epizode 3

Kech soat 18:00

Kontaktlari orasidan oʻziga kerakli raqamni topganiga 10 daqiqadan oshganiga qaramay hamon qoʻngʻiroq qilish yoki qilmasligini uzoq oʻylagan qiz oxiri chaqiruv tugmasini bosib telefonini qulogʻiga tutdi..

Uzoq chaqiruvdan soʻng kompaniya xodimini qisqa signaldan soʻng ovozli xabar qoldirishingiz mumkin degan soʻzlari yangrashi bilan qiz telefonini yotoqning allaqaysi bir burchagiga otib yubordi

Bora: Jin ursin Seroi xatto menga boshqasi bilan uchrashib yurganingni aytishni ham o'zingga ep ko'rmadingmi..


Yigiti bn tungi klubda uchrashishga kelishib olgan Jia opasi va amakisi kelmasidan juftakni rostlamoqchi bo'ldi-yu ammo rejasi ish bermadi eshik oldiga kelishi bn uyga Minsu kirib keldi

Minsu: Bu nima ahvol qayerga yo'l olding

Jia: Senga hisob berishim kk mi nari tur kech qolyapman

Jia opasini turtib o'tib ketmoqchi bo'ldi ammo Minsu uni tirsagidan tortib o'ziga qaratdi

Minsu: Men seni opangman sen bn bogʻliq hamma narsadan xabardor bo'lishim kk shunday ekan menga hisob berishga majbursan

Jia: Qo'yib yubor jin ursin

Minsu: Seni kutyapman

Jia: Yaxshi yigitim bn uchrashmoqchi edim

Minsu: Shu ko'rinishingdami

Jia: Ko'rinishimga nima qilibdi

Minsu ko'zlarini yumib chuqur nafas oldida singlisiga yeb qo'ygudek qarab gapini davom ettirdi

Minsu: Jia bu ahvolingda hech qayerga chiqmaysan

Jia: Tushunmadim nima deding

Minsu: Uyga kir tez

Jia: Menga buyruq bera olmaysan

Minsu: Men seni opangman

Jia: Opang opang jonimga tegding Minsu jonimga tegding hayotda hech narsaga erishmagan noshudsan meni ham o'zingga o'xshashimni kutyapsanmi hech qachon eshityapsanmi hech qachon sen kabi bo'lmayman sen kabi noshud va hech narsaga erishmay hech kimga keraksiz bir chiqindi bo'lishni ISTAMAYMAN

Minsu o'zini qancha boshishga urinmasin singlisini soʻnggi so'zlari uni quyishqondan chiqardi qo'llarini musht qilib g'azabini jilovlashga qancha urinmasin opasiga ters gapirib uydan hech narsa bo'lmagandek chiqishga uringan Jiani yuziga xatto o'zi bilmagan holda tarsaki tushurib yubordi

Yuzini ushlagancha opasiga nafrat bilan boqqan Jia bir uydan chiqib ketishga shaylanar ekan Minsu nima qilganini endi tushunib yetdi

Minsu: Jia men

Jia: Sendan nafratlanaman


Xonasida oilaviy suratlariga termulgancha bamaylixotir sigara tutatib o'tirgan Jiminni qulogʻi ostida Minsu aytgan gaplari xuddi chaynalgan kasetadek aylanayotgan edi

Meni onam o'lgan.. onam o'lgan..

Sigarani kuldonga tashlab onasini suratini endi qoʻliga olgan Jiminni xonasiga bobosi kirib keldi

Jimin birdan o'rnidan turib bobosiga taʼzim qilganicha suratni joyiga qo'ydi

Erkak o'sha suratga qaragancha hayolga berilib nega kelganini ham unutdi qizini suratiga bir necha daqiqa termulib turdida soʻng aslida nega kelganini esladi

Bora bilan gaplashdingmi

Jimin hamon taʼzim qilganicha turar ekan singlisini ismini eshitib darrov boshini ko'tardi

Ruxsat bering o'sha ishni o'zim hal qilay

Seningcha men o'sha ishni hal qila olmaganim un Boraga berdimmi..

Gapirayotib zaldagi ovozlarni eshitgan Janob Park birdan toʻxtadi

Jimin: Bu Bora

Bora: Dada kech qolmayman deyapman-ku shunday shifoxonaga borib jabrlanuvchi bilan uchrashib kelaman xolos

Janob Khan: Ertaga qoldir yoʻllar yomon bunday ob-havoda mashina haydashingga ruxsat bermayman

Boraversin

Xonadan Jimin bilan chiqqan erkak kuyovi qarshisiga kelib toʻxtadi

Janob Khan: Axir yo'llarni bilasiz-ku

Kuyoviga ahamiyat bermagan Janob Park Boraga qarab ketishi mumkin ekanligini aytdi

Janob Park: Axiri toʻgʻri qaror qabul qilibsanda

Bora: Bu ishga meni o'zinggiz tortdingiz yakuni qanday boʻlmasin aybdor men bo'lmayman

Bilinar bilinmas egilgan qiz tezda uydan chiqib ketdi u ketishi bilan Janob Park ham xonasiga yoʻl oldi

Bobosini xonasiga kirib ketganiga ishonch hosil qilgan Jimin sekin dadasini oldiga keldi

Jimin: Uni qanday ko'ndirdinggiz

Janob Khan: Jim bobong eshitib qolmasin tagʻin

Oʻgʻliga qarab kulgancha yelkasiga qoqib qoʻygan Janob Khan oshxonaga yoʻl oldi

Flashback:

Qaynotasini qistovi bilan Janob Khan Borani bobosini taklifini qabul qilishiga ko'ndirish un yurak yutgancha uni xonasiga kelib eshigini taqillatdi

Janob Khan: Azizam xonangdamisan

Dadasini ovozini eshitishi bilan o'rnidan sapchib turib yotog'ini tartiblagan qiz sekin borib eshikni ochdi

Janob Khan: Biroz gaplashishga nima deysan

Bora: Mayli qani kiring

Janob Khan yotoq chetiga borib o'tirdida qoʻli bn oldida bo'sh joyga yengilgina urib qizini o'tirishiga ishora qildi

Janob Khan: Qani kela qol

Bora kulgancha borib dadasini oldiga o'tirdi

Janob Khan: Seni kelishingdan umuman xabarim yoʻq edi mendan xafa boʻlmading toʻgʻrimi

Bora: Hammasi joyida dada xafa emasman

Janob Khan kulib qizini sochlaridan silar ekan koʻzi birdan o'sha delaga tushdi

Janob Khan: Xo'sh bobongni taklifini o'ylab ko'rdingmi

Bora sekin boshini ko'tarib dadasiga qarar ekan erkakni nigohlari o'sha delaga qadalganini ko'rdi

Bora: Hali bir qarorga kelmadim

Janob Khan: Balki qabul qilarsan

Bora: Bu ish baxtsiz hodisa bo'lishi mumkin emas qizni olgan jarohatlariga qaraganda bu qotillikka o'xshayapti

Janob Khan: Tahminga ishonib bo'lmaydi borib surishtiruv o'tkazib ko'r agar bu ish bobong aytganidek baxtsiz hodisa boʻlib chiqsa bu imkondan foydalanib qol..

Mamlakat bo'yicha 1-raqamli prokuror bo'lish imkonini qo'ldan boy berma

Janob Khan shunday deb xonadan chiqar ekan ko'zlari zinada koʻtarilib kelayotgan oʻgʻliga tushdi

Janob Khan : Qachon qaytding

Jimin: Hozirgina kelishim bilan singling bilan gaplash deb xonalaridan chiqarib yubordilar

Janob Khan oʻgʻlini yelkasidan quchib uni pastga tushishiga imladi

Janob Khan: Gaplashishingni hojati yo'q qani yur

Comeback


–Nima yana bir bor takrorlay olasizmi

–Janob Kim u 10 ta bemorga juda koʻp dozada dori yuborgan 8 tasi komada ekan 2 tasi o'libdi o'lgan bemorlardan birini oʻgʻli Iso xonimni pichoqlab qochib ketibdi

Yigit bu gaplarni eshitishi bn chuqur xo'rsinib ko'zlarini yumib sochlarini changallab oldi

–Hozir uni ahvoling qanday o'ziga kelibdimi

–Yoq aytishlaricha hali o'ziga kelmabdi Janob Jungkook uni oldiga hech kimni qo'ymay paletsiya xodimlarini bu ishga yo'naltirib uni qo'riqlatayotgan ekan

–Tushundim raxmat janob Hwan iltimos biror bir yangilik boʻlsa menga ham xabar qilsanggiz

–Albatta janob Taehyung

Aloqa tugashi bn Taehyung o'rnidan turib telefonini ish stoli oldidagi divanga otdida o'zi ulkan deraza oldiga kelib atrofni kuzata boshladi

Taehyung pov: Jin ursin hammasini o'sha kuni dalillarni olish un uni oldiga borishim kerak edi nega bormadim a nega endi nima qilaman dalillarni qanday topaman


Jungkook ishlarini bitirib xonasidan chiqar ekan kotibasi yugurgancha uni to'xtatdi

–Janob Jeon bu Isoni telefoni ekan uni parolini ochishlarini aytgan ekansiz hozirgina tashlab ketishdi

Jungkook kotibasiga hatto qiyo ham boqmay telefonni olib lift tomon yo'l oldi

Jungkook: Qani ko'raylikchi nimalar bor ekan bu yerda

Koʻzini telefondan uzmay liftga kirgan yigit
avvaliga xabarlarga kirdi u yerdagi barcha xabarlarni o'qib chiqar ekan ko'zidan qochgan yana bir xabarni ko'rib hayratga tushib qoldi

Jungkook: Bu nima janob Taehyung bu xodimani u bilan nima aloqasi bor

Lift 1 qavatga kelib to'xtadi Jungkook esa hamon o'ziga kelib ulgurgani yoq liftdan chiqmay xabarlarni o'qiy boshladi

–Bu opamni telefonimi

*
Bora mashinasini arang joylashtirib shifoxonaga kirar ekan dimogʻiga spirt va xlor hidi urildi

Bora: Jin ursin xlor xidini yomon koʻraman
Sumkasidan channel brendi ostidagi atirlardan birini olgan qiz darrov bir ikki marta kiyimi va atrofga sepib chuqur nafas oldi-da soʻngra qabul boʻlimiga yo'l oldi

Iso yotgan qavatni arang topib kelgan qiz u yotgan palataga endi kirmoqchi bolib eshik oldiga kelganda palitsiya xodimlari uni yoʻlini to'sishdi

Bora: Men prakror Khan Boraman jabrlanuvchi bilan gaplashishim kk

–Ruxsat bera olmaymiz

Bora: Nega endi

–Shifoxona egasi ruxsat bermaguncha uni oldiga hech kimni qo'ya olmaymiz

Bora: Demak shifoxona egasi uni oldiga hech kimni qo'ymaslikni buyurdimi

–Xuddi shunday u ruxsat bermaguncha kira olmaysiz

Bora qo'riqchilarga kulib vaziyatni yomonlashtirmasdan u yerni tark etdi

Bora: Qiziq bu yerni egasi kim boʻldi ekan endi..

Jungkook ovoz kelgan tomonga qarashi bn koʻzlari Yunhega tushdi-yu tezda telefonni choʻntagiga soldi

Jungkook: Yoq albatta

Yunhe: Shunaqami unda nega yashirdingiz

Jungkook: Yashirmadim choʻntagimga soldim

Yunhe: Telefonni ko'rmoqchiman

Jungkook: Yo'q desamchi

Yunhe: Telefonni qaytaring

Jungkook: Bu opangni telefoni emas

Yunhe Jungkookka bir muddat nafrat to'la ko'zlari bn qarab turdida song sumkasidan telefonini olib allaqanday raqamlarni terib qulog'iga tutdi

Oradan soniyalar o'tmasi Jungkookni cho'ntagidagi telefon jiringlay boshladi

Yunhe: Aldashni eplay olmas ekansiz

Yunhe qizil tugmani bosib chaqiruvni tugatdi

Yunhe: Bu Isoni telefoni uni qaytaring

Jungkook: Agar buni kimgadir berishim kerak bo'lsa ham bu tagi past qizni singlisi bo'lmaydi

Jungkook shunday deb Yunheni chetlab o'tar ekan Yunhe qo'llarini musht qilgancha Jungkookni qarshisidan chiqdi

Yunhe: Sizga so'z beraman Janob Jeon bu qilgan ishlaringizni hisobini to'laysiz

Jungkook Yunhega qarab tirjayib qo'lini cho'ntagiga soldida u tomonga biroz egildi

Jungkook: Xo'sh buni qanday qilasan

Yunhe: Buni paletsiya bilan birga kelganimda ko'rasan

Bora: Men prakror Khan Boraman derektoringgiz bilan uchrashmoqchi edim

—Janob hozirgina chiqib ketdilar

Bora: Qancha boʻldi

— 5 daqiqacha

*

Jungkook: Omad tilayman

Yuzida razil qiyofa yasagancha qizni masxara qilib chetlab o'tgan Jungkook kastyumidan o'zini qoʻl telefonini olib hali biror marta gaplashmagan odamiga qoʻngʻiroq qila boshladi

Ishini endi tugatgan yigit kompyuterini yopar ekan birdan divanga uloqtirgan telefoni jiringlab qoldi

Ekranda Jeon Jungkook yozuvini korib biroz hayron qolgan Taehyung uni koʻp kuttirmay qoʻngʻiroqqa javob berdi

—Menda nima ishing bor Jeon

—Ooo janob Kim ahvollaringiz qanday

—Maqsadga o't nega menga qoʻngʻiroq qilyapsan

—Meni xodimam Iso u bilan seni qanday aloqang bor

—Bu seni qiziqtirmaydi Jeon oʻz ishing bilan shug'ullan

Goʻshakni endi qoʻymoqchi boʻlgan Taehyungni Jungkookning soʻngi gaplari o'ylantirib qoldi

—Aytaylik meni ishim xodimamni himoya qilish lekin u o'z rahbariga qarshi chiqib uni orqasidan ish qilishga urinsa nima qilishim kerak deb o'ylaysan Janob Kim..

Ha nazarimda sen nima demoqchi ekanligimni toʻgʻri tushunding

—Meni clubimga kel Jeon o'sha yerda gaplashamiz

Taehyung soʻnggi jumlasini nafrat va shu bilan birga tahdid ohangida gapirib goʻshakni qoʻydi

Kulganicha telefonini choʻntagiga joylagan Jungkook endi mashinasiga o'tirmoqchi boʻlganida Bora uni qarshisidan chiqib qoldi

Hoy siz meni kutib turing..

Siz shu shifoxona rahbarisiz a

Jungkook: Kechirasiz meni vaqtim tigʻiz edi

Bora: Men prakror Khan

Jungkook: Ertaga keling

Qizni gapini oxirigacham eshitmay mashinasiga mingan Jungkook tezda mashinani yurgizib koʻzdan gʻoyib boʻldi

Bora: Hoy qayerga shoshma men.. hali.. ha Jin ursin lanati iflos

Bora ham shoshganicha mashinaga o'tirib Jungkookni orqasidan ketdi

Bora: Voy lanati e hali qo'ligamga tushasan ku

*

Qizni ortidan izma-iz kelganidan xabari boʻlmagan Jungkook manziliga yetib kelishi bilan clubdagi qoʻriqchilarga mashina kalitini berib ichkariga kirib ketdi

Bora: Buni qara shoshganiga qaraganda muhimroq ishi bormikan desam bu savil oyogʻini qoʻlga olib clubga chopgan ekanda

Jungkook ichkariga kirib ketishi bilan Bora ham mashinasidan tushib orqasidan kirdi

Bora ichkariga kirishi bilan bu yer odatdagidan ancha farq qilishini tushundi

Bora: Naqadar jirkanch yo Xudo

Koʻzlari Jungkookni izlar ekan atrofdagi manzara qizni koʻnglini aynita boshladi

Yigitni qancha izlamasin chiroqlarni o'chib yonishi va odamlarni koʻpligidan uni topa olmagani bois yuqori qavatga chiqayotgan Boraga kelib bir qiz urilib ketdi

—Hoy bu nimasi

—Iltimos meni qutqaring ularga meni bermang iltimos

Sochlari toʻzib ketgan qiz Borani orqasiga o'tib kiyimlaridan mahkam ushlab oldi hech narsaga tushunmagan Bora esa qizni tinchlantirishga urinar ekan qiz toʻgʻridan kelayotgan yigitlarni korib yanada vahimaga tusha boshladi

—Berib yubormang oʻtinaman meni ularga berib yubormang iltimos

Bora hamon hech narsaga tushunib yetishga urinmasi oldiga kelgan yigitlar qizni sochidan tortib yuqoriga olib chiqa boshlashdi

—Tegmanglar menga kerak emas iltimos qoʻyib yuboringlar xohlamayman qaytib takrorlamayman iltimos

Bora: Qizni qoʻyib yuboringlar

Qanday qilib yuqoriga chiqqanini ham sezmagan qiz qoʻriqchilar tortilib olib ketayotgan qizni qoʻlidan ushlab ularni changalidan qutqardi

—Qizni qaytar lanati manjalaqi

Bora nima qilishni bilmay birdan telefonini olgancha yigitlarga tutib xuddi o'zini ularni videoga olayotgandek ko'rsata boshladi

—Qani gapingni yana takrorlachi

—Muommo kerak boʻlmasa hoziroq telefonni o'chir

Yoʻq azizam o'chirmayman nega o'chirar ekanman hozir bizni jonli efirda kuzatishyapti agar efir o'z-o'zidan o'chsa bu yerni paletsiya bosadi

Bora kulganicha telefonni qoʻriqchilarga yaqinroq olib borar ekan yigitlar o'zlarini orqaga ola boshlashdi

Nega qochyapsiz qani yuzingizni ko'rsatsanggiz

Bora gapini yakunlamasi qo'lidan kimdir telefonini yulib oldi

—Jonli efirmi

Yigit kulganicha telefonni ekranini qoʻriqchilarga ko'rsatdi

—Yigitlar bu nimasi a sizlarni butun Koreya jonli efirda kuzatishyapti ekan ku sizlar esa nega oʻzingizni yomon tutyapsiz qani yaqinroq keling jonli efirni davom ettiramiz

—Telefonimni qaytar

—Qizni qo'yib yubor

Gap o'zi haqida ketayotganini tushungan qiz o'zini yana ham Borani pinjiga ura boshladi

—Meni ularga bermang

—Qizni qaytar

—Uni qo'yib yuborasan aks holda

Yuziga kulgu olgan yigit mayda qadamlar bilan qizga yaqinlasha boshladi

—Nima aks holda qoʻlingdan nima keladi

Bora va qiz o'zlarini orqaga olishar ekan yigit birdan abjirlik qilib Borani bagʻridagi qizni yulib oldi

—Unga tegma

—Shh ovoz toningni ko'tarma sen meni hududimdasan azizam

—Qizni qo'yib yubor

Yigit sekin qoʻriqchilariga bergan qizga qaradi

Atrofdagi chiroqlar o'chib yongancha xira nur taratar ekan hech kimni yuzi aniq ko'rinmayotgan edi yigit ham qizni tanimadi va qoʻriqchilariga yuzlandi

—Jessini opasi janob Taehyung

—Ha tushunarli esimga tushdi bugun unga Suhyon 1000 vaʼda qilgan edi-ya..

Uni olib keting..

Taehyungni gapidan soʻng qizni tortqilab olib ketishar ekan u tinimsiz yigʻlab uzr so'ray boshladi

Yigit esa parvo qilmay qarshisidagi qizga telefonini uzatdi

—Bu yerdan hoziroq daf bo'l

Yigit shunday deb endi oʻgirilgan ham edi Bora uni qarshisiga chiqdi

—Qizni qo'yib yuborasan hoziroq

Taehyung kulgancha qizni yuqoridan kuzatar ekan uni hech qanday reaksiyasiz turishi yigitni o'ziga torta boshladi labini tishlab sekin egilgancha Borani qulogʻiga shivirladi

—Unda sen uni o'rniga o'sha erkak bilan tunni o'tqazasan

OGʻU

3-qism tugadi

Muallif: Bora

Kanal: @Bangtan_ff_shop