Kitob mutolaasini targ'ib etuvchi sayyor dars o'tkazildi.
2025 yil 18-fevral sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi L.B.Majidova tomonidan Filologiya va tilarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-13Ing-23 guruh talabalari uchun Buxoro "Kitob olami"da sayyor dars tashkil etildi.
Har birimiz, qaysi kasb egasi bo‘lmaylik, imkon va sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo‘lamiz. O‘lchovli hayotimizning ma’lum bir qismini shunga sarf qilamiz. Ammo qanday kitob o‘qish, uning ta’sir va oqibatlari, umuman, nega kitob o‘qiymiz, shular haqida barchamiz ham chuqurroq o‘ylab ko‘rmaymiz.
Sayyor dars davomida talabalarga kitob mutolaasining inson ruhiyatiga ijobiy ta'sirlari, yoshlar ta'lim tarbiyasida tutgan o'rni haqida ma'lumot berildi. Talabalar esa fransuz adabiyoti namunalarini qiziqish bilan o'qib chiqmoqchi ekanliklarini aytishdi. Zero, kitob bizni ezgulikka yo'naltiruvchi yo'lboshchidir!