December 21, 2024

𝐋𝐎𝐕𝐄 𝐎𝐑 𝐇𝐀𝐓𝐄 2

𝖲𝖤𝖹𝖮𝖭 2 𝖤𝖯𝖨𝖹𝖮𝖣𝖤 2

Bir haftadan soʻng..

Kech kuz.. quyosh kuchsizgina nur taratyapti atrof kuzning sokinligiga choʻmgan daraxtlarning yaproqlari allaqachon yerning bagʻriga ko'milib o'z maskanini topgan.. butun tabiat qahraton qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrmoqda..

Ayni damda Koreyada yomgʻirlar mavsumi 3 kundan buyon tinimsiz jala quymoqda

Yomgʻir tomchilari derazadan tashqarida joylashgan tokcha ustidagi gullarni sugʻorar buni esa anchadan buyon kuzatib hayollar girdobida kezayotgan qiz barmoqlarini ohista derazadan oqayotgan tomchilar boʻylab harakatlantirib o'tirar ekan birdan xonaga hozirgina tayyorlagan qahvasini koʻtarib dugonasi kirib keldi

—Qahvanggiz tayyor boʻldi Miss

Tabiga koʻra tayyorlangan qahvani dugonasidan olgan qiz unga mayin tabassum qilib qoʻydi

Finjonni qizni qoʻliga tutqazib kichik patnisni qarshisidagi stol ustiga qo'ygan Nisa esa nigohlarini hozirgina Bora kuzatib turgan manzaraga olib bordi

Bora biroz finjonga tikilib turdi-da soʻng atrofni kuzata boshladi

—Nega birdan yangi gaz plita olging kelib qoldi

—Nima

Deraza orqali atrofni kuzatib turgan Nisani Borani kutilmaganda bergan savoli dovdiratib qoʻydi

—S.shunchaki yangilashni xohladim

Qisqagina javob berib qahvasini ho'plagan qiz nigohlarini oʻzi xohlamasada oʻsha gaz plita joylashgan tomonga yoʻnaltirdi

Gaz plitasi qizga doimo Jungkookni eslatib turar o'tmish hamda kechagi kunini yodiga solib qalbida bir muncha jarohatlar qoldirardi Nisani hayotidan Jungkookni bergan azoblarini hamon izi o'chmagan u yigitni hayollaridan qancha itarib chiqarishga harakat qilmasin har bir qadamida uni borligini eslatib turuvchi omillar uchrab qizga yanada azob berardi

Nisa

Comeback..

Soat 20:00 ga rejalashtirilgan tadbir bazmiga tayyorgarlik koʻrayotgan ishchi xodimlar mikrofon va chiroqlarni tekshirishayotganlarida kaftlarini bir biriga urib hammani diqqatini o'ziga tortib zalga kirib kelgan qizga eʼtiborlarini qaratishdi

—OMG kimnidir to'yi bo'lyaptimi bu yerda

Danie

Uzoqdan tadbir ishtirokchilarini roʻyxatini qo'riqchilarga berayotgan yigitni tanish ovozni eshitishi bilan qoʻllari musht bo'ldi

—Jin ursin seni Danie

Yigit koʻzlarini asabiy yumib barmoqlarini peshonasi boʻylab harakatlantirdida soʻng chuqur nafas olib chiqargancha zal boʻylab tomosha qoʻyayotgan singlisini oldiga yoʻl oldi

—Sir bo'lmasa kelin va kiyov kim

—DANIE

Yuqoridagi chiroqlardan koʻzini uzmay diqqatini unga qaratib turgan xodimlarga savol bergan Danie ni birdan kimdir ismini baland ovozda aytib ustiga bostirib kela boshladi

Orga oʻgirishi bilan yuzlariga tekkan kaftlar tufayli muvozanatni yoʻqotgan qiz birdan yerga quladi

—Qanday hadding sig'di

Qoʻlini yuziga olib kelgan qiz hayrat va shu bilan bir qatorda nafrat aralash nigohlarini yuqoridan uni kuzatib turgan akasiga qadab o'shqirib yubordi

—Ovozingni o'chirib men bilan yur

Jimin dona-dona qilib gapirib hammaga ishiga qaytishi mumkinligini aytib Danieni chetroqqa olib o'tdi

Xodimlar o'z ishlariga qaytib ora-orada aka-singilga koʻz tashlab qoʻyishar va har zamon qizni baqirib o'shqirishidan tok urgandek uchib tushishardi

—Uy qamog'ida ekanligingni unutdingmi bu yerga nega kelding

Singlisini bilaklaridan uzib oladigandek tortqilab gapirayotgan yigitni har bir soʻzida nafrat va gʻazab jo boʻlgan har bir harakatida esa qoʻpollik va hayvonga nisbatan ko'rsatilayotgan e'tibor balx urib turardi

—Seni qamoqdan qanday chiqarib olganimni unutdingmi

—Hoy.. akajon unutganim yoq

Qiz birdan nigohlarini akasiga qaratib bilaklaridan ushlab turgan qoʻllarni siltab tashladi

—Hammasi yodimda lekin meni senga aytganlarim yodingdan ko'tarilganga o'xshaydi.. Shundaymi

Jimin koʻzlarini asabiy yumib singlisiga tarsaki tushurib yubormaslik un oʻzini zoʻrgʻa bosdi

—Bu yerdan hoziroq daf bo'l

Atrofga qarab hammani kuzatib chiqqan yigit gapini yana davom ettirdi

Tadbir birozdan keyin boshladi seni hech kim qorangni ham ko'rmasidan uyga ket

Jimin

Danie : Taehyung ham keladimi

Jimin : DANIE

Singlisini bezlarcha soʻrayotgan narsasidan xunobi oshgan yigit qoʻllarini yuqoriga koʻtarib tarsaki tushurishga shaylanar ekan qiz keskin oʻzini orqaga oldi

Danie : Yo Xudo jahling buringni uchidaya

Jimin: Daf boʻl

Koʻzlarini yumib tishini tishiga qoʻygan yigit bu safar sekin va past ovozda gapirdi

Qiz ham koʻp qolib ketganini zalga birin-ketin kirib kelayotgan mehmonlar orqali tushunib ketishga chog'lanar ekan yodiga nimadir tushdi-yu ortiga oʻgirilib mehnonlar oldiga ketayotgan akasini toʻxtatdi

—Taehyung va Borani ajirimi nima boʻldi qari chol aytganlaringga ishondimi

Comeback..

—Xo'sh qaysi biri koʻproq yarashdi

Egniga bir nechta kiyimlarni kiyib dugonasidan maslahat soʻragan qiz kechikayotgani sabab Borani shoshiltira boshladi

—Aytsangchi tezroq qaysi birini kiyay

—Yo Xudo shoshmachi oʻylayapman

Dugonasini atayin asabiga oʻynayotgan Bora bir yotoq ustidagi ko'ylaklarga yana bir Nisani egnidagi koʻylagiga qarab yuzlarini burushtira boshladi

Nisa : Yaxshisi o'zim tanlayman

Dugonasini kutib asab tolalari birin-ketin tamom boʻlgan qiz yotoq ustida betartib sochilib yotgan koʻylaklar orasidan qizil juda ochiq koʻylakni qoʻliga olar ekan birdan Bora uni qoʻlidan koʻylakni tortib oldi

—Hoy

Nisa norozi ohangda o'shqirib koʻylakni qizni qoʻlidan tortib olish un qoʻl cho'zar ekan Bora koʻylakni ortiga oldi

Bora : Nima eʼtibor markazida bo'lmoqchimisan

Qiz sekin yotoq ustidagi kiyimlar oldiga yaqin kelib qora rangli liboslardan birini oldi

—Shuni kiy

Boraga o'qraygancha qoʻllarini chalishtirib koʻylakni rad etgan qiz dugonasidan oʻzi tanlagan koʻylagini berishini talab qila boshladi

—Buni kiyishni xohlamayman o'zim tanlaganimni ber

—Hech qachon bu bir parcha matoni kiyishingga ruxsat bermayman

Dugonasidan ko'ylakni ololmasligi tushungan Nisa yotoqdan boshqa koʻylak izlay boshladi

—Nisa nima qilyapsan

—Boshqa koʻylak tanlayapman

Qizga orqa o'girgancha javob qilgan Nisa yana bir koʻylakni olib koʻzdan kechira boshladi

—Nazarimda yomonmas

Yana bir ochiq rangli deyarli bir parcha matodan farq qilmaydigan koʻylakni qoʻliga olgan Nisa koʻylakni kiyish un chog'lanar ekan Bora uni oldiga kelib qizni oʻziga majburan qaratdi

—Nisa menga qara senga qachondir yomon narsani ravo ko'rganmanmi tanlagan ko'ylagingni qara

Bora koʻylakka ishora qilib koʻzlarini asabiy yumib yuzini boshqa tomonga burdida soʻng yana nigohini dugonasinikiga qadadi

—Tanishganingga hali 2 oy boʻlmagan odamingni taklif qilgan joyiga shu kiyimda borasanmi sen haqingda nima deb o'ylaydi uni ustiga Jungkook bilan ham hali ajrashmagansan xabar topsa boshingga kim bilsin yana qanday baloni yogʻdiradi

Qizni gaplarida jon borligini anglagan Nisa gap Jungkookka borib taqalishi bilan dugonasiga boʻlgan reaksiyasi tubdan o'zgardi

—Bu bilan ering bo'la turib boshqasiga ilakishib olding demoqchimisan

—Nima.. Nisa gapimni umuman notoʻgʻri tushunding men shunchaki

—Sevishga sevilishga haqqim yoʻqmi meni

Nisani ko'zlarida yosh aylanib bir ikki tomchisi yanoqlarini yuvar ekan vujudidagi ulkan yukni shu yoshlar va yana bir ikki ogʻiz gaplar bilan chiqarishni istab Boraga yuzlandi

—Doim kimdir tomonidan sevilib ardoqlanishni istadim na otam va na o'sha Jungkook meni erkin yashashimga qoʻyib berishdi yoq yashashni u yoqqa surib tur menga xatto erkin nafas olish un ham kun berishmadi doim ana yorugʻlikka chiqdim deganimda yana bir bor menga zulmatni ko'rsatib umidlarimni birin ketin uzishdi men doim har doim keraksiz buyumdek botqoqlikka otildim xoʻsh endi menga aytchi meni oʻsha botqoqlikda yashashimni bilsada men haqimdagi barcha gaplardan xabar topgan boʻlsada borimcha qabul qilib mendan imkon berishimni soʻrayotgan insonga nega imkon bermasligim kerak nega uni tuyg'ularini qabul qilmasligim kerak axir meni ham sevishga sevilib yashashga haqqim bor ku

Dugonasini yig'layverganidan oʻpkasi toʻlib ketganini sezgan qiz shunchaki ortiq gapirmasligini lozim topdi

—Meni kechir Nisa men..

—Kiyinmoqchiman

Dugonasiga ovutishiga ham yoʻl bermagan qiz tezda yuzini burib uni chiqib ketishiga ishora qildi

Oʻzini ortiqcha ekanligini tushungan Bora ham qoʻlidagi koʻylaklarni yotoq ustiga tashlab Nisaga bir qarab qoʻydi-da soʻng unsiz xonani tark etdi

Comeback..

Ishlari anchadan buyon orqaga qarab ketayotgani sabab bugun bo'kkunicha ichgan qiz oyna tozalagichlarni yoqib mashinaga o'tirdi

—Lanati hammasini jin ursin

Boshini rulga qoʻyib tinmay kimnidir so'kayotgan qiz axiri oʻziga kelib boshini sekin koʻtardi

—Aslida hammasiga sen aybdorsan Bora hammasi seni deb boʻldi

Koʻzlaridan alamli yoshlar chiqib mashina kalitini burab o'sha yerdan bir nechta quruq salfetkalarni olib yoshlarini artgan qiz sekin mashinani hayday boshladi

Comeback..

Ishini allaqachon tugatgan boʻlsada hech uyga borishga koʻngli boʻlmayotgan yigit ulkan shisha oynalar orqali biroz yomgʻirni kuzatib hayollar qurshovida qolib ketdi

—Janob Kim

Eshikni taqillatmay bostirib kelgan kotiba boshini egib uzr soʻradi-da ish vaqti tugaganini maʼlum qilib yigitni ertangi kun jadvalini stol ustiga qoʻyib xonani boʻshatdi

Mayda qadamlar bilan kelib stol ustidagi kun jadvalni koʻzdan kechirgan Taehyung chuqur uh torttida soʻng oʻzi ham xonani tark etdi

Deyarli kotiba bilan birga binodan chiqqan yigit ayolga uyiga olib borib qoʻyish taklifini berdi

—Shin xonim bu yomgʻirda transport vositasi topish qiyin qani o'tiring sizni o'zim uyingizga olib borib qoʻyaman

Uyida oʻgʻli kutayotgani sabab yigitni gapida jon borligini anglagan kotiba bosh chayqab rozilik alomatini berdi-yu Taehyung ochib bergan eshikdan mashinaga o'tirdi

Taehyung ham aylanib kelib mashinaga o'tirishi bilan endi manzilni so'rash un ogʻiz ochganida ayolga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi

—Suho

—Oyi kelyapsizmi

Telefon orqasidan yig'lamsirab gapirgan bolakayni gaplari Taehyungni yengil tabassum qilishiga sababchi boʻldi

—Ha azizim deyarli 10 daqiqada uyda boʻlaman

—Sizni koʻchani boshida kutib turaman

—Yoq Suho tashqariga chiqma yomgʻir juda kuchli yogʻyapti biron bir koʻngilsizlik roʻy berishi mumkin meni uyda kut hopmi oʻgʻlim

Ayol aloqani uzishi bilan Taehyungga manzilni aytib biroz tezroq haydashini iltimos qildi

Comeback..
Koʻzlari qorong'ulashib borayotgan qiz mashina haydashga yaramasligini bilsada toʻxtamadi svetafor qarshisiga kelar ekan birdan qizil chiroqqa ko'zi tushdi

Qiz tormizni bosishga shaylangan edi hamki mashinaga kelib nimadir qattiq zarb bilan urildi birdan boʻlgan ishga tushinmay qolgan haydovchi o'rindig'idagi qiz quloqni qomatga keltirgancha signalni bor kuchi bilan bosib tezda tormiz berib toʻxtadi

Comeback..

Qorongʻu xonada yordamchisidan eshitgan gaplarni tahlil qilayotgan Jungkook uzoq oʻylab turdida soʻng qoʻllarini musht qilgancha xonadan chiqdi

Eshik oldida oʻtirgan yigit ho'jaynini vajohatini korib uchib tushdi

Jungkook gʻazab bilan yigitga nigohlarini qadab mashinani tayyorlashini aytib oʻzi yuqoridagi xonasiga yoʻl oldi

—Nega aynan Jimin dunyoda shuncha erkaklar bor nega aynan u

Xonaga kirib kelgan yigit gardirobidan duch kelgan kastyumni oldi-yu koʻylak tugmalarini yecha boshladi

—Mayli Nisa sen un yana biroz vaxshiy er bo'lib turaman

Jungkook

Comeback..

Eshik oldida Nisani kutib turgan Bora u yoqdan bu yoqqa borib kelar har zamon eshik oldiga kelib quloqlarini tutib taqillatib kirish kirmasligi oʻylab turar ekan birdan unga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi

—Eshitaman

Begona raqamni koʻrib javob bergan qiz sal chetroqqa oʻtdi

—Khan Bora
—Ha bu men
—Men Seul markaziy shifoxonasidan sizni bezovta qilyapman iltimos tezroq shifoxonaga yetib kelsanggiz sizni nominggizdagi mashinada aftohalokat sodir qilingan

Quloqlariga ishonmay telefonni qoʻygan qiz Nisaga xatto xabar ham bermay uydan chiqib ketdi

—Qanaqasiga bunday bo'lishi mumkin

Koʻchaga chiqishi bilan shalobbo boʻlib ketgan qiz uzoq vaqt taksi ushlab qolib ketdi

Vanihoyat taksi tutgan Bora mashinaga o'tirishi bilan Nisani uyida qop qora limuzin paydo boʻldi

Nisa tayyorlanib chiqishi bilan Borani yoʻqligini korib endi unga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlib turganida eshik jiringlab qoldi

—Kim boʻldi shu paytda

Eshikni ochgan qizni qarshisida yoshi ancha katta boʻlgan maxsus kastyum-bryuk kiyib olgan erkak paydo boʻldi

—Janob Jimin siz un limuzin joʻnatdilar

Comeback..

Bora shifoxonaga yetib kelishi bilan taksi haydovchisiga yoʻl haqqini berib shifoxonaga kirib ketdi

—Jin ursin bemorni ismi yoshini so'rashni unutibman ku

Qabul boʻlimiga yetib kelgan qiz hozirgina avtohalokatga uchragan bemor haqida soʻrab shoshilinch bo'limga yoʻl oldi

Lift vaqtincha taʼmirlanayotgani sabab zinalardan koʻtarilgan qiz reanimatsiya xonasiga yetib kelishi bilan koʻrgan manzarasidan toshdek qotib qoldi

Bora

Qarshisidagi ayolni yelkasidan quchib ovutayotgan Taehyungni koʻrgan Bora butkul es-hushini yo'qotib qoʻydi

—Bora

Na oldingi va na orqaga qadam bosa olmayotgan qizni koʻrib ayoldan ajralgan Taehyung uni ismini lablaridan qanday qilib chiqarib yuborganini ham sezmay qoldi

Comeback..

Ming hayajon bilan manzilga yetib kelgan Nisa biroz oʻylanib soʻngra binoga kirib ketdi

Keng zal boʻylab poshnalarini yengil urib kelayotgan qizni Jimin qarshi oldi

—Nisa juda ham ochilib ketibsiz

—Raxmat Jimin

Jiminni maqtovidan Nisani yuziga qizillik yugurib zum oʻtmay ketidan hayrat aralash nigohlar yigitga qadaldi

Jimin Nisani qoʻllaridan mayin o'pgancha bilaklariga qizni qoʻllarini oʻradi

—Qani yuring sizni onam bilan tanishtiraman

Uyalibgina tabassum qilgan Nisa kaftlariga ayol un olgan sovgʻasi solingan kichik qutichani siqqancha yigitga ergashdi

Nisa

Ularni uzoqdan kuzatib turgan yigit koʻzlarini asabiy yumib boʻyin sohasini ongini egallab olgan g'azab va nafrat bilan aylantirib ichkariga kirmoqchi boʻlganida eshik oldidagi qoʻriqchilar uni toʻxtatdi

Jungkook

—Ism familiyangiz

—Jeon Jungkook

Dona-dona qilib ismini aytgan yigit gʻazab va nafrat bilan qarshisidagi roʻyxatni koʻrayotgan yigitga boqdi

—Haligi bu yerda

Qoʻriqchi Jungkookka qarashi bilan keyingi aytadigan soʻzlarini unutib qoʻydi

—Nima ro'yxatda yoq ekanimmi

Qoʻriqchi nima deyishni bilmay sherigiga qarar ekan Jungkook biroz egilib erkakni nigohlarini oʻzining qonga toʻlgan nigohlari bilan tutashtirdi

—Ro'yxatda ismim yoʻqmikan

—M.m.menimcha anglashuvmovchilik boʻlgan janob kirishinggiz mumkin

Qoʻriqchi taʼzim qilib yerdan koʻzlarini uzmay turar ekan Jungkook ham sekin undan uzoqlashib kastyumini tugmalarini oʻtqazib erkakni yelkasidan qoqqancha ichkariga kirib ketdi

Hamon qoʻrquvdan dir-dir titrayotgan yigitni sherigi roʻyxatda yoʻq odamni kirgizgani bois yelkasiga mushtlab bosh barmogʻini boʻyniga olib kelib harakatlantirgancha o'lding degan ishorani qilishi uni yanada vahimaga tushura boshladi

Ichkariga kirib kelgan Jungkook atrofni kuzatib Jimin va Nisani koʻrgach katta katta qadamlar bn ularni orasiga borib ikkalasini ham qisqagina masofalarini kengaytirdi

Jimindan qanday qilib ajralganini bilmay qolgan Nisa qarshisidagi yigitni koʻrib butun tanasi bo'shashib yuragi qorin bo'shlig'iga tushib ketdi

—J.j.jung.kook

—Bu yerda nima qilyapsan

Nima boʻlganini Nisadek tushunmay qolgan Jimin Jungkookka tushunarsiz nigohda yuzlandi

—Rafiqam bilan onangni tabriklagani keldik faqat u meni kutmay ketib qolibdi

Jiminga qiyo ham boqmay Nisani boshdan oyoq kuzatib chiqqan yigit qizni kalta koʻylagi ham yashira olmagan sonlarida nigohlarini toʻxtatib koʻzlarini yumib barmoqlarini asabiy yuzi boʻylab harakatlantirgancha javob qildi

—Jimin

Uzoqdan ayol kishini xunuk ovozi eshitilib qadah koʻtargancha hali koʻrishib ulgurmagan mehmonlari oldiga kelgan ayol oʻgʻliga ular kim degandek qaradi

—Park xonim demak tugʻilgan kun sohibi siz ekansizda

Qadah koʻtarib ularni oldiga kelgan ayolni boshdan oyoq kuzatib chiqqan Jungkook ortidagi yigitlarga qoʻlini koʻtarib olib kelinglar degan ishorani qilishi bilan to'rtta barzanggi ulkan guldastalarni zal boʻylab arang koʻtarib olib kelishdi

—Oq xrizantema

Ayol biroz taajjub va shu bilan bir qatorda hayrat bilan Jungkookka qaradi

—Ayolim va meni nomimdan qabul qilsanggiz minnatdor boʻlardim

Shundaymi azizam

Jungkookni qoʻllari bellariga o'ralishi bilan tok urgandek seskanib ketgan qiz birdan nigohlarini Jimindan uzib eriga qadadi

—Janob Jungkook

Qarshisidagi juftlikka nafrat va qahr bilan qarab turgan ayol qoʻllarini musht qilgancha ularni eʼtiborini o'ziga qaratdi

—Oq xrizantema marhumni yodga olish va oʻlgan odamga hurmat bajo keltirishi ramzi hisoblanadi

—Nima

Nigohlarini Nisadan uzib ayolga qaratgan Jungkook tushunarsiz yuz ifodada kula boshladi

—Unda ularni oʻgʻlingizga berishimga qarshi boʻlmasangiz kerak

—Nima

Ayol oʻsha hayrat bilan Jungkookka qarab turarverar ekan Jungkook yana yuziga vaxshiyona tabassum olib gapini davom ettirdi

—Bizni bu yerga taklif qilgani sabab gullarni oʻgʻlingizga minnatdorchilik sifatida taqdim etaman

Jungkook yigitlariga qarashi bilan ulkan gul bogʻlamlari Jiminni ikki yon tomonidan joy oldi

—Ajoyib ana endi ular haqiqiy joyini topdi nima deysan azizam

Yigit soʻngi jumlani Nisaga qaratib aytgani bois qiz bu nafaqat Jimin un berilgan balki o'zi un ham berilgan ogohlantirish ekanligini angladi

Comeback..

Kiyimlari va sochlari hoʻl bo'lib ketgan qizni oldiga quruq salfetkalar bilan kelgan yigit ularni uzatmasidan rad etildi

Bora Taehyungni oldiga yaqinlashishi bilan oʻrnidan turib oʻzini chetroqqa oldi

Koʻzlarini qizdan uzmay qarab turgan yigit qoʻlidagi quruq salfetkalarni asabiy siqimlay boshladi

Yigitni teshib yuborgudek qarab turishidan oʻzini noqulay sezayotgan qiz mayda qadamlar bilan yoʻlakni oxirida joylashgan hojatxona tomon yoʻl oldi

Taehyung un qizni qochayotganini ayni muddao boʻldi yigit hamon operatsiya xonasidan koʻzini uzmay turgan ayolga bir qarab qoʻydi-da soʻng Borani orqasidan ketdi

Comeback..

Hech so'z demay qoʻllarini qattiq siqqancha Nisani tadbir zalidan olib chiqqan yigit haydovchisini kuta boshladi

—Qo'yib yubor

Ogʻriqdan ingrab qoʻllarini ozod qilishga urinayotgan qiz yigitni kaftlaridan qancha qutilishga harakat qilmasin buni sira uddasidan chiqa olmadi

Jungkook bir nuqtaga tikilgancha mashinani kutar ekan haydovchi mashinani olib kelishi bilan qizni majburlab oldi o'rindiqqa oʻtqazib haydovchidan kalitni olib oʻzi ham mashinaga o'tirdi

—Men o'zim ketaman

Haydovchi o'rindig'iga kelib joylashgan yigitga orqa o'girgancha gapirgan qiz endi tushmoqchi boʻlib eshikni ochmoqchi boʻlgan ham edi Jungkook tezda eshiklarni berkitdi

—Bugun qonimni yetarlicha qaynatding shu ketishing boʻlsa keyingi qadamlaring meni yotogʻimga olib boradi

Comeback..

Hojatxonaga kirib o'sha yerdagi quruq salfetkalardan foydalangan qiz endi u yerdan chiqish un shaylangan ham edi birdan eshikni ochib kirib kelgan Taehyung uni devorga zarb itarib qochib keta olmasligi un ikki yonidan qoʻllarini tiradi

—Bugun mendan qochib qutila olmaysan Bora

LOVE OR HATE 2

2-qism tugadi

Xullas siz o'qish un sarflayotgan 20 daqiqanggiz un man kunlarimni ketqazyapman shunga yarasha reaksiya bosib cament yozib keting

Muallif: Bora

Kanal : @bangtan_ff_shop