November 11

"Bayrog'imiz - faxrimiz, g'ururimiz" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.

2025-yil 11-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Bayrog'imiz - faxrimiz, g'ururimiz" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati o'tkazildi.

Bayroq milliy g‘oyani aks ettiradi, chunki uning ta’rifining o‘zidayoq milliy-davlatchilik va uning mustaqillik orzusi yoki intilishi namoyon bo‘ladi. 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Oliy Soveti ikkinchi sessiyasida Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. O‘n ikki banddan iborat hujjatda o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va boy an’analaridan kelib chiqib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi mavjudligi kabi g‘oyalar ta’kidlangan edi. Shuningdek, ushbu Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 8-bandida “O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘zining nomlanishini o‘zi belgilaydi, o‘z davlat ramzlarini ta’sis etadi: gerb, bayroq, madhiyasini”, deyilgan. Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya ilk marotaba bayroq haqida so‘zlangan huquqiy-rasmiy hujjat hisoblanadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.