May 10

"Lexicologie et phraséologie comparée" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Hayatova Nigina Ikromjonovna tomonidan 2025 yil 29-aprel kuni Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4FRA-21 guruh talabalari bilan Qiyosiy tipologiya fanidan "Lexicologie et phraséologie comparée" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.

Seminar mashg'ulot hisoblangan ushbu dars davomida guruh talabalari belgilangan mavzular yuzasidan taqdimotlar tayyorlab, tushuntirib berdilar. Dars qizg'in savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy bo'ldi.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari: f.f.f.d.(PhD) M.X.Jabbarova, L.B.Ikromova va Sh.D.Xolova ishtirok etib, mashg'ulot yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.