“Taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik yo‘lida korrupsiyaga qarshi birlashaylik”
2024 yil 7-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d.(PhD) Jo‘rayeva Maqsuda Muxammadovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1FRA-23 guruh talabalari bilan 09-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan ”Taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlik yo‘lida korrupsiyaga qarshi birlashaylik” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Korrupsiya jamiyat, davlat hokimiyati organlarining manfaatlariga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatning maxsus ko‘rinishi ekanligini tushunish muhimdir; u mansabdor shaxs va fuqaro(mijoz)ning o‘zaro kelishuvga erishib til biriktirishidir. Undan olinadigan moddiy va nomoddiy imtiyozlar noqonuniy bo‘lib, ularning atrofida ahloqsiz ijtimoiy muhit yuzaga keladi.
Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, ya'ni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirmoq kerak.
Bugungi kunda har bir fuqaroda: “poraxo‘r mansabdor shaxs bo‘lish nafaqat xavfli balki sharmandali hamdir, ammo halol yashash foydali va obro‘lidir”degan ichki ishonchni shakllantirish korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suhbat chog’ida kafedra katta o’qituvchisi f.f.f.d (PhD) D.Sh. Islomov, L.B. Ikromovalar o’z fikrlarini bayon qildilar: Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.Shu munosabat bilan 2003-yil 09-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 09-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.