December 3, 2024
Poyi Kalon majmuasida talabalar uchun master-klass.
2024 yil 3-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabalari uchun Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi, bir necha yillik tajribaga ega mahoratli gid-tarjimon N.I.Hayatova tomonidan Buxoro shahrining tarixiy obidalari, jumladan, Poyi Kalon majmuasida master-klass mashg'uloti o'tkazildi.
Qizg'in va samarali o'tgan ekskursiya davomida talabalar tarjimonlik sohasining ilk saboqlaridan bahramand bo'ldilar. Tashrif mobaynida yosh mutaxassislar Fransiya davlatidan tashrif buyurgan sayyohlar bilan tanishib, suhbatlashish imkoniyatiga ham ega bo'ldilar.