April 3

"S'intégrer dans un milieu professionnel" mavzusida to'garak mashg'uloti o'tkazildi.

2024-yilning 26-mart sanasida Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. (PhD) M.M.Jo‘rayeva tomonidan 11-1 FRA-22 guruh talabalari ishtirokida “S’intégrer dans un milieu professionnel” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Ishga kirish - bu yangi xodimlarga ish muhitiga samarali moslashish va o‘z lavozimlarida muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradigan muhim jarayon. M.M. Jo‘rayeva davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli asarida sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili ekanligi toʻgʻrisida gapirib, bunda uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy oʻquv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Mashg‘ulot jarayonida professional ish muhitiga qanday kirishish, moslashish haqida tushuncha berildi. Keyin esa mavzuga doir asosiy atamalar va tushunchalar muhokama qilindi. Talabalar ham o‘z fikr mulohazalarini bayon qildilar. Mashg‘ulot juda qiziqarli o‘tdi.

6 CONSEILS POUR BIEN S'INTÉGRER DANS SA NOUVELLE ÉQUIPE. ...