March 14
Boshlang'ich sinflarda chet tili o'qitish metodikasi fanidan namunali seminar darsi.
2025 yil 14-mart kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-3Fra-21 guruh talabalari bilan Boshlang'ich sinflarda chet tili o'qitish metodikasi fanidan seminar darsi namunali tarzda tashkil etildi.
Seminar mashg'uloti davomida talabalar belgilangan mavzu bo'yicha yuqori darajada faollik ko'rsatishdi. Boshlang'ich sinflarda fransuz tilini o'qitishda samarali metodlar bo'yicha turli ta'lim usullari, didaktik o'yinlar amalda qo'llab ko'rsatildi. Dars talabalarga yuqori kayfiyat ulashib, bir vaqtning o'zida kelgusi kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma'lumotlarga boy bo'ldi.