Fayzullo Xo’jayev uy muzeyida sayyor o'quv mashg'uloti.
2024 yil 21-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d.(PhD) Jo’rayeva Maqsuda Muxammadovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta’lim yo’nalishi 11-3 FRA-23 guruh talabalari bilan Fayzullo Xo’jayev uy muzeyiga sayyor dars tashkil qilindi.
Buxoro shahrida joylashgan, davlat arbobi Fayzulla Xoʻjayev nomidagi memorial ushbu inshoot turar joy binosi ichida tashkil etilgan. Maydoni — 3 gektar. Tarkibi ikki qismdan — erkaklar va ayollar uchun moʻljallangan ichki hovlilardan iborat. Fayzulla Xoʻjayevning qatagʻonida soʻng, ushbu obida biroz muddat qarovsiz holga kelib qolgan. 2023-yilda ushbu obyekt qayta rekonstruksiya qilindi hamda ichki va tashqi sayyohlar tashrifi uchun ochiq hisoblanadi.