Ochiq dars tashkil etildi.
2026-yil 20-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi F.I. Rustamova tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish(ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 11-3INGK-25 guruhida Ikkinchi chet tili fanidan “Les verbes regulier et irrégulier. Verbes du I e et IIe groupe” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq darsning asosiy maqsadi talabalarning fransuz tili grammatikasiga oid nazariy bilimlarini mustahkamlash, fe’llarning grammatik xususiyatlari va tuslanish qoidalarini chuqurroq o‘zlashtirish, shuningdek, ularning og‘zaki hamda yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, mashg‘ulotda talabalarning mustaqil fikrlashi, fransuz tilida erkin muloqot qilishga intilishi hamda o‘zlashtirilgan grammatik bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratildi. Darsning interfaol ruhda tashkil etilishi talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlashga xizmat qildi.
Mazkur ochiq dars nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish hamda ularning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Dars yakunlandi, talabalar baholandi va o’z vaqtida vazifa topshirildi. Darsda ko’zlangan maqsadga erishildi. Ochiq dars tahlilida kafedra o'qituvchilari M.X. Jabbarova, L.B.Ikromova va kafedra kabinet mudiri K.A. Magdasyan ishtirok etib, dars yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.