October 30

Ta’lim va amaliyot hamkorligi: BuxDUda sayyor mashg‘ulotlar samaradorligi.

Joriy yilning 29 oktabr sanasida Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Radjabov Ruslan Rajabmurodovich tomonidan 11-3fra 24 guruh talabalari bilan BuxDU Axborot resurs markazida sayyor dars tashkil qilindi. O’qish va yozish amaliyoti fani bo'yicha "Comprendre un texte sur les enjeux de la société contemporaine" mavzusidagi ushbu dars talabalar uchun juda samarali bo'ldi.

Sayyor darsda chet tillarini o‘qitish jarayonida samarali pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ta’lim metodlarini amaliyotga tatbiq etish va o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulot davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliy kuzatishlar bilan boyitish, pedagogik faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati muhokama qilindi. Bunday sayyor darslar talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, nazariy bilimlarni real ta’limiy vaziyatlar bilan bog‘lash hamda kelajakdagi pedagogik faoliyatga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi