March 14

Qadimiy obidalar bo'ylab sayyor dars.

Joriy yilning 14-mart kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Radjabov Ruslan tomonidan 11-2 TNF-24 guruhi talabalari bilan Qadimiy va Navqiron Buxoro shahrining diqqatga sazovor hamda qadimiy yodgorliklarini xorijliklarga tasvirlab berish koĘĽnikmasini oshirish maqsadida sayyor dars tashkil etildi.

Mazkur sayyor darsda Radjabov Ruslan boshchiligidagi talabalar avval Labi Hovuz ansanbli, Buxoro toqlari, qadimiy karvonsaroylar va  Minorai Kalon ansambli marshtruti bo’ylab olib borildi. Sayyor dars mobaynida Fransiya davlatidan tashrif buyurgan sayyohlar bilan suhbat olib borildi. Talabalar qadimiy obidalar haqidagi ma’lumotlarni sayyohlarga so’zlab berdilar. Dars so’ngida o’qituvchi tomonidan talabalarga o’zbek hamda fransuz tilida qo’shimcha qiziqarli ma’lumotlar berildi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko’rsatadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.