May 27

"Yosh umringni zavol qilma!" mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.

2025-yil 27-may kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Yosh umringni zavol qilma!" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Inson tabiati yangilikka tashna. U xoh foydali, xoh zararli yangilik bo‘lsin, uni o‘z hayotida, albatta, qo‘llab ko‘rgisi keladi. Globallashuv shiddati ong-qalbimiz va hayotimizda shunday o‘zgarishlar sodir etmoqdaki, undagi foydali jihatlardan ko‘ra, zararlilari tez orada o‘z aks ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bugun har bir yoshu qari chekish – bu zararli odat ekanligi, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini biladi. Insonning zamonaviy hayot tarzida chekish ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘luvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.