September 10

Tinchlik – farovon va osoyishta hayot garovi!

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2024 yil 10-sentyabr sanasida 15-sentyabr - Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan "Tinchlik bering dunyoga!" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Davra suhbati ko'rinishida tashkil etilgan tadbirda Xorijiy tillar fakulteti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini A.A.Jumayev, kafedra mudiri O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etib, mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasidagi yig'ilishidan lavha

Bugungi zamonda ma’naviy boyliklarni saqlab qolish uchun, avvalo, qonli mojorolarga barham berish, tinchlik va totuvlikni qaror toptirish, madaniy meros, osori-atiqalar, urf-odatlarni asrab-avaylash, dunyo halqlarining ilm-fan yutuqlaridan birdek bahramand bo‘lishiga erishmoq kerak.

Shahnoza Xolova, Fransuz filologiyasi kafedrasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul

O‘zbekistonda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda. Ko‘p millatli bag‘rikeng xalqimiz xotirjam turmush kechirmoqda. Biz uchun tinchlik-osoyishtalikning nashidasi alohida qadrlanadi.

Donishmandlarimiz yurti tinchning o‘zi tinch, deb bejiz aytmagan. Tinchlik-osoyishtalik hukm surgan joyda, yuksalish va taraqqiyot bo‘ladi, yurt gullab-yashnaydi, fuqarolarning turmushi farovonlashadi. Shunday ekan, tinchlik-osoyishtalikka o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmasligini hammamiz to‘g‘ri anglashimiz kerak.

Bu yutuqlar o‘z-o‘zidan yaratilmagani, unga xalqimizga xos sabr-bardosh, qat’iy ishonch, hamjihat-hamfikrlikda yashash, tinchlik-osoyishtalikni asrash, bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat ko‘rsatish orqali erishilganini o‘sib kelayotgan yosh avlodga tushuntirish va ongiga singdirish zarur. Toki, bugungi murakkab sharoitda tinchlikni asrash uchun ogohlik, sezgirlik, hushyorlik har qachongidan ko‘ra muhimligini farzandlarimiz – bugunimiz va kelajagimiz egalari to‘liq tushunib yetsinlar.

Tinchlik va baxt hammavaqt birga yuradi. Biz ham ona O‘zbekistonimizda baxt va farovonlikka erishmoqni istasak, bugungi dorilomon hayot, yashash lazzati, rizq-nasiba ne’mati, orzu-havaslarga erishmoq imkonidan unumli foydalanib, tom ma’noda tinchlik ne’matining qadriga yetaylik.

Matnni tayyorlovchi
Shahnoza Xolova,

Fransuz filologiyasi kafedrasi

ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul