December 8

Universitet Axborot resurs markazida sayyor dars.

Joriy yilning 7-dekabr sanasida Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-6 ING-23 guruh talabalari bilan Buxoro davlat universiteti Axborot Resurs Markaziga sayyor dars tashkil etildi.

Avvalo, Buxoro davlat universitetida, shunday katta va kitoblarga boy kutubxonaning borligi ustozlar va talabalar uchun juda katta baxt. Chunki, bu kutubxonada turli sohadagi ko'plab kitoblarni topish mumkin. Kutubxona ertalabgi soat 08:00 dan kechki 20:00ga qadar ishlaydi. Kutubxonaga kirar ekanmiz, xodimlardan hisoblangan Shahlo opa kutubxona haqida talabalarga to‘liq ma‘lumot berdilar. Sayyor dars davomida talabalar rang-barang kitoblar bilan tanishib chiqdilar. Dars davomida o‘zlariga yoqqan kitoblardan biroz mutolaa qildilar.

Kutubxonaning bir qismida o‘zbek jadidchilari muzeyi tashkil qilingan bo‘lib, bu muzey talabalarga juda yoqdi. Universitetimizdagi bunday ulkan kutubxona bilan talabalarimiz tabishganidan juda mamnun bo‘ldilar.

Sayyor dars davomida talabalar kutubxona rasmiy saytlariga ulandilar. Bundan tashqari, kutubxonada elektron kitoblar ham yaratilgan bo‘lib ulardan qanday foydalanish yo‘llari ham o‘rgatildi. O‘qituvchi tomonidan, kutubxona va kitoblar haqida ma‘lumotlar berildi. Sayyor dars o‘z maqsadiga to‘liq erishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.