Sayyor dars o'tkazildi.
2026-yil 12-mart kuni Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi doktoranti (DSc), filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Islomov Dilshod Shomurodovich tomonidan Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo‘nalishi 3-bosqich 11-1Ghtf-23 guruh talabalari bilan Ikkinchi chet tili ( fransuz tili) dan sayyor darslarni davom ettirish maqsadida “Genre des noms”, “Metiers, Dialogues sur les professions” mavzularida Buxoro shahridagi “Istehza” nomli fransuz madaniy markazi hamda eski shahar qismidagi tarixiy obidalarga sayyor dars tashkil qilindi.
Sayyor dars mobaynida D.Sh.Islomov tomonidan talabalarga mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlar fransuz va o‘zbek tillarida tushuntirib berildi. Ta’kidlash lozimki, Buxoro shahridagi “Istehza” nomli fransuz madaniy markazi hamda Labi Hovuz majmuasiga tashrif davomida oʻqituvchi tomonidan qiziqarli ma’lumotlar, rivoyatlar, fransuz va oʻzbek tillaridagi ma’lumotlar master klass, debat, noananaviy metodlar tarzida talabalarga tushuntirib berildi va savol-javoblar, talabalar oʻrtasida musoboqalar tashkil qilindi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning boʻlajak turizm mutaxassislari bilan olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.