March 18

Fransuz filologiyasi kafedrasida 2-bosqich magistrlar tomonidan  ochiq darslar haftaligi davom etmoqda. 

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Xayriddinova Mehriniso Fatxiddinovna tomonidan 2025 yil 17-mart sanasida 11-1FRA-22 guruh talabalari bilan “Les loisirs et les vacances” mavzusida pedagogik amaliyot rejasi bo'yicha ochiq dars o'tkazildi.

Chet tillarni o’qitishni integrallashtirilgan kursi fanidan tashkil etilgan ochiq dars o’zbek va fransuz ta’til kunlari va bo’sh vaqtda shug’ullanadigan mashg’ulotlar turlariga bag'ishlandi. Darsga puxta tayyorgarlik ko'rilgan, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, doskadan unimli foydalanildi. Darsda mavzuga xos bo'lgan jihatlar, jumladan mazkur holatlarda qo'llaniladigan glossariya va iboralarga alohida e'tibor qaratildi. Dars mobaynida magistrlarning o’zlari tomonidan turli-xil o’yin va metodlardan foydalangan holda taqdimotlar bilan o’tkazildi. Dars jarayonida magistrlar ikki guruhlarga bo’linib musobaqa tarzda quiz test, kahoot va musobaqalar tashkillashtirildi. Amaliyotchi Xayriddinova Mehriniso tomonidan mavzu uchun video va audio materiallar vositasida talabalarda Tinglab tushunish, O'qish, Yozish va Gapirish kabi til ko'nikmalarini yaxshilashga alohida e'tibor qaratildi. Kichik guruhlarda musobaqa muhitida o'tkazilgan ochiq dars o'z maqsadiga erishdi.

Ushbu ochiq dars pedagogik amaliyot rahbari kafedra dotsenti, f.f.f.d.(PhD) Kuldashova N.B., f.f.f.d. (PhD) Jo’rayeva M.M., Sh.R. To’yboyeva hamda Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi ikkinchi bosqich magistrlari tomonidan kuzatildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.